Azizova Maxbuba Hilol qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning innovatsion boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Ped6847.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Medetova Raushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kaxramonov Xurshidjon Shuhrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning innovatsion boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“raqamli o‘qituvchi” faoliyatini tashkil etish metodikasi takomillashtirilib, unda talabani psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, individual o‘quv dasturini loyihalash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali o‘quv hamda darsdan tashqari vazifalarni rejadan tashqari vaqtda bajarishni ta’minlovchi funksiyalar tizimi asoslangan;
innovatsion boshqaruv kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘quv jarayoniga vaqt cheklovi, qaror qabul qilish va resurslar uchun axborot etarliligi kabi boshqaruv faoliyatiga xos vaziyatlarni imitatsiya qiluvchi ta’lim muhitini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
oliy ta’limda innovatsion boshqaruv modeli strategik innovatsion boshqaruv va funksional innovatsion boshqaruvning o‘zaro bog‘liq ikki turi asosida OTM rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, tashqi muhitni tahlil qilish, innovatsiyalarni yaratish, joriy etish va tijoratlashtirish jarayonlarini uyg‘un boshqarish tartibini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida innovatsion boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish modeli talabalar shaxsiy fazilatlarini shakllantirishning pedagogik tamoyillari, innovatsion boshqaruv kompetensiyasining tarkibiy qismlari, funksiyalari, mezonlari va darajalari hamda raqamlashtirilgan ta’lim muhitining uch o‘lchovli pedagogik imkoniyatlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning innovatsion boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“raqamli o‘qituvchi” faoliyatini tashkil etish metodikasi takomillashtirilib, unda talabani psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, individual o‘quv dasturini loyihalash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali o‘quv hamda darsdan tashqari vazifalarni rejadan tashqari vaqtda bajarishni ta’minlovchi funksiyalar tizimini asoslashga doir ta’vsiyalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tayyorlangan “Interaktiv ta’lim asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 02/01-01-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ta’lim muhitida talabalarni individual qo‘llab-quvvatlash va o‘quv faoliyatini moslashuvchan tashkil etish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga erishilgan;
innovatsion boshqaruv kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘quv jarayoniga vaqt cheklovi, qaror qabul qilish va resurslar uchun axborot etarliligi kabi boshqaruv faoliyatiga xos vaziyatlarni imitatsiya qiluvchi ta’lim muhitini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tayyorlangan “Ta’lim boshqaruvidagi so‘nggi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 02/01-01-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruv faoliyatiga xos vaziyatlarni modellashtirish asosida talabalarda innovatsion boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish hamda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
oliy ta’limda innovatsion boshqaruv modeli strategik innovatsion boshqaruv va funksional innovatsion boshqaruvning o‘zaro bog‘liq ikki turi asosida OTM rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, tashqi muhitni tahlil qilish, innovatsiyalarni yaratish, joriy etish va tijoratlashtirish jarayonlarini uyg‘un boshqarish tartibini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid taklif “Interaktiv ta’lim asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 02/01-01-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida strategik va funksional innovatsion boshqaruv jarayonlarini uyg‘un tashkil etish hamda innovatsiyalarni samarali joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarida innovatsion boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish modeli talabalar shaxsiy fazilatlarini shakllantirishning pedagogik tamoyillari, innovatsion boshqaruv kompetensiyasining tarkibiy qismlari, funksiyalari, mezonlari va darajalari hamda raqamlashtirilgan ta’lim muhitining uch o‘lchovli pedagogik imkoniyatlarini integratsiyalash asosida takliflar “Ta’lim boshqaruvidagi so‘nggi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-avgustdagi 02/01-01-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamlashtirilgan ta’lim muhitining pedagogik imkoniyatlari asosida talabalarda innovatsion boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish hamda kasbiy va shaxsiy sifatlarni shakllantirish samaradorligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish