Xalilova Nasiba Djamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’limda kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (ingliz tili darslari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6311.
Ilmiy rahbar: Visuanathan Gopalan, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05.
Rasmiy opponentlar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sadikov Erkin Tursunovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limda ingliz tili darslarida kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tili darslarida kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etishning didaktik imkoniyati hamkorlik, refleksiya, integratsiya va transformatsiya komponentlarini integratsiyalash orqali o‘zaro funksional bog‘liqligi pedagogik tizim sifatidagi ishlash mexanizmi aniqlashtirilgan;
ingliz tili darslarida akademik faoliyatni tashkil etishda kollaborativ o‘qitish mazmuni ijodiy yondashuv asosida o‘quv jarayoniga SyncLoop Collaboration, CloudConstruct Method, DualPath Inquiry va CrossVision Rotation metodlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limda ingliz tili darslarida kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etishning integrativ modeli baholash va boshqarish jarayonlari, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda jamoaviy qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish Collaborative Learning Development” (CLD) platformasi hamda “Activity Analysis” (AA) va “Collaborative Analysis Tool” (ColAT) malakalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etish samaradorligi maqsadli, mazmunli, texnologik-metodik va baholash komponentlarini integratsiyalash hamda o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring qilish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylik asosida takilif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tili darslarida kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etishning didaktik imkoniyati hamkorlik, refleksiya, integratsiya va transformatsiya komponentlarini integratsiyalash orqali o‘zaro funksional bog‘liqligi pedagogik tizim sifatidagi ishlashga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2023-yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 25-fevraldagi 04/1-1116-son ma’lumotnomasi). Natijada, kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etish mazmuni takomillashtirilgan;
ingliz tili darslarida akademik faoliyatni tashkil etishda kollaborativ o‘qitish mazmuni ijodiy yondashuv asosida o‘quv jarayoniga SyncLoop Collaboration, CloudConstruct Method, DualPath Inquiry va CrossVision Rotation metodlarini integratsiyalashga oid ilmiy-metodik tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2025-yillarda amalga oshirilgan Erasmus+ International Credit Mobility Key Action 1 – Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility dasturi doirasida Italiyaning Ca’ Foscari universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan xalqaro loyiha faoliyatida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 25-fevraldagi 04/1-11178-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar akademik faoliyatini tashkil etishda o‘quv jarayonini modernizatsiya qilishga qaratilgan ilmiy-metodik imkoniyati kengaygan;
oliy ta’limda ingliz tili darslarida kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etishning integrativ modeli baholash va boshqarish jarayonlari, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda jamoaviy qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish Collaborative Learning Development” (CLD) platformasi hamda “Activity Analysis” (AA) va “Collaborative Analysis Tool” (ColAT) malakalariga ustuvorlik berishga doir tadqiqot natijalaridan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 23-dekabrdagi 02/01-01-617-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida o‘tiladigan “Ingliz tili o‘qitish metodikasi” fanining o‘quv dasturi takomillashtirilgan.
kollaborativ o‘qitish asosida talabalar akademik faoliyatini tashkil etish samaradorligi maqsadli, mazmunli, texnologik-metodik va baholash komponentlarini integratsiyalash hamda o‘quv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring qilish bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikka oid ilmiy xulosalar “Speech Etiquette (Educational Manual-Part I)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 17-avgustdagi № 6949-496a-8326-5170-2888-0659-9237-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar akademik faoliyatini tashkil etish jarayonlarining maqsad, mazmun, texnologik-metodik va baholash komponentlari o‘zaro uyg‘unlashtirilib, o‘quv jarayonini tizimli boshqarish, talabalarning akademik faolligini oshirish va ta’lim natijadorligini ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilgan.