Qurbonov O‘ral Meliqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ularni mis-molibden rudalari pul`pasidan molibdenni ajratib olish uchun rudalarni flotatsiya jarayonida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2026.3.PhD/T6933.
Ilmiy rahbarlar: Xursanov Abdulla Xalmuradovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Negmatov Jaxongir Nosir o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xudoyarov Suleymon Rashidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ularni mis-molibden rudalari pul`pasidan molibdenni ajratib olish uchun rudalarni flotatsiya jarayonida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosidagi organo-noorganik ingredientlarning tabiati, turi, miqdori va nisbatiga, shuningdek, mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonining texnologik omillariga qarab ishlab chiqilayotgan kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
aniqlangan qonuniyatlar asosida mis-molibden rudalarini flotatsiyalash jarayonida qo‘llash uchun mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan olingan organo-noorganik ingredientlar asosida import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonida ishlab chiqilgan kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni qo‘llash imkoniyati ko‘rsatilgan bo‘lib, ular mavjudligi, arzonligi va samaradorligi bilan ajralib turadi hamda yuqorida sanab o‘tilgan import ko‘piklantiruvchilar (T-66, T-80, T-92 va T-94)ni o‘rnini bosa olishi asoslangan;
mis-molibden rudalarini flotatsiyalash jarayonida xomaki konsentrat tarkibidagi molibdenni ajratib olish uchun mo‘ljallangan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni olishning innovatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ularni mis-molibden rudalari pul`pasidan molibdenni ajratib olish uchun rudalarni flotatsiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni olish uchun ishlab chiqilgan texnologik reglament «Olmaliq KMK» AJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan («Olmaliq KMK» AJning 2026 yil 2 sentyabrdagi SL-887-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida samarali kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni olish imkonini bergan;
kamyob komponentlarni yuqori darajada ajratib oladigan import o‘rnini bosuvchi, arzon va samarali kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilar «Olmaliq KMK» AJning mis boyitish fabrikasida (MBF) amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2026 yil 2 sentyabrdagi SL-887-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibden miqdori 0,0033% bo‘lgan ruda tarkibidagi molibdenni 87,8% gacha ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish