Sanaeva Surayyo Bobonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped116.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Meliev Hamid Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish bosqichlari (motivatsion-emotsional, kognitiv, faoliyatli-qadriyatli) hamda intellektual, irodaviy va emotsional tarkibiy asoslarining natijaviylik ko‘rsatkichlari (mustaqil faoliyatga tashabbus uyg‘otish va qo‘llab-quvvatlash) barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari refleksiv omillarning (ilmiy-pedagogik, didaktik, texnologik, diagnostik va metodik) metodik kompetentlik bilan vertikal va gorizontal integratsiyalashuvining organik aloqadorligi asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashning axborot-metodik ta’minoti ommaviy (fleshmoblar, bayramlar, aksiyalar), jamoaviy (klublar kuni, turnirlar, vorkshoplar), individual (mashq, tashabbus ko‘rsatish, taqdimotlar) faoliyat shakllarini interaktiv modellashtirish bilan qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini baholash mezonlari (tayanch, asosiy, mahsuldorlik) tarbiyaviy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlili, individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini kasbiy moslashuvning formal dinamik tuzilmasi bilan individual-tipologik adekvatligini empirik baholash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish bosqichlari (motivatsion-emotsional, kognitiv, faoliyatli-qadriyatli) hamda intellektual, irodaviy va emotsional tarkibiy asoslarini aniqlashtirishga doir takliflardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya, 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 89-03-287-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash-tirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning axborot-metodik ta’minotini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi uchun “Pedagogik aksiologiyadan xrestomatiya” o‘quv qo‘llanmasini (№335-064) ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 89-03-287-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyaviy qadriyatlar tizimi asosida bo‘lajak pedagoglarda qadriyatga yo‘nalganlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish darajasini baholash mezonlarini aniqlashtirish, tarbiyaviy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlili, individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini kasbiy moslashuvning formal dinamik tuzilmasi bilan individual-tipologik adekvatligini empirik baholashga doir tavsiyalardan OT-F1-36 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 yanvardagi 89-03-287-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarni tarbiyaviy ishlar samaradorligini baholash kompetentliligini rivojlantirishga erishilgan.