Mirzaeva Aziza Zokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik omillari”, 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Gr248.
Ilmiy rahbar: G‘o‘dalov Mirkomil Ravshanovich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Sabitova Naila Ismailovna, geografiya fanlari doktori, professor; Yuldashov Abrorjon Ubaydulloevich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyati turistik salohiyatidan oqilona foydalanish yo‘nalishlarini asoslash va istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat tabiiy geografik sharoitining turistik jozibadorlik darajasi 6 ta mezon (manzaraviy-estetik, gidrografik-rekreatsion, bioekologik, geologik-geomorfologik, funksional-turistik hamda geoekologik xavfga moyillik) asosida baholangan;
Jizzax viloyatida turistik obektlarning joylashuvi, vazifalari hamda mavsumiylik xususiyatlari asosida turistik rayonlarga ajratilgan va GIS dasturi asosida o‘rta (1:200 000) masshtabli kartasi yaratilgan;
Jizzax viloyatining turistik obektlarining xususiyatlari va ulardan foydalanish imkoniyatini tavsiflash asosida turistik resurslardan oqilona foydalanish hamda turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar takomillashtirilgan;
viloyat turistik marshrutlari va namunaviy pasportlari ishlab chiqilgan hamda GIS dasturi asosida o‘rta masshtabli (1:200 000) kartasi va turistik platformasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik omillari boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Jizzax viloyati tabiiy geografik sharoitining turistik jozibadorlik darajasi oltita mezon asosida baholangan va Jizzax viloyati “Turizm boshqarmasi” amaliyotida rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish tizimini shakllantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 24-iyundagi 02-17/6470 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan xolda turizm oqimini tartibga solish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
GIS dasturi asosida yaratilgan 1:200000 masshtabli Jizzax viloyati turistik rayonlashtirish kartasi yaratilgan. Ushbu karta viloyatning turistik resurslarini hududiy jihatdan aniq baholash, tabiiy va rekreatsion imkoniyatlarni ajratib ko‘rsatish hamda turizm yo‘nalishlarini rejalashtirishda amaliy ahamiyatga ega (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 24-iyundagi 02-17/6470 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati hududida turizmni rivojlanishiga va ulardan istiqbolli foydalanish yo‘nalishlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan;
Jizzax viloyatining turistik resurslarini hududiy jihatdan aniq tasniflash va turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 24-iyundagi 02-17/6470 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati “Turizm boshqarmasi” amaliyotida turistik marshrutlarni takomillashtirish, hududiy rejalashtirishni aniqlashtirish va turistik resurslardan oqilona foydalanish choralarini belgilash imkonini bergan;
Jizzax viloyatining rekreatsion va tabiiy obektlarni qamrab olgan turistik marshrutlar ishlab chiqilgan va 1:200 000 masshtabli Jizzax viloyati turistik kartasi yaratilgan. Unda ikkita asosiy marshrut ajratilgan. Har bir marshrut uchun turistik pasport tuzilib, unda masofa, bosib o‘tish davomiyligi, texnik murakkablik va mavsumiylik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2026-yil 24-iyundagi 02-17/6470 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu turistik kartalar va marshrutlar Jizzax viloyati “Turizm boshqarmasi” amaliyotiga joriy etilib, turistlar oqimini samarali boshqarish imkoniyatini bergan.