Xoldorov Sharof G‘ulom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “14-15 yoshdagi gandbolchilarni tezkor-kuch tayyorgarligini differensial yondoshuv asosida takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6798.
Ilmiy rahbar: Xolboeva Gulhayo Xolbaevna, redagogika fanlari doktori (DSc) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Dilnoza Negmatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc) professor; Farmonov O‘tkir Alimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh gandbolchilarning tezkor-kuch sifati tayyorgarligi samaradorligini “differenssial yondashuv”ni qo’llash asosida oshiruvchi uslub hamda vositalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
14-15 yoshli gandbolchilarning himoya o‘yinchilarining bir yillik tayyorgarlik siklida tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish uchun “farqlangan bloklar”, old chiziq va orqa-oldinga qaratilgan maxsus mashqlar, shuningdek “to‘lqinsimon” va qisqa segmentlarda yugurish uslublari jamlangan onlayn platformani qo‘llash yordamida protsessual vizual signallar va ishoralardan foydalanish orqali mashg‘ulot samaradorligi intensiv takomillashtirilgan;
yosh gandbolchilarda tezkor-kuch ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida differensial yondashuv asosida har bir sportchining individual imkoniyatlari va tiklanish darajasi hisobga olingan maxsus dinamik stretching va start kuchi mashqlari majmuasi vositasida mashg‘ulotlarda yuqori tezlik va portlovchanlikni uyg‘unlashtirish orqali o‘yin samaradorligi oshirilgan;
14-15 yoshli gandbolchilar mashg‘ulot jarayonida kombinatsion o‘yin va koordinatsion mashqlar majmuasi qo‘llanilib, qaror qabul qilish tezligi va o‘yin davomida reaktiv harakat aniqligi rivojlantirish natijasida o‘yinli-mashqlar sportchilarning motivatsiyasini oshirib, mashg‘ulot samaradorligini sezilarli darajada kengaytirilgan;
gandbolchilarni mashg‘ulot jarayonida (umumiy kaloriya sarfi, (Yu.Q.S.) harakatlanish tezligi) real vaqt rejimida nazorat qilish, (ichki va tashqi yuklamalarni) individual darajalarini aniqlashtirish, tiklanish jarayonlarini kuzatish imkoniyatlarini ta’minlashga imkon beruvchi “14-15 yoshli ganbolchilarning mashg‘ulotida “Firsbeat” uskunasini qo‘llash metodikasi” ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
yosh gandbolchilarni tezkor kuch sifatlarini rivojlantirishning maxsus aylanma modeli orqali, to‘ldirma to‘pdan foydalanishning texnik elementlarning assimilyasiyasi komplekslari 3 dan 40 m gasha bo‘lgan segmentlarda turli rozisiyalar (yuz, yon va orqa platformalari) simillarlari (yuz, yon va orqa platformalari) ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3607-son ma’lumotnomasi). Natijada shug‘ullanuvchilarning maxus jismoniy tayyorgarlik, tezkor kuch sifatiga nisbati ko‘rsatkichlari 19% ga oshgan;
bir yillik sikl doirasida 14-15 yoshdagi gandbolchilarning tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish va srort tayyorgarligining umumiy jihatlarini vizulal signal jerklar (zigzag, yuz va orqa oldinga, mokisimon, qisqa segmentlarga yugurish) mashqlar mashg‘ulot jarayonida tashkil etilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3607-son ma’lumotnomasi). Natijada shug‘ullanuvchilarning musobaqa oldi maxsus tayyorgarligi 12-14% ga oshirilgan;
yosh gandbolchilarni mashg‘ulot jarayonida umumiy kaloriya sarfini va yurak qisqarish (Yu.Q.S.) harakatlanish tezligi ko‘rsatgichlarini “Firsbeat” dasturi yordamida real vaqt rejimida baholash asosida mashqlarni turli shiddat zonalarida bajarishga yunaltirilgan, vositalarini qo‘llash hisobiga mashg‘ulot jarayonida tashkil qilingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025 yil 11 apreldagi 02-16/3607-son ma’lumotnomasi). Natijada shug‘ullanuvchilarning musobaqa oldi maxsus tayyorgarligi oshirilgan;
yosh gandbolchilarni tayyorlashning yillik siklida ishlab chiqilgan tezkor-kuch vositalarini taqsimlash rejasi asosida “differenssial yondashuv” metodidan foydalanish 14-15 yoshdagi gandbolchilarning tezkor-kuch xarakteridagi ko‘rsatkichlar “Adaptiv jismoniy tarbiya ” jismoniy tarbiya va srort yo‘nalishi bo‘yicha o’quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 6 noyabirdagi 0011A/2024-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshli gandbolchilarda funksional ko‘rsatkichlar 5,32% ga rivojlanganligi kuzatilgan.