Abdikadirova Tursinay Shamshetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Orol bo‘yi zonasida yashovchi aholida amiodaron tomonidan indusiyalangan tireotoksikoz va gipotireozning klinik xususiyatlari» 14.00.03 – “Endokrinologiya” va 14.00.06 – “Kardiologiya” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3732
Ilmiy rahbarlar: Nasirova Xurshidaxon Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Trigulova Raisa Xusaynovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bekmetova Feruza Matsapaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholida, yurak ritmi buzilishlari bo‘lganda amiodaron bilan chakirilgan tireotoksikoz va gipotireoz xavfida klinik-diagnostik algoritmini ishlab chiqish va medikamentoz korreksiya tamoyilini asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tireotrop gormon (TTG) darajasi bilan chap qorinchaning qon otish fraksiyasi (QOF) o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli o‘rtacha kuchli manfiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi aniqlanib (r = −0,58; p < 0,001), TTG darajasining oshishi chap qorincha sistolik funksiyasi va miokard qisqaruvchanlik qobiliyatining pasayishi bilan assotsiatsiyalanishi isbotlangan hamda tireoid disfunksiyaning miokard sistolik faoliyati buzilishidagi klinik-patogenetik ahamiyati asoslangan;
amiodaron-indusiyalangan gipotireozda miokard elektr beqarorligining kuchayishi qorincha ekstrasistoliyalari chastotasining ortishi bilan assotsiatsiyalanishi aniqlanib, amiodaron qabul qilayotgan yurak ritmi buzilishlari mavjud bemorlarda tireoid disfunksiya bilan bog‘liq aritmik xavfni erta baholash va stratifikatsiya qilishning klinik ahamiyati asoslangan;
amiodaron terapiyasi fonida tireoid disfunksiya rivojlanish ehtimolini baholashga qaratilgan prognostik model` ishlab chiqilib, uning yuqori diskriminatsion qobiliyati (ROC-tahlil bo‘yicha AUC = 0,82) isbotlangan, natijada tireoid disfunksiya rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta identifikatsiya qilish, xavf guruhlariga ajratish hamda individual klinik-laborator va instrumental monitoring taktikasini belgilash imkoniyati asoslangan;
amiodaron-indusiyalangan tireopatiyalari bo‘lgan bemorlarda tireoid disfunksiyani medikamentoz korreksiyalash jarayonida SF-36 so‘rovnomasi bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichlarining dinamikasi aniqlanib, tireoid holatni maqsadli korreksiyalash bemorlarning jismoniy va ruhiy salomatlik komponentlari hamda umumiy hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi bilan bog‘liqligi klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholida AIT va gipotireozning klinik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: TTG darajasi va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli manfiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi (r = −0,58; p < 0,001), bu mazkur bemorlar guruhida tireoid holat va miokardning qisqarish faoliyatining pasayishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni isbotlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 26.09.2025 yildagi 93-sonli buyruq va Surxondaryo filiali 26.09.2025 yildagi 237-VI-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 16 fevraldagi №03/64-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu natijalarni amaliyotga joriy etish bemorlarda tireoid disfunksiyani erta aniqlash, yurakning sistolik funksiyasi pasayishini o‘z vaqtida baholash va individual davolash taktikasini belgilash va yurak etishmovchiligining og‘irlashishi va asoratlarini erta oldini olish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: TTG darajasi va chap qorincha QOF o‘rtasidagi aniqlangan korrelyasion bog‘liqlikdan klinik amaliyotda foydalanish yuqori xavfli bemorlarni erta saralash va maqsadli tekshiruvdan o‘tkazish imkonini beradi. Bu ortiqcha diagnostik va statsionar xarajatlarni kamaytirish, yurak etishmovchiligi dekompensatsiyasi va takroriy gospitalizatsiyalar sonini qisqartirish hisobiga tibbiy-iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Xulosa: TTG darajasi va chap qorincha qon otish fraksiyasi o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli manfiy korrelyasion bog‘liqlik aniqlanishi (r = −0,58; p < 0,001) tireoid disfunksiyaning miokard sistolik funksiyasi pasayishi bilan bog‘liqligini asoslab, TTGni yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xavfni erta baholashning qo‘shimcha laborator markeri sifatida qo‘llash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: amiodaron-indusiyalangan gipotireozda miokardning elektr beqarorligi ortishi va uning qorincha ekstrasistoliyasi chastotasining ko‘payishi bilan bog‘liqligi aniqlanib, amiodaron terapiyasi olayotgan bemorlarda tireoid disfunksiya va aritmik xavfni erta aniqlash hamda stratifikatsiya qilishning klinik ahamiyati asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 26.09.2025 yildagi 93-sonli buyruq va Surxondaryo filiali 26.09.2025 yildagi 237-VI-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 16 fevraldagi №03/64-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Amiodaron-indusiyalangan gipotireozda miokard elektr beqarorligining kuchayishi va qorincha ekstrasistoliyasi chastotasining ortishi aniqlangani bemorlarni erta xavf stratifikatsiya qilish imkonini beradi. Amiodaron qabul qilayotgan bemorlarda tireoid funksiya va yurak ritmini muntazam nazorat qilish orqali . Iqtisodiy samaradorligi: Ushbu yondashuv amiodaron terapiyasi olayotgan bemorlarni maqsadli monitoring qilish va aritmik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Bu og‘ir aritmiyalar, shoshilinch gospitalizatsiyalar va uzoq muddatli statsionar davolanish ehtimolini kamaytirish orqali tibbiy xarajatlarni optimallashtirishga xizmat qiladi. Xulosa: Amiodaron-indusiyalangan gipotireoz miokardning elektr beqarorligi ortishi va qorincha ekstrasistoliyasi chastotasining ko‘payishi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Bu natija amiodaron terapiyasi olayotgan bemorlarda tireoid funksiya va yurak ritmini kompleks monitoring qilish, gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash hamda aritmik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta saralash muhimligini ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: amiodaron terapiyasi fonida tireoid faoliyat buzilishlari rivojlanish xavfini tabaqalashtirishning prognostik modeli shakllantirilib, uning klinik-pragnostik qiymati yuqori ekanligi aniqlandi (AUC = 0,82), bu tireoid disfunksiya rivojlanishi ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarni erta identifikatsiya qilish hamda yurak ritmi buzilishlari mavjud bemorlarda individual monitoring va kompleks klinik-diagnostik kuzatuv taktikasini belgilash imkoni asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 26.09.2025 yildagi 93-sonli buyruq va Surxondaryo filiali 26.09.2025 yildagi 237-VI-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 16 fevraldagi №03/64-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Amiodaron terapiyasi fonida tireoid faoliyat buzilishlari rivojlanish xavfini tabaqalashtirishga mo‘ljallangan prognostik modeldan foydalanish yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni erta identifikatsiya qilish, tireoid funksiyasi va yurak ritmi holatini maqsadli monitoring qilish hamda individual kuzatuv taktikasini belgilash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: Prognostik modeldan foydalanish amiodaron terapiyasi olayotgan bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha saralash va tibbiy-diagnostik resurslarni maqsadli yo‘naltirish imkonini beradi. Yuqori xavfli bemorlarni erta aniqlash va ularda profilaktik hamda diagnostik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish tireoid disfunksiya va aritmik asoratlarning oldini olish, shoshilinch tibbiy yordam va statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali tibbiy xarajatlarni optimallashtirishga xizmat qiladi. Xulosa: Prognostik modelning yuqori prognostik samaradorligi (AUC = 0,82) amiodaron terapiyasi fonida tireoid disfunksiya xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va individual monitoring taktikasini belgilash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Amiodaron-indusiyalangan tireopatiyalari bo‘lgan bemorlarda dori vositalari bilan korreksiyalash jarayonida SF-36 shkalasi bo‘yicha hayot sifati ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarish qonuniyatlari ilk bor aniqlanib, tireoid disfunksiyani korreksiyalashning bemorlarning jismoniy va ruhiy salomatlik holati hamda hayot sifatiga ijobiy ta’siri klinik jihatdan asoslanganligi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIETMning Korakalpogiston filiali 26.09.2025 yildagi 93-sonli buyruq va Surxondaryo filiali 26.09.2025 yildagi 237-VI-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026 yil 16 fevraldagi №03/64-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:Amiodaron-indusiyalangan tireopatiyalarni o‘z vaqtida aniqlash va dori vositalari bilan korreksiyalash bemorlarning jismoniy va ruhiy salomatlik komponentlarini yaxshilash, kundalik faolligini tiklash va hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Tireoid buzilishlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida korreksiyalash kasallikning asoratlanishi hamda bemorlarning funksional holati yomonlashishining oldini olish orqali ambulator kuzatuv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu statsionar davolanish, takroriy murojaatlar va vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini yaratadi. Xulosa: Amiodaron-indusiyalangan tireopatiyalarda dori vositalari bilan tireoid disfunksiyani o‘z vaqtida korreksiyalash SF-36 bemorlarning jismoniy va ruxiy holati va hayot sifatini yaxshilaydi.