Abdullaeva Gulazzam Dilshodbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemolitik kasallikka chalingan chaqaloqlar qon zardobi mikroelementlarining klinik va patogenetik axamiyati », 14.00.09 – «Pediatriya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4890 
Ilmiy rahbar: Arzikulov Abdurayim Shamshievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.04.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdieva Xamroxon Tillavaldievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedova Dilorom Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand  davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chaqaloqlar gemolitik kasalligi turli klinik shakllari va og‘irlik darajalarida qonning mikroelement tarkibi o‘zgarishining diagnostik va prognostik axamiyatini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi sharoitida, Andijon viloyati misolida olingan reprezentativ tanlama asosida chaqaloqlar gemolitik kasalligi rivojlanishida klinik-anamnestik, onalik va biologik omillarning prognostik ahamiyati asoslangan; xususan, homiladorlik davridagi O‘RVI kasallik xavfini 3,26 barobar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari 3,9 barobar, 0(I) qon guruhli onalarda reproduktiv yo‘qotishlar esa 6,2 barobar oshirishi aniqlangan;
chaqaloqlar gemolitik kasalligida AVO tizimi bo‘yicha immunologik ziddiyatlar (89,6%) Rh-ziddiyatlarga (10,4%) nisbatan ustun ekanligi, B(III) qon guruhli chaqaloqlarda kasallikning og‘ir sariqlik shakli hamda o‘rta og‘ir va og‘ir postgemolitik anemiya rivojlanish xavfi yuqoriligi isbotlangan;
gemolitik kasallikning klinik shakli va og‘irlik darajasiga qarab ona va chaqaloq qonida Fe, Cu, Zn va Co mikroelementlarining o‘ziga xos disbalansi aniqlangan; og‘ir va shishli shakllarda temir miqdorining keskin kamayishi va mis miqdorining ortishi, og‘ir sariqlikda esa temir va rux almashinuvining dinamik o‘zgarishi kasallik og‘irligini tavsiflovchi biokimyoviy belgilar sifatida asoslangan;
chala va juda chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gemolitik kasallik kechishida Fe, Cu va Zn miqdorining yanada pasayishi bilan ifodalanuvchi dismikroelementoz rivojlanishi aniqlangan hamda dismikroelementoz darajasi bilan gestatsion yosh o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan; ona qonida mis va kobal`t miqdorining ortishi va temir miqdorining kamayishi homila sensibilizatsiyasi hamda gemolitik kasallik xavfini baholashda prognostik markerlar sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemolitik kasallikning turli klinik shakllarida chaqaloqlar va  onalari qonidagi mikroelementlar miqdorini o‘rganish, shuningdek, kasallik rivojlanishi xavfining onalik va perinatal omillarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi sharoitida, Andijon viloyati misolida olingan reprezentativ tanlama asosida chaqaloqlar gemolitik kasalligi rivojlanishida klinik-anamnestik, onalik va biologik omillarning prognostik ahamiyati asoslangan; xususan, homiladorlik davridagi O‘RVI kasallik xavfini 3,26 barobar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari 3,9 barobar, 0(I) qon guruhli onalarda reproduktiv yo‘qotishlar esa 6,2 barobar oshirishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrdagi 6i-113/n-son bilan tasdiqlangan  “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gemoli`tik kasalligini metall elementlarni aniqlash asosida  bashorat qilish metodikasi” ko‘rinishidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Namangan filialining 2025 yil 2 dekabrdagi 287-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Farg‘ona filialining 2025 yil 25 dekabrdagi 124 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/86-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: gemolitik kasallik rivojlanishida klinik-anamnestik, onalik va biologik omillarning prognostik axamiyatini aniqlanishi, xomiladorlik davridagi yuqori nafas yo‘llari kasalliklarining ChGK rivojlanishida axamiyatining ko‘rsatilishi gemolitik kasallikni  erta tashxislash va prognoz qilishni yaxshilashga, og‘ir turlarining uchrash chastotasini kamaytirishga hamda perinatal kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: chaqaloqlar gemolitik kasalligini an’anaviy usulda davolash uchun har bir bemorga kutilayotgan sarf-xarajatlar o‘rtacha 420 000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif qilinayotgan usulda esa ushbu qiymat 282 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajatlarni 0,5 martaga kamaytirish imkonini beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar gemolitik kasalligida AVO tizimi bo‘yicha immunologik ziddiyatlar (89,6%) Rh-ziddiyatlarga (10,4%) nisbatan ustun ekanligi, B(III) qon guruhli chaqaloqlarda kasallikning og‘ir sariqlik shakli hamda o‘rta og‘ir va og‘ir postgemolitik anemiya rivojlanish xavfi yuqoriligi isbotlanganligi  Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrdagi 6i-113/n-son bilan tasdiqlangan  “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gemoli`tik kasalligini metall elementlarni aniqlash asosida  bashorat qilish metodikasi” ko‘rinishidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Namangan filialining 2025 yil 2 dekabrdagi 287-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Farg‘ona filialining 2025 yil 25 dekabrdagi 124 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/86-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ABO ziddiyat tufayli rivojlanadigan gemolitik kasallikda O(I) qon guruxli onalarni xavf guruxi sifatida shakllantirilishib, ushbu onalardan tug‘ilgan B (III)  qon guruxli chaqaloqlarda og‘ir va o‘rta og‘ir darajadagi postgemolitik kamqonlik uchrashi yuqoriligining aniqlanishi ChGKni  rivojlanishini erta tashxislash va prognoz qilishni yaxshilashga, postgemolitik anemiyani chastotasini kamaytirishga hamda o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning  iqtisodiy samaradorligi: agar viloyat miqyosida bolalar tibbiy muassasiga ChGK belgilari bilan bir yildagi murojaatlar soni o‘rtacha 10 nafar deb olinsa, u xolda mazkur usul tatbiq qilinganidan so‘ng bir muassasa uchun jami iqtisodiy samaradorlik  340 000 x10 nafar =3 400 000 so‘mni tashkil qiladi. Shu bilan birga, asoratlanishlar sonining kamayishi xisobiga bemorlarning shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartiradi va davolashga ketgan xarajatlarni iqtisod qilinishiga erishilgan. 
  uchinchi ilmiy yangilik: gemolitik kasallikning klinik shakli va og‘irlik darajasiga qarab ona va chaqaloq qonida Fe, Cu, Zn va Co mikroelementlarining o‘ziga xos disbalansi aniqlangan; og‘ir va shishli shakllarda temir miqdorining keskin kamayishi va mis miqdorining ortishi, og‘ir sariqlikda esa temir va rux almashinuvining dinamik o‘zgarishi kasallik og‘irligini tavsiflovchi biokimyoviy belgilar sifatida asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrdagi 6i-113/n-son bilan tasdiqlangan  “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gemoli`tik kasalligini metall elementlarni aniqlash asosida  bashorat qilish metodikasi” ko‘rinishidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Namangan filialining 2025 yil 2 dekabrdagi 287-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Farg‘ona filialining 2025 yil 25 dekabrdagi 124 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/86-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: ChGKning shish shaklida kindik qoni va onalar qonida temir miqdori keskin kamaygani, mis miqdori esa ortganligi, kobal`t va rux miqdori esa nazorat guruhidagi onalar va bolalar qonidagi miqdorga yaqin bo‘lganligi, shishli shaklida kindik qoni va ona qonida temir miqdori juda past bo‘lgani holda mis miqdori  ortib, kobal`t va rux miqdori nazorat guruhidagi onalar va bolalar qonidagi miqdorga yaqinligi aniqlangan. Og‘ir sariqlik bilan kechgan shaklida kindik qonida temir va rux miqdori kamayganligi, sariqlik davrida vena qonida temir va rux miqdori ortib, klinik sog‘ayish davriga kelgach nazorat ko‘rsatkichlaridan baland bo‘lgani, klinik sog‘ayish davriga kelib kobal`t miqdori dastlabki ko‘rsatkichlargacha pasayib, mis miqdori esa avvalgidek qolganligi, engil sariqlik shaklida kindik qonidagi temir, mis va rux miqdori me’yorga muvofiq kelib, kobal`t miqdori esa ko‘payganligi aniqlangan. Chaqaloqlar va onalar qonidagi mikroelementlar darajasining GK ning klinik shakllari va og‘irlik darajasiga bog‘liqligi qayd etilgan. Ushbu natijalar xamda qon guruhi rezusi manfiy bo‘lgan tug‘ruqdagi ayollar qonida mis va kobal`t moddasi miqdorining yuqoriligi, shuningdek, temir miqdorining kamayib ketishi homiladorlarning sensibilazatsiyasi ko‘rsatkichlari va homilada gemolitik kasallik mavjudligidan darak beruvchi prognostik marker sifatida xizmat qilishi mumkinligining  aniqlanishi ChGKda mikroelementlarni aniqlash orqali chaqaloqlar va xomilada gemolitik kasallikni erta bashorat qilish va ChGK aniqlanganda ularga davo chora tadbirlarini o‘tkazishning diagnostik imkoniyatlarini takomillashtirish orqali taklif qilinaetgan yondashuvning maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risida xulosa qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning  iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda kasallik tashxislangan bemorlarda (103 nafar) davolash uchun sarflangan xarajatlar 287 040 000 so‘mga yoki xar bir bemordan 1656000 so‘m iqtisod qilinadi. Bir  yildagi murojatlar soniga nisbatan esa (10 nafar bemor), tatbiq qilinishi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 16 560 000 so‘mni tashkil qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chala va juda chala tug‘ilgan chaqaloqlarda gemolitik kasallik kechishida Fe, Cu va Zn miqdorining yanada pasayishi bilan ifodalanuvchi dismikroelementoz rivojlanishi aniqlangan hamda dismikroelementoz darajasi bilan gestatsion yosh o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan; ona qonida mis va kobal`t miqdorining ortishi va temir miqdorining kamayishi homila sensibilizatsiyasi hamda gemolitik kasallik xavfini baholashda prognostik markerlar sifatida asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 oktyabrdagi 6i-113/n-son bilan tasdiqlangan  “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gemoli`tik kasalligini metall elementlarni aniqlash asosida bashorat qilish metodikasi” ko‘rinishidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Namangan filialining 2025 yil 2 dekabrdagi 287-son va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Farg‘ona filialining 2025 yil 25 dekabrdagi 124 buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 10 iyundagi 10/86-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining tibbiy ijtimoiy samaradorligi. chala tug‘ilgan chaqaloqlarda ChGK kechishi dinamikasida barcha mikroelementlar ko‘rsatkichlari – Fe, Cu va Zn  larning yanada pasayishi – kuchli dismikroelementoz rivojlanishi aniqlangani va kasallikning kechishi dinamikasida barcha mikroelementlarning kamayishi davom etishi isbotlangani, kobal`tdan tashqari (Fe, Cu, Zn) mikroelementlarining disbalansi ChGK bilan patogenetik ravishda bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgani,  juda chala tug‘ilgan chaqaloqlarda 28- 31 xaftada  qonda mikroelementlar konsentratsiyasi darajasining kuchli past bo‘lishi ko‘rinishida dismikroelementoz rivojlanishi aniqlangani xamda qaqaloqlardagi gemolitik kasallikda dismikroelementoz darajasi bilan gestatsion yosh o‘rtasidagi ijobiy korrelyasion bog‘liqlikning  aniqlangani kasallikning og‘ir kechish darajasini va shu bilan patogenetik bog‘liq bo‘lgan perinatal kasallanish hamda o‘lim holatlarini qisqartirish imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning  iqtisodiy samaradorligi:. tadqiqot uchun tanlangan va taklif qilingan usulda kasallik tashxislangan bemorlarda (103 nafar) davolash uchun sarflanganxarajatlar 287 040 000 so‘mga yoki xar bir bemordan 1 656 000 so‘m iqtisod qilinadi. Bir  yildagi murojaatlar soniga nisbatan esa (10 nafar bemor), tatbiq qilinishi bo‘yicha jami yillik iqtisodiy samaradorlik 16 560 000 so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish