Otaxonova Sevaraxon To‘lkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda salbiy xulq-atvorning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi” (Psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P124
Ilmiy rahbar: Safaev Nuritdin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2026.10.04.P.01.18
Rasmiy opponentlar: Jabborov Azim Meyliqulovich psixologiya fanlari doktori, professor; Muxtarov Otabek Shuxratjanovich psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘jarlik, qaysarlik va negativizm salbiy xulq-atvori namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlarini aniqlash va ularni tuzatish imkoniyatlarini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarda salbiy xulq-atvorning yuzaga kelishida oiladagi psixologik vaziyat, shaxslararo munosabatlar va xulq-atvor xususiyatlarida yosh va jinsga ko‘ra farqlanish, jumladan, o‘g‘il bolalarda faol-agressiv, qiz bolalarda esa majhul-sust munosabatlarning ustunligi, 4-5 yoshli bolalarda negativizmning 6-7 yoshli bolalarga nisbatan yuqoriligi aniqlanib, salbiy xulq-atvorning namoyon bo‘lishida bolaning yosh va jinsi bilan bog‘liq psixologik farqlar mavjudligi asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar negativizmining egotsentrizm, liderlikka intilish, yashirinlik, ehtiyotkorlik, intravertlik va uydagi himoyaga intilish bilan musbat hamda namoyishkorlik, ochiqlik, ekstravertlik va yolg‘izlik bilan manfiy bog‘liqligi, salbiy xulqli bolalarda ham jazoga, ham rag‘batga sezgirlikning musbat bog‘lanishi aniqlanib, negativizmning namoyon bo‘lishi bolaning individual-psixologik xususiyatlari va tarbiyaviy ta’sirlarga munosabati bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;
oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimi, xususan, ota va onaning farzandini qabul qilishi, o‘ta qabul qilishi (erkalatishi), ijtimoiy hamkorligi, avtoritar giperijtimoiylashuvi va kichik omadsiz munosabatlarining boladagi nizolashish, agressivlik va negativizm, shuningdek, o‘zini nomukammal baholash, o‘zini chetga tortish, xavotirlanish va oilada o‘zini noqulay his etish holatlari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlanib, onalarning nizoda raqobat xulq tipi bolalarda negativizm, o‘jarlik va qaysarlikning kuchayishi, hamkorlik va moslashuv xulq tiplari esa ularning susayishi bilan bog‘liqligi isbotlangan; mazkur natijalar salbiy xulq-atvorni psixodiagnostika qilish va psixokorreksion ishlarni tashkil etishda oiladagi shaxslararo munosabatlar hamda onalarning nizoli vaziyatlardagi xulq strategiyalarini hisobga olish zarurligini belgilagan;
bolalarda namoyon bo‘ladigan salbiy xulq-atvor xususiyatlarini susaytirishga onalarning psixologik ma’rifatini oshirish, bola bilan samarali muloqot va hamkorlikdagi faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali erishish mumkinligi “Salbiy xulqli maktabgacha yoshdagi bolalar onalarining psixologik-pedagogik kompetensiyasini oshirish” mualliflik dasturi asosida asoslangan; dasturdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari psixologlari tomonidan salbiy xulq-atvorning oldini olish va psixokorreksiya qilish, shuningdek, ota-onalarning bola tarbiyasidagi psixologik kompetensiyasini oshirishga qaratilgan amaliy faoliyatda foydalanish mumkinligi belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda salbiy xulq-atvor namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda salbiy xulq-atvor yuzaga kelishi omili sifatida oiladagi psixologik vaziyat, shaxslararo munosabatlar va xulq-atvor xususiyatlarida yosh va jins farqlari mavjudligi, jumladan o‘g‘il bolalar salbiy xulqida faol-agressiv, qiz bolalarda esa majhul sust munosabat namoyon bo‘lishi, 4-5 yoshli bolalarda negativizm 6-7 yoshli bolalarga nisbatan ustunligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu ma’lumotlar bo‘lajak pedagog-psixologlarni tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalar salbiy xulq-atvori, yosh va jins xususiyatlariga doir nazariy-amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar negativizmi egosentrizm, liderlikka intilish, yashirinlik, ehtiyotkorlik, intravertlik va uydagi himoyaga intilish bilan musbat hamda namoyishkorlik, ochiqlik, ekstravertlik va yolg‘izlik bilan manfiy aloqa, salbiy xulqli bolalarda ham jazoga ham rag‘batga sezgirlik musbat bog‘lanish mavjudligiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalar salbiy xulq-atvorining psixologik xususiyatlariga doir ma’lumotlar bo‘lajak pedagog-psixologlar o‘qitishda o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini kengaytirish imkoniyatini oshirgan.
Oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimi, xususan, ota va onaning farzandiga o‘ta qabul qilishi (erkalatish), ijtimoiy hamkorlik, avtoritar giperijtimoiylashuv va kichik omadsiz munosabatlari bolada nizolashish, agressivlik va negativizm bilan, oilada o‘zini nomukammal baholash hamda o‘zini chetga tortish, xavotirlanish va oilada o‘zini noqulay his etish bilan korrelyasion bog‘liqligi; bolalarda negativizm, o‘jarlik va qaysarlik onalarning nizoda raqobat xulq tipi bilan musbat va hamkorlik, moslashuv xulq tiplari bilan manfiy korrelyasiyada ekanligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarda salbiy xulq-atvor namoyon bo‘lishida oilaviy psixologik muhit, ota-onalarning bolaga munosabati, tarbiyaviy yondashuvi, axloqiy namunasi ustuvor xarakterga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Bolalarda namoyon bo‘ladigan salbiy xulq-atvor xususiyatlarini susaytirishga onalar pedagogik-psixologik madaniyatini oshirish, bola bilan muloqot va hamkorlikdagi faoliyat malakalarini rivojlantirish orqali erishish mumkinligi “Salbiy xulqli maktabgacha yoshdagi bolalar onalarining psixologik-pedagogik kompetensiyasini oshirish” mualliflik dasturi asosiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti qoshidagi “Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi”ning 2025 yil 30 iyundagi PM-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixologlarni tayyorlashda ota-onalar bilan ishlash, ularning bola psixologiyasiga doir bilimlarini boyitish, bola bilan to‘g‘ri muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda uslubiy-amaliy ko‘satmalar berish orqali kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan.