Amanova Yulduz Xurramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy adabiyotda urush odamlari psixologiyasining epik talqini (Erix Mariya Remark ijodi va o‘zbek adabiyoti misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3126.
Ilmiy rahbar: G‘aniev Ilhom Muzafarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: Turaev Damin Turaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Anvar Botirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi urush vahshati va insoniyat fojiasi sharoitida yuzaga kelgan ruhiy o‘zgarishlar, badiiy psixologizm metodlari, epik talqin hamda insoniyat taqdiri masalalarini Erix Mariya Remark va o‘zbek yozuvchilari asarlarini o‘zaro qiyoslash orqali ilmiy tadqiq etish, qolaversa, harbiy nasrning insonparvarlik mohiyatini hamda ma’naviy-ijtimoiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotshunosligida urush mavzusidagi nasr va inson ruhiyati tasviri (badiiy psixologizm)ning nazariy-metodologik asoslari hamda Erix Mariya Remark estetikasidagi "yo‘qotilgan avlod" konseptining shaxs fojiasini ifodalashdagi estetik-funksional tabiati qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganilib, mazkur adabiy hodisalarning janriy-strukturaviy xususiyatlari va badiiy tizimdagi o‘rni dalillangan;
nemis adibi E.M. Remark asarlarida urush odamlari ruhiyatining shakllanish dinamikasini ta’minlovchi ma’naviy-psixologik omillar roli, qahramonlar ichki olamidagi evrilishlarning "shafqatsiz realizm" va "epik tasvir" vositalari orqali voqelanishi hamda ekzistensial inqiroz in’ikosining badiiy usullari asoslangan;
o‘zbek adabiyoti vakillari Oybek, Said Ahmad, Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov, Nazar Eshonqul, Qo‘chqor Norqobil, Nabi Jaloliddin, Abdurashid Nurmurodov nasri misolida urush fojiasi hamda inson ruhiyati talqinining milliy va umumjahoniy muammolarni falsafiy-ruhiy kontekstda ifodalash imkoniyatlari ko‘rsatilib, zamonaviy o‘zbek epik tafakkurida inson shaxsiyati, front va frontorti qismati bilan bog‘liq masalalarning badiiy talqini isbotlangan;
nemis va o‘zbek nasri namunalarida urush mavzusidagi obrazlar tizimini yaratishda aks etgan g‘oyaviy-psixologik yondashuvlar mutanosibligi, inson ruhiyatidagi milliy hamda universal kodlarning personajlar xarakterini ochishdagi hamda asarning yaxlit badiiy g‘oyasini shakllantirishdagi g‘oyaviy-estetik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. E.M. Remark ijodi va o‘zbek adabiyotida urush qatnashchilari psixologiyasining epik talqini bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalar va materiallardan:
jahon adabiyotshunosligida urush mavzusidagi nasr va inson ruhiyati tasviri (badiiy psixologizm)ning nazariy-metodologik asoslari hamda Erix Mariya Remark estetikasidagi "yo‘qotilgan avlod" konseptining shaxs fojiasini ifodalashdagi estetik-funksional tabiati qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganilib, mazkur adabiy hodisalarning janriy-strukturaviy xususiyatlari va badiiy tizimdagi o‘rni davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PZ-2020042022 – “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 28-yanvardagi № 01/04-1223-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar loyiha ilmiy xulosalarini boyitishga xizmat qilgan;
nemis adibi E.M. Remark asarlarida urush odamlari ruhiyatining shakllanish dinamikasini ta’minlovchi ma’naviy-psixologik omillar roli, qahramonlar ichki olamidagi evrilishlarning “shafqatsiz realizm” va “epik tasvir” vositalari orqali voqelanishi hamda ekzistensial inqiroz in’ikosining badiiy usullari kabi ma’lumotlar “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER- hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida 2020-2021-yillar davomida amalga oshirilgan 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning jahon adabiyoti an’analari va badiiy mahorat tamoyillari haqidagi bilimlari tizimlashtirilishiga erishilgan.
E.M.Remark asarlaridagi urush vaxshati, shaxs fojiasi va inson ruhiyati tasviriga doir tahliliy materiallar hamda ilmiy xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining adabiy-badiiy ko‘rsatuvlari ssenariylarini boyitishda foydalanilgan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradio-kanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil yanvar oyi ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar mazmuni ilmiy dalillar bilan mukammallashib, tomoshabinlarning jahon va milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilgan.