Rustamov Voxidjon Arashovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (bojxona xizmati misolida)”. 08.00.13 – “Menejment (iqtisodiyot fanlari)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5571
Ilmiy rahbar: Karimjanova Munavvar Ibragimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.1.07.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Muzaffar Abdumalik o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, v. b. professor; Baxtiyorov Bobur Bahodir o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga (bojxona xizmati organlari misolida) oid ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bojxona organlari faoliyatida “bojxona organlari xodimi” tushunchasining mazmuni mas’uliyat darajasi mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini tavsiflovchi bojxonaga oid normativ-huquqiy hujjatlarda to‘g‘ri qo‘llash yo‘nalishiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bojxona organlarining tashkiliy tuzilmalari ish hajmi nisbatan kam bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari hamda yuqori ish hajmida faoliyat olib borayotgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazi, chegara bojxona postlarining shtat birliklarini optimallashtirish orqali inson resurslari samaradorligini oshirish asoslantirilgan;
inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bojxona organlari tuzilmasini barqaror rivojlanish konseptual modeliga asoslanuvchi kreativ, aqliy va emotsional intellekt xususiyatlariga ustuvorlik bergan holda nomzodlarni tanlash va qabul qilishda sun’iy intellektni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bojxona organlari tomonidan ishlab chiqilgan “Bojxona xodimi” axborot tizimi orqali xodimlarning ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, ularni mutaxassisligi
va malakasiga mos lavozimlarga tayinlash, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish
hamda yuqori lavozimlar uchun kadrlar zaxirasini yaratishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsion, raqamli va shaffof boshqaruv usullarini joriy etish taklifi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini
bojxona organlari misolida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“bojxona organlari xodimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mas’uliyat darajasi, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash manfaatlarini tavsiflovchi (qasamyodiga sodiq bo‘lish, xalq hamda davlat manfaatlariga xizmat qilish) inson resurslarini boshqarishning amaliy yo‘nalishlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarorining 2-ilovasida o‘z aksini topgan hamda Bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 29-oktyabrdagi 3/04-25-01301-sonli ma’lumotnomasi, Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 1-3-116-sonli dalolatnomasi). Natijada bojxonaga oid qonunchilik va idoraviy hujjatlar normalarini ishlab chiqishda “bojxona organlari xodimi” tushunchasining to‘g‘ri qo‘llanilishi bojxona tizimida boshqaruvning amaliy va qonuniy jihatlarini aniqlash hamda boshqaruv bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan;
bojxona xizmati organlarining tashkiliy tuzilmalari ish hajmi nisbatan kam bo‘lgan 25 ta bojxona postlarini tugatish va ularning shtat birliklarini yuqori ish hajmida faoliyat olib borayotgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazi va chegara bojxona postlariga o‘tkazish orqali xodimlarning ish yuklamasini maqbullashtirish va inson resurslari samaradorligini oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarorining 6-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 29-oktyabrdagi 3/04-25-01300-sonli ma’lumotnomasi, Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 29-oktyabrdagi 1-3-117-sonli dalolatnomasi). Natijada inson resurslarini boshqarishning tashkiliy mexanizmi bojxona organlari tizimida shtatlarni qayta taqsimlash orqali 25 ta rahbarlik lavozimlari va bir-birini takrorlaydigan 37 ta lavozimlarni ijrochi lavozimga o‘zgartirish orqali postlarda inson resurslari faoliyati samaradorligi 1,2 baravarga ortgan va byudjet va Bojxona qo‘mitasining byudjetdan tashqari jamg‘armasidan sarflanadigan xarajatlarni 3,4%ga maqbullashtirishga erishilgan;
inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bojxona xizmati organlari tuzilmasini barqaror rivojlanish konseptual modeliga asoslanuvchi (kreativ, aqliy va emotsional intellekt) xususiyatlarga ega nomzodlarni tanlash va qabul qilishda sun’iy intellektni qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bobi va Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 15-avgustdagi “Bojxona organlari xizmatiga nomzodlarni tanlash, saralash va qabul qilish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 184-sonli buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 29-oktyabrdagi 3/04-25-01301-sonli ma’lumotnomasi, Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 22-oktyabrdagi 1-3-116-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi bojxona xizmati organlari tizimiga nomzodlarni tanlash va qabul qilishda ularga tegishli yoshi, jinsi, ma’lumoti, harbiy xizmatda bo‘lganligi, sudlanmaganligiga oid shaffof ma’lumotlarni olishda sun’iy intellektdan foydalanish orqali vaqt va xarajatlarni 90 kundan 30 kunga qisqartirish asosida kadrlarni tanlashning sifati va samaradorligi 3 barobarga ortishiga erishilgan;
bojxona ma’muriyatchiligini va uning tashkiliy tuzilmasini barqaror rivojlanish konseptual modeliga asoslangan xodimlarni ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, ularni mutaxassisligi va malakasiga mos lavozimlarga tayinlash hamda kadrlar zaxirasini yaratishni o‘z ichiga olgan “Bojxona xodimi” axborot tizimi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son Farmonining 2-ilovasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 29-oktyabrdagi 3/04-25-01300-sonli ma’lumotnomasi, Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 29-oktyabrdagi 1-3-117-sonli dalolatnomasi). Natijada bojxona organlarida xizmat qilayotgan 5000 dan ortiq xodimlarning elektron ma’lumotlarini yaratishning strategik rejalarini aniqlash va muvofiqlik darajasini belgilash, axborot tizimini ishlab chiqish hamda byurokratik to‘siqlar
va qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali inson resurslarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirilgan hamda ushbu tizimni 15 dan ortiq axborot tizimlariga integratsiya qilish asosida kadrlar xizmati xodimlari xizmat faoliyati samaradorligini 3 barobarga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish