Isaqov Burxon Shuhratjon o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasiz ixtiro patenti asosida asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ammiakli selitrasini sifat ko‘rsatkichini yaxshilash uchun so‘nggi ishlov berishda qo‘llaniladigan antiyopishqoq mahsulotini mahalliylashtirish va uning ishlab chiqarish texnologiyasini sanoatga tatbiq qilish”, 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6350.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.19.06.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ixtiroga patentlari olingan: “Ammiakli selitrani yopishqoqligini va changlanishini bartaraf qiluvchi tarkib” (№ IAP 7898; 24.12.2024 y.), “Mineral o‘g‘itlarni kondisionerlash uchun tarkib” (№ IAP 7900; 26.12.2024 y.).
II. Tadqiqotning maqsadi: ammiakli selitrani sifat ko‘rsatkichini yaxshilash uchun so‘nggi ishlov berishda qo‘llaniladigan antiyopishqoq mahsulotini mahalliylashtirish va uning ishlab chiqarish texnologiyasini sanoatga tatbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Novoflow-3047” import antiyopishqoq mahsulotiga muqobil sifatida A kichik guruhiga mansub ishlatilgan sanoat moyi, texnik parafin, stearin kislotasi hamda OP-10 sirt faol moddasidan iborat bo‘lgan, komponentlar nisbatlari optimallashtirilgan yangi tarkibli “Anti-Stick” antiyopishqoq mahsuloti birinchi marta ishlab chiqilgan (ixtiro patenti № UZ IAP 7898);
“Anti-Stick” tarkibining ammiakli selitra granulalari sirtida gidrofob himoya qatlamini hosil qilishi hamda granulalararo kontakt zonasida yopishish kuchlarini pasaytirishi hisobiga donadorlikning barqaror saqlanishi ta’minlanishi, changlanish va aglomeratsiyalanish jarayonlari kamayishi eksperimental tadqiqotlar asosida isbotlangan (ixtiro patenti № UZ IAP 7898);
mineral o‘g‘itlarni kondisionerlash uchun bazaviy komponentlarga qo‘shimcha ravishda gidrolizlangan poliakrilonitril kiritilgan yangi organomineral tarkib birinchi marta ishlab chiqilgan (ixtiro patenti № UZ IAP 7900);
gidrolizlangan poliakrilonitrilning tarkibga kiritilishi granulalar yuzasida shakllanadigan himoya qobig‘ining mexanik barqarorligini oshirishi, chang zarralarining bog‘lanishini kuchaytirishi hamda tashish va saqlash jarayonlarida ikkilamchi chang hosil bo‘lishini sezilarli darajada kamaytirishi ilmiy jihatdan asoslangan (ixtiro patenti № UZ IAP 7900);
toza sanoat moylari o‘rniga ishlatilgan sanoat moylaridan foydalanish antiyopishqoq va kondisioner tarkiblarning texnologik samaradorligini saqlagan holda mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini berishi, shuningdek resurs tejamkorlik va ikkilamchi xom ashyodan foydalanish nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiqligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ammiakli selitrani sifat ko‘rsatkichini yaxshilash uchun so‘nggi ishlov berishda qo‘llaniladigan antiyopishqoq mahsulotini mahalliylashtirish va uning ishlab chiqarish texnologiyasini sanoatga tatbiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tarkiblar O‘zbekiston Respublikasidagi mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sanoati korxonalarida joriy etilgan, xususan, “Farg‘onaazot” AJning “2022-2026 yillarda amaliyotga tatbiq etish uchun istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘onaazot” AJning 2023 yil 21-dekabrdagi, 2024 yil 11-iyuldagi va 2025 yil 11-dekabrdagi 21D-son dalolatnomalari). Natijada ammiakli selitrani sifat ko‘rsatkichini yaxshilash uchun so‘nggi ishlov berishda qo‘llaniladigan yangi tarkibli mahalliy “Anti-Stick” antiyopishqoq mahsulotini maqbul tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkonini bergan;
“Anti-Stick” antiyopishqoq mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zkimyosanoat” AJning “2022-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2024 yil 26-iyuldagi 23-3-2330-son va 2025 yil 25-dekabrdagi 13-3600-son ma’lumotnomalari). Natijada ammiakli selitra sifatini, sanoati korxonalari ishlab chiqarish jozibadorligini oshirishga imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan, bu esa mahsulot sifatini oshirish va qo‘shimchalar importini qisqartirish imkonini bergan.