Jilonova Asalxon Nig‘matillo qizining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gipotireoz bilan endokrin bepushtlik bo‘lgan ayollarni tashxislash hamda ekstrakorporal urug‘lantirishdan oldin va keyin olib borish usullari” 14.00.03 – Endokrinologiya va 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1 PhD/Tib4222
Ilmiy rahbarlar: Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori dotsent; Shodieva Xurshida Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib 01.02. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Narimova Gul`chexra Djumaniyazovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gipotireoz bilan kasallangan endokrin bepushtligi bo‘lgan ayollarda qalqonsimon bezning funksional holati, tuxumdon zaxirasi ko‘rsatkichlari va immun yallig‘lanish omillarining ekstrakorporal urug‘lantirish (EKU) dasturlari samaradorligiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireozda tuxumdonlar zaxirasining 1,8 baravar pasayishi va surunkali anovulyasiya rivojlanishi, autoimmun tireoidit mavjudligida esa reproduktiv disfunksiyaning kuchayishi va EKU samaradorligining 1,5 baravar pasayishi, shuningdek, TTG kompensatsiyasidan keyin ingibin V embrion implantatsiyasining ahamiyatli prediktori ekanligi asoslangan;
gipotireozli ayollarda IL-6/IL-10 indeksining 4,5 baravar oshishi blastulyasiya va implantatsiya ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liqligi hamda levotiroksin bilan tireoid holat kompensatsiya qilinganidan keyin ham immun-yallig‘lanish nomutanosibligining saqlanishi reproduktiv muvaffaqiyatsizlik omili ekanligi isbotlangan;
tireoid patologiyasida EKU muvaffaqiyatsizligining mustaqil prediktorlari sifatida autoimmun tireoidit (OR=2,4) va anamnezda ikki va undan ortiq muvaffaqiyatsiz EKU urinishlari (OR=2,7) aniqlanib, autoimmun komponentsiz kompensatsiyalangan gipotireozning YoRT natijalariga mustaqil statistik ta’sir ko‘rsatmasligi asoslangan;
gipotireozli ayollarni EKUga tayyorlash va keyingi kuzatishda TTG, prolaktin, IL-6/IL-10 indeksi va AMG ko‘rsatkichlariga asoslangan tabaqalashtirilgan klinik-endokrinologik algoritm ishlab chiqilib, uni qo‘llashning homiladorlikka erishish imkoniyatini oshirishdagi klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gipotireoz bilan endokrin bepushtlik bo‘lgan ayollarni tashxislash hamda ekstrakorporal urug‘lantirishdan oldin va keyin olib borish usullarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. gipotireozda tuxumdonlar zaxirasining 1,8 baravar pasayishi va surunkali anovulyasiya rivojlanishi, autoimmun tireoidit mavjudligida esa reproduktiv disfunksiyaning kuchayishi va EKU samaradorligining 1,5 baravar pasayishi, shuningdek, TTG kompensatsiyasidan keyin ingibin V embrion implantatsiyasining ahamiyatli prediktori ekanligi asoslanganligi Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 20.12.2025 yildagi 89-sonli buyrug‘i, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filialining 23.12.2025 yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 18 avgustdagi X22-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik reproduktiv salohiyatni bashorat qilish aniqligini oshirish va eng samarali davolash strategiyasini o‘z vaqtida tanlashdan iborat. Iqtisodiy samaradorlik: gipotireozli ayollarda tuxumdonlar zaxirasi, autoimmun tireoidit va ingibin V ko‘rsatkichlarini EKUdan oldin baholash asosida reproduktiv xavf guruhlarini erta aniqlash, samarasiz EKU urinishlarini kamaytirish, bemorlarni maqsadli tayyorlash va kuzatish imkoni yaratilib, ortiqcha laborator-instrumental tekshiruvlar hamda takroriy YoRT muolajalariga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish asoslangan. Xulosa: gipotireoz bilan og‘rigan ayollarda tuxumdonlar zaxirasini kompleks baholash reproduktiv davolash samaradorligini oshirish va bemor uchun mablag‘larni iqtisod qilish imkonini beradi.
Ikkinchi ilmiy yangilik. gipotireozli ayollarda IL-6/IL-10 indeksining 4,5 baravar oshishi blastulyasiya va implantatsiya ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liqligi hamda levotiroksin bilan tireoid holat kompensatsiya qilinganidan keyin ham immun-yallig‘lanish nomutanosibligining saqlanishi reproduktiv muvaffaqiyatsizlik omili ekanligi isbotlanganligi Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 20.12.2025 yildagi 89-sonli buyrug‘i, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filialining 23.12.2025 yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 18 avgustdagi X22-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorlik immun-yallig‘lanish buzilishlarini erta aniqlash va patogenetik asoslangan tuzatishni amalga oshirish imkoniyatidan iborat bo‘lib, bu EKUning natijasiz sikllari sonini kamaytiradi va takroriy davolash urinishlari bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik IL-6/IL-10 indeksini baholash orqali reproduktiv xavfni erta prognozlash samarasiz EKU urinishlari va ortiqcha davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Xulosa: gipotireozli ayollarda immun-yallig‘lanish muvozanatining buzilishi EKU samaradorligini pasaytiruvchi muhim omil bo‘lib, IL-6/IL-10 indeksi reproduktiv natijalarni prognozlashda ahamiyatli marker sifatida baholanishi mumkin.
Uchinchi ilmiy yangilik: tireoid patologiyasida EKU muvaffaqiyatsizligining mustaqil prediktorlari sifatida autoimmun tireoidit (OR=2,4) va anamnezda ikki va undan ortiq muvaffaqiyatsiz EKU urinishlari (OR=2,7) aniqlanib, autoimmun komponentsiz kompensatsiyalangan gipotireozning YoRT natijalariga mustaqil statistik ta’sir ko‘rsatmasligi asoslanganligi Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 20.12.2025 yildagi 89-sonli buyrug‘i, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filialining 23.12.2025 yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 18 avgustdagi X22-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi shundaki, EKU samarasizligi bo‘yicha yuqori xavf guruhidagi bemorlarni erta aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lib, bu o‘z vaqtida individuallashtirilgan pregravidar tayyorgarlikni o‘tkazish, o‘rinbosar terapiya sxemalarini optimallashtirish va klinik homiladorlik sonini oshirish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuvni qo‘llash takroriy muvaffaqiyatsiz EKU urinishlarini kamaytirishga, reproduktiv yo‘qotishlarni kamaytirishga va bemorlarning ruhiy-hissiy holatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: EKU muvaffaqiyatsizligining mustaqil prediktorlarini aniqlash orqali yuqori xavfli bemorlarni oldindan saralash va autoimmun komponentsiz kompensatsiyalangan gipotireozda ortiqcha tekshiruv hamda davolash choralarini cheklash takroriy EKU urinishlari va asossiz tibbiy xarajatlarni kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Xulosa: autoimmun tireoidit va anamnezda takroriy muvaffaqiyatsiz EKU urinishlari tireoid patologiyasida reproduktiv muvaffaqiyatsizlikning asosiy mustaqil prediktorlari bo‘lib, autoimmun komponentsiz kompensatsiyalangan gipotireoz YoRT natijalariga mustaqil salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. gipotireozli ayollarni EKUga tayyorlash va keyingi kuzatishda TTG, prolaktin, IL-6/IL-10 indeksi va AMG ko‘rsatkichlariga asoslangan tabaqalashtirilgan klinik-endokrinologik algoritm ishlab chiqilib, uni qo‘llashning homiladorlikka erishish imkoniyatini oshirishdagi klinik samaradorligi asoslanganligi Toshkent shahar 5-tug‘ruq majmuasining 20.12.2025 yildagi 89-sonli buyrug‘i, Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Samarqand viloyati filialining 23.12.2025 yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 18 avgustdagi X22-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi gipotireoz bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, pregravidar tayyorgarlik samaradorligini yaxshilash va homiladorlikning erta bosqichlarida asoratlar xavfini kamaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorlik TTG, prolaktin, IL-6/IL-10 indeksi va AMG ko‘rsatkichlariga asoslangan tabaqalashtirilgan algoritmni qo‘llash orqali EKUga bemorlarni maqsadli tayyorlash, ortiqcha tekshiruv va samarasiz takroriy urinishlarni kamaytirish hisobiga tibbiy xarajatlarni qisqartirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyati ta’minlanadi. Xulosa: TTG, prolaktin, IL-6/IL-10 indeksi va AMG ko‘rsatkichlariga asoslangan tabaqalashtirilgan klinik-endokrinologik algoritm gipotireozli ayollarni EKUga maqsadli tayyorlash va kuzatishni takomillashtirib, homiladorlikka erishish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish