Juraeva Maftuna Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini kollaborativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi (qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9202.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tajibaev Gayratjon Shovdorovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.15.04.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sobirova Maxbuba Yusupdjanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kollaborativ yondashuv asosida talabalarni ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bino va inshootlar qurilishi ixtisosligi talabalarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda “Collaborative Speaking+Writing” o‘qitish texnologiyasini qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlari, lingvistik va psixolingvistik omillar uyg‘unligida kasbiy-amaliy tayyorgarlik standartlariga mos holda ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirilgan;
“storytelling” va “labirint” (muammoli-navigatsion) metodlarini CDIO (G‘oya - Loyihalashtirish - Amalga oshirish - Ishlatish) modeli kontekstida integratsiyalash orqali talabalarning ingliz tilida kasbiy nutq, kommunikativ va kollaborativ faoliyatini rivojlantirish mexanizmi taklif etilgan;
ingliz tilida amaliy faoliyatga tayyorlashning kollaborativ yondashuviga asoslanuvchi “collaborative Speaking+Writing” texnologiyasini “Learning Together” hamkorlikdagi o‘rganish konsepsiyasining maqsadli, mazmuniy, jarayonli va natijaviy komponentlarni integratsiyalashni kuchaytirish hamda individual o‘quv muhitida yuzaga keladigan amaliy-kasbiy vaziyatlarni modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo‘nalishi malaka talablarining kasbiy kompetensiyasi tarkibida ingliz tili bo‘yicha taklif etilayotgan metodologiya va takomillashtirilgan metodik ta’minot samaradorligiga tajriba-sinov ishlari jarayonida erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini kollaborativ yondashuv asosida rivojlantirish metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
texnika yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyasini kollaborativ yondashuv asosida rivojlantirish jarayonida “Collaborative Speaking+Writing” o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalar “Bino va inshootlar ekspluatatsiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (TAQU, 2025-yil 7-noyabr, №1/78-2 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada Bino va inshootlar ekspluatatsiyasi fanini kollaborativ yondashuv asosida va ingliz tili bilan fanlararo aloqadorlikda o‘qitishning uslubiy ta’minoti yaratilgan;
taklif etilgan “storytelling” va “labirint” (muammoli-navigatsion) metodlarini CDIO (G‘oya - Loyihalashtirish - Amalga oshirish - Ishlatish) modeli kontekstida integratsiyalash orqali talabalarning ingliz tilida kasbiy nutq, kommunikativ va kollaborativ faoliyatini rivojlantirish mexanizmidan foydalangan holda web-platforma va uning mobil qurilmalarda foydalanishga moslashtirilgan dasturi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 56127 hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi №02/01-01-598-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning nutqiy kompetensiyasini obektiv baholash, o‘quv jarayonidagi bo‘shliqlarni operativ aniqlash va differensial yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo‘nalishi malaka talablari tarkibidagi kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan metodologiya va takomillashtirilgan metodik ta’minotning samaradorligi tajriba-sinov ishlari jarayonida tekshirilgan takliflar O‘zbekiston Milliy Teleradiokanali “Namangan viloyati teleradiokani” davlat muassasasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokanali “Namangan viloyati teleradiokani” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil 24-dekabrda berilgan 02-4-279-sonli ma’lumotnoma). Natijada talabalarning ingliz tilidagi kasbiy va sohaviy nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ommalashtirilgan.