Gulamova Gulshan Almamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz nervi nevropatiyasining asoratlangan shakllari kompleks davolash va neyroreabilitatsiya usullarini optimallashtirish», 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6264.
Ilmiy rahbar: Xakimova Soxiba Ziyodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.04.
Rasmiy opponentlar: Sobirova Guzal` Naimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: asoratlangan yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bemorlarni tiklashda tabaqalashtirilgan neyroreabilitatsiya protokollarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tatbiq etish orqali kompleks neyroreabilitatsiya samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
House-Brackmann va Sunnybrook shkalalari bo‘yicha klinik baholash asosida ENMG va UTT ma’lumotlari bilan birgalikda patologik sinkineziyalar va ikkilamchi gemispazmning differensial xususiyatlari hamda reabilitatsiya salohiyatini baholash mezonlari aniqlangan;
neyroreabilitatsiyaning noqulay prognoziga oid miqdoriy ENMG-prediktorlar (M-javob amplitudasining 0,8 mV dan pastligi, R1 latentligining 14 ms dan yuqoriligi, polifaz potensiallarning mavjudligi, kombinatsiyaning AUC ko‘rsatkichi 0,93) belgilangan va bemorlarni surunkali tus olish xavfi bo‘yicha stratifikatsiyalashning uch bosqichli tizimi ishlab chiqilgan;
yuz nervining asoratlangan shakllarida neyroreabilitatsiyaning uch komponentli protokoli birinchi marta qiyosiy baholangan va asorat turi hamda surunkali tus olish xavfiga qarab ularni qo‘llash bo‘yicha tabaqalashtirilgan ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan protokollar qo‘llanilganda HADS bo‘yicha psixoemotsional holat va SF-36 bo‘yicha hayot sifatining 63,9% ga ishonchli yaxshilanishi, ta’sirning 6 oydan so‘ng katamnezda ham saqlanib qolishi isbotlangan (p<0,05).
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarini joriy etish. Yuz nervi nevropatiyasining asoratlangan shakllari kompleks davolash va neyroreabilitatsiya usullarini optimallashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida natijalar klinik amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026-yil 6-oktyabrdagi X199-sonli xulosasi asosida).
Birinchi ilmiy yangilik: House-Brackmann va Sunnybrook shkalalari bo‘yicha klinik baholash asosida ENMG va UTT ma’lumotlari bilan birgalikda patologik sinkineziyalar va ikkilamchi gemispazmning differensial xususiyatlari hamda reabilitatsiya salohiyatini baholash mezonlari aniqlangan. Bu bo‘yicha takliflar "Yuz nervi neyropatiyasining asoratlangan shakllarini erta tashxislash va prognozlash algoritmi" va "Yuz nervi shikastlanishining cho‘zilgan shakllarida patogenetik terapiya va estetik-funksional buzilishlarini tiklash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif SamDTU huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga 2026-yil 2-iyundagi 57-sonli buyrug‘i asosida hamda Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2026-yil 1-iyundagi 62-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Davolash natijasini oldindan baholash bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarning 81,5% ida mimik funksiyalarni tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Past reabilitatsiya salohiyati o‘z vaqtida aniqlanganda samarasiz va qimmat muolajalar tayinlanmaydi, bu har bir bemor uchun asossiz xarajatlarni o‘rtacha 3,2 mln so‘mga kamaytirdi. Xulosa: Botulinoterapiya, radiochastotali ta’sir va fotobiomodulyasiyani birgalikda qo‘llashga asoslangan tabaqalashtirilgan neyroreabilitatsiya protokollarini joriy etish klinik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq.
Ikkinchi ilmiy yangilik: neyroreabilitatsiyaning noqulay prognoziga oid miqdoriy ENMG-prediktorlar (M-javob amplitudasining 0,8 mV dan pastligi, R1 latentligining 14 ms dan yuqoriligi, polifaz potensiallarning mavjudligi; kombinatsiyaning AUC ko‘rsatkichi 0,93) belgilangan va bemorlarni surunkali tus olish xavfi bo‘yicha stratifikatsiyalashning uch bosqichli tizimi ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha takliflar "Yuz nervi neyropatiyasining asoratlangan shakllarini erta tashxislash va prognozlash algoritmi" va "Yuz nervi shikastlanishining cho‘zilgan shakllarida patogenetik terapiya va estetik-funksional buzilishlarini tiklash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif SamDTU huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga 2026-yil 2-iyundagi 57-sonli buyrug‘i asosida hamda Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2026-yil 1-iyundagi 62-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Yuqori xavf guruhini erta aniqlash ushbu toifadagi bemorlarning 74% ida og‘ir kontrakturalar va patologik sinkineziyalar rivojlanishining oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Ob’ektiv prediktorlar yuqori texnologiyali resurslarni prognozi salbiy bemorlarga yo‘naltirish imkonini berdi, bu asoratlarni uzoq muddat davolash xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: Miqdoriy ENMG prediktorlariga asoslangan uch bosqichli tabaqalashtirish tizimi yuz nervi nevropatiyasining asoratlangan shakllarida neyroreabilitatsiyani shaxsiylashtirishning klinik jihatdan asoslangan vositasi hisoblanadi.
Uchinchi ilmiy yangilik: yuz nervining asoratlangan shakllarida neyroreabilitatsiyaning uch komponentli protokoli birinchi marta qiyosiy baholangan va asorat turi hamda surunkali tus olish xavfiga qarab ularni qo‘llash bo‘yicha tabaqalashtirilgan ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha takliflar "Yuz nervi neyropatiyasining asoratlangan shakllarini erta tashxislash va prognozlash algoritmi" va "Yuz nervi shikastlanishining cho‘zilgan shakllarida patogenetik terapiya va estetik-funksional buzilishlarini tiklash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif SamDTU huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga 2026-yil 2-iyundagi 57-sonli buyrug‘i asosida hamda Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2026-yil 1-iyundagi 62-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: To‘rtta protokol (jumladan, izolyasiyalangan BTA) ilk bor qiyosiy baholangan. Patologik sinkineziyalarda BTA va fotobiomodulyasiya, ikkilamchi gemispazmda BTA va radiochastotali ta’sir, yuqori xavfda esa uch komponentli protokol eng yaxshi natija berishi ko‘rsatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik muddatining 5 kunga qisqarishi har bir bemor uchun 8,8 mln so‘m iqtisodiy samara berdi. Xulosa: Protokollarni qo‘llash bo‘yicha tabaqalashtirilgan ko‘rsatmalar asoratlangan yuz nervi nevropatiyasini shaxsiylashtirilgan neyroreabilitatsiya qilishning klinik jihatdan samarali echimi hisoblanadi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan protokollar qo‘llanilganda HADS bo‘yicha psixoemotsional holat va SF-36 bo‘yicha hayot sifatining 63,9% ga ishonchli yaxshilanishi, ta’sirning 6 oydan so‘ng katamnezda ham saqlanib qolishi isbotlangan (p<0,05). Bu bo‘yicha takliflar "Yuz nervi neyropatiyasining asoratlangan shakllarini erta tashxislash va prognozlash algoritmi" va "Yuz nervi shikastlanishining cho‘zilgan shakllarida patogenetik terapiya va estetik-funksional buzilishlarini tiklash algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanomada o‘z aksini topgan. Mazkur taklif SamDTU huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga 2026-yil 2-iyundagi 57-sonli buyrug‘i asosida hamda Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2026-yil 1-iyundagi 62-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Asosiy guruhdagi bemorlarning 81,5% ida psixoemotsional holat va hayot sifatining klinik jihatdan sezilarli yaxshilanishi qayd etildi, bu estetik nuqsoni bor bemorlarning ijtimoiy hayotga qaytishiga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Standart terapiya guruhiga nisbatan 12 oylik kuzatuv davomida takroriy gospitalizatsiyalar chastotasi 4,2 baravar kamaydi, bu davlat byudjetining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiy xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: HADS va SF-36 bo‘yicha psixometrik baholashni asoratlangan yuz nervi nevropatiyasi bo‘lgan bemorlar neyroreabilitatsiyasining majburiy monitoringiga kiritish maqsadga muvofiq.