Raximova Feruzaxon Toxirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Nutqiy aktlarni ifodalovchi vositalar”, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4751.
Ilmiy rahbar: Shukurov Rahmatillo Mirzatillaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02.
Rasmiy opponentlar: Nurmanova Dilfuza Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nutqiy aktlar va ularni yuzaga chiqaruvchi lingvistik vositalarning funksional-pragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nutqiy aktlar nazariyasiga oid mavjud ilmiy-nazariy qarashlarning tizimli tahlili asosida nutqiy aktlarning illokutiv maqsad, ijtimoiy vaziyat va perlokutiv natijaga asoslangan tasnifi ishlab chiqilgan; mazkur tasnif 6 turkum, 20 tur va
74 ma’noviy guruhni qamrab olib, illokutiv niyati yaqin, ammo perlokutiv oqibati zid aktlarni (imperativ – menasiv kabi) farqlash imkonini bergan;
muloqot jarayonida nutqiy aktlarning fonetik, leksik va grammatik vositalar asosida voqelanishi aniqlanib, ularni yuzaga chiqaruvchi til birliklari funksional jihatdan tasniflangan; tasnif mezoni sifatida illokutiv kuchning bevosita kodlanish darajasi belgilanib, asosiy va yordamchi vositalar ajratilgan;
gap va matn kabi predikativ birliklarning nutqiy aktlar shakllanishida illokutiv kuchni mujassam etishi, so‘zlovchi kommunikativ intensiyasini yashirin ifodalashi hamda perlokutiv natijani shakllantirishga ta’siri muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi, rasmiylik darajasi, hurmat shakllari kabi ijtimoiy-madaniy va pragmatik omillar asosida dalillangan; sintaktik shakl bilan pragmatik ma’no o‘rtasidagi nomuvofiqlik tizimli xarakterga ega ekanligi ko‘rsatilgan;
o‘zbek tilidagi iltimos qilmoq, va’da bermoq, tabriklamoq, taqiqlamoq, ogohlantirmoq kabi 100 ga yaqin fe’llarning nutq jarayonida illokutiv xarakterga ega ekanligi, ularning kommunikativ vazifa bajarishi aniqlanib, nutqiy aktlarni ifodalovchi asosiy vosita sifatida pragmasemantik jihatdan tavsiflangan. Mazkur fe’llar performativ va deskriptiv turlarga ajratilib, barchasi performativ xususiyatga ega emasligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutqiy aktlarni ifodalovchi vositalarni o‘rganish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
nutqiy aktlar nazariyasiga oid mavjud ilmiy-nazariy qarashlarning tizimli tahlili asosida nutqiy aktlarning illokutiv maqsad, ijtimoiy vaziyat va perlokutiv natijaga asoslangan tasnifi ishlab chiqilganligi, gap va matn kabi predikativ birliklarning nutqiy aktlar shakllanishida illokutiv kuchni mujassam etishi, so‘zlovchi kommunikativ intensiyasini yashirin ifodalashi hamda perlokutiv natijani shakllantirishga ta’siri muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy maqomi, rasmiylik darajasi, hurmat shakllari kabi ijtimoiy-madaniy va pragmatik omillar asosida dalillanganiga oid natija va xulosalardan 2022-2024-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizator dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi IL-402104209-raqamli loyihani bajarishda samarali foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 24-noyabrdagi 04/1-5650-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy xulosalar o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori uchun pragmatik belgilarning aniqroq modellashtirilishiga xizmat qilib, axborot-qidiruv tizimlarida matnni avtomatik tahlil qilishning ishonchliligi va funksional samaradorligini oshirishga zamin yaratdi;
o‘zbek tilidagi iltimos qilmoq, va’da bermoq, tabriklamoq, taqiqlamoq, ogohlantirmoq kabi 100 ga yaqin fe’llarning nutq jarayonida illokutiv xarakterga ega ekanligi, ularning kommunikativ vazifa bajarishi aniqlanib, nutqiy aktlarni ifodalovchi asosiy vosita sifatida pragmasemantik jihatdan tavsiflanganiga doir xulosalardan 2022-2024-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi
F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda samarali foydalanildi (O‘zbekiston xoreografiya akademiyasining 2025-yil 5-avgustdagi 1/04-294-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy aktlarning ifodalanishida leksik vositalarning milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlariga oid ma’lumotlar yordamida loyiha doirasida yaratilgan lug‘at va qo‘llanmalarning mukammallashuviga erishilgan;
muloqot jarayonida nutqiy aktlarning fonetik, leksik va grammatik vositalar asosida voqelanishi aniqlanib, ularni yuzaga chiqaruvchi til birliklari funksional jihatdan tasniflanganiga oid natija va xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuv va eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2025-yil 10-iyuldagi 26-36-1018-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy aktlarning namoyon bo‘lishida ifoda vositalarining tizimli tabiati va ularni qo‘llashga oid ilmiy-amaliy xulosalar yordamida mazkur teleradiodasturlarning mazmunan boyishiga erishilgan.