Gozieva Matluba Turg‘unovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zominsuv havzasida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik asoslari”, 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Gr209.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Muxamajanovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor; Shomurodova Shaxnoza G‘ayratovna, geografiya fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zominsuv havzasining turistik imkoniyatlaridan oqilona foydalanishning yo‘nalishlarini asoslash hamda istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zominsuv va uning irmoqlari havzalari turistik-rekreatsion maqsadlarda foydalanish nuqtai nazaridan sifatiy (qulay emas, kamroq qulay, qulayroq, qulay, juda qulay) baholangan hamda yirik masshtabli (1:100 000) Zominsuv havzasining ichki havzalar kartasi yaratilgan;
Zominsuv havzasining tabiiy geografik jarayonlar xavfi darajasi (past, o‘rta, yuqori, juda yuqori) baholangan va GAT dasturi asosida yirik masshtabli (1:100 000) tabiiy geografik jarayonlar xavfi darajasi kartasi yaratilgan;
Zominsuv havzasining turistik-rekreatsion obektlarni qamrab olgan turistik marshrutlar va ularning dasturlari ishlab chiqilgan hamda yirik masshtabli (1:100 000) turistik kartasi yaratilgan;
Zominsuv havzasining turistik-rekreatsion obektlarini tavsiflash va baholash asosida ulardan oqilona foydalanish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zominsuv havzasida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik asoslari bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha:
Zominsuv va uning irmoqlari havzalarini turizm va rekreatsiya maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan baholash natijalari va kartalari Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi amaliyotida Zominsuv va unung irmoqlari havzalarida turizm va rekreatsiya faoliyatini tashkil etishda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 4-avgustdagi 02-17/7979 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Zominsuv va uning irmoqlari havzalarida turistik-rekreatsion faoliyatini takomillashtirish imkonini bergan;
GAT dasturi asosida yaratilgan Zominsuv havzasining tabiiy geografik xavfi darajasi kartasi Jizzax viloyati turizm boshqarmasida turistik marshrutlarni loyihalash va turistik maskanlarni joylashtirish amaliyotida foydalanilgan. Natijada, havzaning tabiiy geografik xavf zonalarini hisobga olgan holda turistik infratuzilma obektlarini joylashtirish va xavfsiz turistik marshrutlarni belgilash tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Zominsuv havzasining turistik-rekreatsion obektlarini va ishlab chiqilgan turistik marshrutlarni tasvirlovchi yirik masshtabli Zominsuv havzasi turistik kartasi Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 4-avgustdagi 02-17/7979 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Zomin” erkin turistik zonasida turizmni tashkil etish va turistlar oqimini samarali boshqarishni takomillashtirish imkonini bergan;
Zominsuv havzasining turistik-rekreatsion obektlarini tavsiflash va baholash asosida ishlab chiqilgan oqilona foydalanish va turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026 yil 4-avgustdagi 02-17/7979 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, turistik marshrutlarni tashkil etish va hududiy rejalashtirishda turistik resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish