Negmatov Jaxongir Nosir o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): «Samarali kompozision kimyoviy ko‘piklantiruvchi flotoreagentlarni ishlab chiqish va qo‘llash orqali mis-molibden rudasini flotatsiyalash jarayoni unumdorligini oshirishning ilmiy asoslari», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.3.DSc/T.1147.
Ilmiy maslahatchi: Xursanov Abdulla Xalmuradovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Eshmurat Azimovich, texnika fanlari doktori, Qozog‘iston Respublikasi Konchilik fanlari akademiyasi akademigi; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: samarali kompozision kimyoviy ko‘piklantiruvchi flotoreagentlarni ishlab chiqish va qo‘llash orqali mis-molibden rudasini flotatsiyalash jarayoni unumdorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik-noorganik ingredientlar, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilarining o‘zaro ta’sir qonuniyatlari, shuningdek, ular asosidagi kompozision kimyoviy flotoreagentlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini organik-noorganik ingredientlarning tabiati, turi, miqdori va nisbatiga, shuningdek, mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonining texnologik omillariga qarab o‘zgarishi aniqlangan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalangan holda organo-noorganik ingredientlar asosida kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan va ularni qo‘llash orqali mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonining unumdorligini oshirish va shunga mos ravishda mis-molibden konsentratlarida oltin, kumush va molibdenni ajratib olish unumini oshirishi aniqlangan;
ishlab chiqilgan kompozisiyaning organo-noorganik ingredientlarining metall zarrachalari bilan o‘zaro ta’sirlashish mexanizmi asoslangan bo‘lib, u rangli, nodir va noyob metallarni tanlab ajratib olishni ta’minlaydi, bu esa mis-molibden rudalarini flotatsiya qilishda qo‘llaniladigan yaratilgan kompozision kimyoviy flotoreagentlarning sorbsiya, flotatsiya qobiliyati va ko‘piklanish jarayonlari haqidagi fundamental bilimlarni kengaytirishi asoslangan;
ishlab chiqilgan KXF-VS-MZS-7-US markali modifikatsiyalangan flotoreagent-ko‘piklantiruvchi «Olmaliq KMK» AJ ishlab chiqarish sharoitida flotatsion boyitish jarayonida mis-molibden rudasi bo‘tanasidan 88,25% gacha molibden, 91,89% gacha oltin va 98,27% gacha kumushni ajratib olishi aniqlangan;
flotatsiya jarayoni unumdorligini oshirishni va shunga mos ravishda mis-molibden rudalarini boyitishda oltin, kumush va molibdenning mis-molibden konsentratiga ajralib chiqishini ta’minlaydigan import o‘rnini bosuvchi KXF-VS-MZS kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarni olish uchun resurstejamkor takomillashtirilgan texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarali kompozision kimyoviy ko‘piklantiruvchi flotoreagentlarni ishlab chiqish va qo‘llash orqali mis-molibden rudasini flotatsiyalash jarayoni unumdorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan quyidagi ixtirolarga patentlar olingan: №IAR 20100015 «Maydalangan kambag‘al va nomutanosib rudalardan metall zarrachalarini quruq ajratib olish uchun qurilmalar» va №IAR 8213 «Rangli va nodir metallar rudalarini flotatsiyalash jarayonida qo‘llash uchun kimyoviy flotoreagent-kompozision ko‘piklantiruvchi olish usuli» («Olmaliq KMK» AJning 2026 yil 2 sentyabrdagi №SL-890-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, KXF-VS-MZS kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchilarning samarali tarkibini va ularni tarkibida mis, oltin, kumush va molibden bo‘lgan mis-molibden konsentratlaridan samarali ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalangan holda organo-noorganik ingredientlar asosida ishlab chiqilgan, yuqori fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan import o‘rnini bosuvchi KXF-VS-MZS kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘piklantiruvchi «Olmaliq KMK» AJda mis-molibden rudalarini flotatsiya qilish jarayonida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2026 yil 2 sentyabrdagi №SL-890-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mis-molibden konsentratida oltin miqdori 16,84% bo‘lganda oltinni 90,01% gacha, kumush miqdori 694,48 g/t bo‘lganda 97,17% gacha va molibden miqdori 0,0039% bo‘lganda 84,7% gacha oshirish hisobiga flotatsiya jarayoni unumdorligini oshirish imkonini bergan;
KXF-VS-MZS turidagi kompozision kimyoviy ko‘piklantiruvchi flotoreagentlarni olishning ishlab chiqilgan resurstejamkor takomillashtirilgan texnologiyasi kompozision kimyoviy ko‘piklantiruvchi flotoreagentlar ishlab chiqarish bo‘yicha Qibray zavodida mamliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2026 yil 2 sentyabrdagi №SL-890-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-kimyoviy xossalari va flotatsion qobiliyati yuqori bo‘lgan arzon va samarali kompozision kimyoviy flotoreagentlar olish imkonini bergan hamda «Olmaliq KMK» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirishga, jumladan importni qisqartirish va valyutani tejashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish