Eliboeva Zarnigor Normuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ertak janri evolusiyasi va uning XX asrdagi transformatsiyasi (ingliz va o‘zbek ertaklari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5839.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Hotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Botirova Shahlo Isamiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ertak janrining genezisi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini aniqlash hamda XX asr adabiyotidagi badiiy-estetik transformatsiyasini tizimli va kompleks tahlil qilish, janrlararo integratsiya natijasida yuzaga kelgan yangi shakl va modifikatsiyalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ertak janrining genezisi mifologik tafakkur, ibtidoiy e’tiqodlar va arxaik tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq holda qayta ko‘rib chiqilib, ertaklardagi bir motivga asoslangan syujet qurilishi, obrazlar tizimi va g‘oyaviy yo‘nalishi asosida motivlarning tarixiy barqarorligi va zamonaviy transformatsiyasi ochib berilgan;
og‘zaki ertaklarning yozma adabiyotga o‘tish jarayoni faqat folklorshunoslik doirasida emas, balki adabiy jarayon va estetik tafakkur evolyusiyasi bilan uzviy bog‘liqligi Sharq adabiyotining yirik vakillari Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, G‘arb adabiyotida esa Jeyms Terber, Anjela Karter, Lyuis Kerroll, Alan Miln, Oskar Uayld singari ijodkorlar asarlari misolida isbotlangan;
hikoya, qissa va roman janrlarida ertak elementlarining integratsiyasi janrlararo sintez hodisasi sifatida ochib berilib, ertak poetikasining nasriy janrlarga singish mexanizmlari hamda ertak janrining XX asrdagi transformatsiyasi natijasida hikoya-ertak, qissa ertak, ertak-roman kabi yangi badiiy modellar yuzaga kelganligi asoslangan;
she’riy ertaklar va doston-ertaklar alohida janr sifatida tadqiq etilib, ularning poetik tuzilishi, badiiy funksiyasi va adabiy jarayondagi o‘rni Qudrat Hikmat, Zafar Diyor, Hamid Olimjon, Uilyam Bleyk, Alan Miln, J.R.R.Tolkien asarlari misolida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ertak janri evolyusiyasi va uning XX asrdagi transformatsiyasini ingliz va o‘zbek adabiyoti misolida qiyosiy tahlilini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
og‘zaki ertaklarning yozma adabiyotga o‘tish jarayoni faqat folklorshunoslik doirasida emas, balki adabiy jarayon va estetik tafakkur evolyusiyasi bilan uzviy bog‘liqligi Sharq adabiyotining yirik vakillari Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, G‘arb adabiyotida esa Jeyms Terber, Anjela Karter, Lyuis Kerroll, Alan Miln, Oskar Uayld singari ijodkorlar asarlari misolida isbotlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekistondagi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2021-2024-yillar uchun mo‘ljallangan O‘A-21-24-raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy tili va aloqalari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2025-yil 19-dekabrdagi № 48-4/AZE son ma’lumotnomasi). Natijada ertak janrining taraqqiyot bilan hamnafaslikda taraqqiy etishi borasiga oid materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan;
ertak janrining genezisi mifologik tafakkur, ibtidoiy e’tiqodlar va arxaik tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq holda qayta ko‘rib chiqilib, ertaklardagi bir motivga asoslangan syujet qurilishi, obrazlar tizimi va g‘oyaviy yo‘nalishi asosida motivlarning tarixiy barqarorligi va zamonaviy transformatsiyasi ochib berilgan o‘rinlaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-son xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80020GR0039-raqamli “English Access Microscholarship Program” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2026-yil 17-martdagi 1015/02-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek ertaklari xalq og‘zaki ijodining bir bo‘lagi ekanligi, axloqiy xususiyatlarga moyilligi, global tarbiyaga ta’sir etishi bilan boyitilgan;
hikoya, qissa va roman janrlarida ertak elementlarining integratsiyasi janrlararo sintez hodisasi sifatida ochib berilib, ertak poetikasining nasriy janrlarga singish mexanizmlari hamda ertak janrining XX asrdagi transformatsiyasi natijasida hikoya-ertak, qissa ertak, ertak-roman kabi yangi badiiy modellar yuzaga kelganligi asoslangan xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023- 2025-yillarda bajarilgan IL-27-4722022413-son “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 5-maydagi 11-25/305-son ma’lumotnomasi). Natijada ertaklarning transformatsion talqini zamonaviy adabiyotning asosini tashkil etayotganligi xususidagi qarashlar ilmiy-nazariy jihatdan chuqur izohlash imkonini bergan;
she’riy ertaklar va doston-ertaklar alohida janr sifatida tadqiq etilib, ularning poetik tuzilishi, badiiy funksiyasi va adabiy jarayondagi o‘rni Qudrat Hikmat, Zafar Diyor, Hamid Olimjon, Uilyam Bleyk, Alan Miln, J.R.R.Tolkien asarlari misolida ochib berilgan o‘rinlaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” adabiy to‘garagi faoliyatida adabiy kechalarda yosh ijodkorlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2026-yil 5-iyundagi 01-03/255-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘garak ishtirokchilarining badiiy adabiyot, xususan, ertak janri transformatsiyasi to‘g‘risidagi bilimlarining oshishiga erishilgan.