Jo‘raev Tojiddin Xayrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika ishchi qismlarini geometrik modellashtirish», 05.01.01–Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T347.
Ilmiy rahbar: Murodov Nusrat Murtazoevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakim Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Sindarov Raxmat Uralovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikasi ishchi qismlarini yaratishda geometrik modellashtirish, kompyuterli loyihalash va sanoat dizaynini qo‘llash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika ishchi qismlarini oldindan berilgan talablar bo‘yicha geometrik modellashtirishning innovatsion xususiyati, jihatlari va parametrlari asoslangan;
asoslangan geometrik modellashtirish parametrlari bo‘yicha ag‘dargich ishchi sirtining old konturi, yo‘naltiruvchisi va yasovchilarining geometrik modellari ishlab chiqilgan;
ag‘dargich ishchi sirti elementlarining geometrik modellari asosida ularning statik va dinamik xususiyatga ega kompyuterli modellari ishlab chiqilgan;
texnik-texnologik xususiyatlar asosida geometrik kombinatsiyalashgan ishchi sirtli ag‘dargichning konseptual modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika ishchi qismlarini geometrik modellashtirish, kompyuterli loyihalash va sanoat dizaynini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va usullar asosida:
qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika ishchi qismlarini asoslangan modellashtirish parametrlari bo‘yicha geometrik modellashtirish va kompyuterli loyihalash usullari Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti va “BMKB-Agromash” aksiyadorlik jamiyati ilmiy tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 02/022-925-son ma’lumotnomasi). Natijada ag‘dargich turidagi qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnika ishchi qismlarni sintetik usullar asosida loyihalash va takomillashtirish imkonini bergan;
asoslangan geometrik modellashtirish parametrlari bo‘yicha ag‘dargich ishchi sirtining old konturi, yo‘naltiruvchisi va yasovchilarining geometrik modellari hamda statik va dinamik xususiyatga ega kompyuterli modellari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘quv jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 avgustdagi 89-03-3090-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘iga asosan 531-035 qayd raqamli “Muhandislik grafikasi” o‘quv qo‘llanmasiga nashr ruxsatnomasi). Natijada murakkab texnik sirtlarni geometrik modellashtirish usullarini chuqur o‘zlashtirish, bu jarayonni vizualizatsiyalash va shu asosda muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish imkonini bergan;
texnik-texnologik xususiyatlar asosida ishlab chiqilgan geometrik kombinatsiyalashgan ishchi sirtli ag‘dargichning konseptual modeli uchun Intellektual mulk agentligidan foydali modelga patent olingan (“Plug korpusi”, №FAP00897-2014). Natijada murakkab texnik sirtli ishchi qismlarni geometrik modellashtirish, loyiha ishlarini osonlashtirish, uning muddatlarini qisqartirish va sifatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish