Nadirxanova Nozima Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Yozma madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish jarayonida talabalarning sotsiolingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ped12846.
Ilmiy rahbar: Achilova Risolat A’zamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.05.
Rasmiy opponentlar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Saidova Muhayyo Umedilloevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yozma madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish jarayonida talabalarning sotsiolingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda amaliyotga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni yozma madaniyatlararo muloqotga tayyorlashda sotsiolingvistik, madaniyatlararo, kompetensiyaviy, kommunikativ va harakatga yo‘naltirilgan yondashuvlarni yozma diskurs yaratish jarayoniga integrativ tatbiq etishning nazariy-metodik tamoyillari ilmiy asoslangan;
talabalarning yozma kommunikativ faoliyatini ta’minlovchi sotsiolingvistik ko‘nikmalar tarkibi nutq registri, pragmatik moslik, kommunikativ niyat, murojaat strategiyalari, nutqiy etiket, ijtimoiy rollar, madaniy qadriyatlar va diskursiv me’yorlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi lingvodidaktik komponentlar asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning sotsiolingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli autentik kommunikativ vaziyatlar, professional-pedagogik yozma janrlar, telekollaboratsiya, raqamli ta’lim resurslari va sun’iy intellekt asosidagi individual teskari aloqani motivatsion, kognitiv, amaliy, refleksiv hamda integrativ bosqichlarda uyg‘unlashtiruvchi “InterWrite–Socio Tech” mualliflik texnologiyasini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning yozma madaniyatlararo muloqotdagi sotsiolingvistik ko‘nikmalarini baholash mezonlari sotsiolingvistik moslik, pragmatik kompetentlik, madaniyatlararo sezgirlik, diskursiv yaxlitlik, yozma janrga muvofiqlik, kommunikativ samaradorlik, lingvistik to‘g‘rilik, refleksivlik, raqamli yozma muloqot va professional-pedagogik diskursni qamrab oluvchi integrallashgan diagnostik indikatorlar hamda darajaviy ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yozma madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish jarayonida talabalarning sotsiolingvistik ko‘nikmalarini oshirish metodikasiga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarni yozma madaniyatlararo muloqotga tayyorlashning nazariy-metodik asoslari sotsiolingvistik, madaniyatlararo, kompetensiyaviy, kommunikativ va harakatga yo‘naltirilgan yondashuvlarni yozma diskurs yaratish jarayoniga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan oliy o‘quv yurti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Madaniyatlararo muloqot” nomli darsligini mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi № 2821-9769-8ad4-bf63-a166-8802-0553 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning yozma madaniyatlararo muloqot jarayonida uchraydigan sotsiolingvistik xatoliklar va ularning lingvopragmatik kontekst bilan bog‘liqligi o‘rganilib, kompetensiyani rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
talabalarning yozma kommunikativ faoliyatini ta’minlovchi sotsiolingvistik ko‘nikmalar tarkibi nutq registri, pragmatik moslik, kommunikativ niyat, murojaat strategiyalari, nutqiy etiket, ijtimoiy rollar, madaniy qadriyatlar va diskursiv me’yorlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi lingvodidaktik komponentlar asosida aniqlashtirilgan tavsiyalardan Buxoro davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat universiteti hamda Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida talabalarning sotsiolingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yozma madaniyatlararo muloqotni o‘rgatish amaliyotini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazining 2026-yil 11-iyundagi 02/01-01-525-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning yozma madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, sotsiolingvistik ko‘nikmalari hamda kommunikativ vaziyatlarga mos nutqiy vositalarni tanlash qobiliyati rivojlangan;
talabalarning sotsiolingvistik ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli autentik kommunikativ vaziyatlar, professional-pedagogik yozma janrlar, telekollaboratsiya, raqamli ta’lim resurslari va sun’iy intellekt asosidagi individual teskari aloqani motivatsion, kognitiv, amaliy, refleksiv hamda integrativ bosqichlarda uyg‘unlashtiruvchi “InterWrite–Socio Tech” mualliflik texnologiyasini joriy etish orqali takomillashtirilgan tavsiyalardan Qarshi davlat universitetida 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “Access Micro Scolarship Program” nomli xalqaro grant doirasida dissertatsiyaning ilmiy natijalaridan foydalanilgan (2026-yil 15-iyundagi 03/4376-sonli SUZ-800-21GR-3181 loyiha rahbari ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasi va madaniyatlararo yozma muloqot ko‘nikmalari rivojlanib, ingliz tilida pragmatik jihatdan mos va samarali muloqot olib borish samaradorligi oshgan;
talabalarning yozma madaniyatlararo muloqotdagi sotsiolingvistik ko‘nikmalarini baholash mezonlari sotsiolingvistik moslik, pragmatik kompetentlik, madaniyatlararo sezgirlik, diskursiv yaxlitlik, yozma janrga muvofiqlik, kommunikativ samaradorlik, lingvistik to‘g‘rilik, refleksivlik, raqamli yozma muloqot va professional-pedagogik diskursni qamrab oluvchi integrallashgan diagnostik indikatorlar hamda darajaviy ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan 2024–2025-yillarda amalga oshirilgan 209131-raqamli Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va Taraqqiyot vazirligi hamda Toshkent shahridagi Britaniya elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan “English and Inclusion” project within the framework of the “Accelerating English Language Teaching in Central Asia” (AELLCA) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Buxoro davlat pedagogika institutining 2026-yil 13-iyundagi 30-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning chet tilidagi yozma madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini baholashning aniqligi oshib, sotsiolingvistik xatolarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish samaradorligi ta’minlangan.