Nishonova Ra’noxon Abdullojon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilini o‘rgatishda maktabgacha tayyorlov yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9338.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Usarova Dildora Abdulazizovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘rgatish jarayonida maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning lingvopsixologik va didaktik-metodik asoslari yoshga doir idrok taqlid eshitish sezgirligi ko‘rgazmali qabul qilish va harakatga tayangan o‘zlashtirish jarayonlarini sog‘lom hamda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarning individual rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘lash orqali inklyuziv ta’lim sharoitida ham qo‘llash imkoniyatini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish modeli maqsadli, nazariy, metodik, tashkiliy-amaliy va natijaviy bloklar uzviyligini ta’minlash orqali tinglab tushunish, oddiy fikr bildirish va vaziyatga mos javob qaytarish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida shakllantirilgan;
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi didaktik o‘yin, qo‘shiq, she’r, rolli o‘yin, harakatli mashq hamda audiolingval-vizual materiallarni tabiiy nutqiy muhit bilan uyg‘unlashtirish asosida shakllantirilgan;
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish samaradorligi vizual audio va kinestetik o‘rganish uslublariga mos topshiriqlar orqali lug‘at boyligi tinglab tushunish, talaffuz va dastlabki muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilni o‘rgatish jarayonida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasiga doir ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning lingvopsixologik va didaktik-metodik asoslari yoshga doir idrok taqlid eshitish sezgirligi ko‘rgazmali qabul qilish va harakatga tayangan o‘zlashtirish jarayonlarini sog‘lom hamda alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarning individual rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘lash orqali aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda chet tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 8-apreldagi 11-05-2024/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish, tinglab tushunish va oddiy og‘zaki muloqotga kirisha olish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaydi;
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish modeli maqsadli, nazariy, metodik, tashkiliy-amaliy va natijaviy bloklar uzviyligini ta’minlash orqali tinglab tushunish, oddiy fikr bildirish va vaziyatga mos javob qaytarish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida shakllantirishga oid takliflar “Maktabgacha ta’limda chet tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 8-apreldagi 11-05-2024/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bolalarning inglizcha so‘z va iboralardan o‘rinli foydalanish, savollarga javob berish va oddiy dialogik nutqda ishtirok etish ko‘nikmalari rivojlandi;
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasi didaktik o‘yin, qo‘shiq, she’r, rolli o‘yin, harakatli mashq hamda audiolingval-vizual materiallarni tabiiy nutqiy muhit bilan uyg‘unlashtirish asosida shakllantirishga oid takliflar “Maktabgacha ta’limda chet tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmunida aks ettirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 8-apreldagi 11-05-2024/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bolalarning nutqiy faolligi oshdi, talaffuz va fonetik ravshanlik ko‘nikmalari takomillashdi hamda ingliz tilida erkin muloqotga kirishishga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi.
maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarda ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish samaradorligi vizual audio va kinestetik o‘rganish uslublariga mos topshiriqlar orqali lug‘at boyligi tinglab tushunish, talaffuz va dastlabki muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida oshirilishiga oid takliflar “Maktabgacha ta’limda chet tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026 yil 8-apreldagi 11-05-2024/04-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bolalarning individual o‘rganish xususiyatlariga mos ravishda lug‘at boyligi, tinglab tushunish, to‘g‘ri talaffuz qilish va dastlabki kommunikativ muloqot ko‘nikmalari rivojlandi;

Yangiliklarga obuna bo‘lish