Dadaev Xurshid Xamidjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Og‘ir bosh miya jaroxatli bemorlarda analgosedatsiyani takomillashtirish”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.3.PhD/Tib6366.
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nematjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Akademik N.N. Burdenko nomidagi Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi milliy neyroxirurgiya tibbiy tadqiqotchilik instituti (Moskva, Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi kompleks intensiv terapiya tarkibida analgosedatsiya sxemalarini optimallashtirish orqali og‘ir bosh miya jarohati bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jaroxati bilan kasallangan bemorlarda turli analgosedatsiya sxemalarining markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlariga ta’siri kompleks qiyosiy baholanishida RASS shkalasi va BIS-monitoring ma’lumotlari bo‘yicha sedatsiya chuqurligi hamda gemodinamik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
turli analgosedatsiya sxemalarining serebral perfuzion qon oqimi ko‘rsatkichlari (bosh ichi bosimi, serebral perfuzion bosim va bosh ichi gipertenziyasining) noinvaziv markeri sifatida ko‘ruv nervi qobig‘i diametriga ta’siri hisobiga ular Glazgo koma shkalasi, FOUR shkalasi va Glazgo natijalar shkalasi bo‘yicha nevrologik holat dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqligi isbotlangan;
kombinirlangan analgosedatsiya sxemasi (propofol + fentanil + deksmedetomidin) izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jaroxati bilan kasallangan bemorlarda analgosedatsiya uchun qo‘llanilishi samarasi chuqur va stabil analgosedatsiyani ta’minlashi va qo‘llaniladigan barcha preparatlarning umumiy dozasini kamaytishi hisobiga isbotlangan;
turli analgosedatsiya sxemalarini qo‘llanilishi klinik natijalari, shu jumladan, sedatsiya va sun’iy o‘pka ventilyasiyasi davomiyligi, pnevmoniya rivojlanish chastotasi, reanimatsiya bo‘limi va statsionarda yotish muddati tahlil qilindi hamda izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jaroxatini kompleks davolashda prognostik qiymatligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jaroxati bilan kasallangan bemorlarda analgosedatsiyani optimallashtirish va tibbiy yordam samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida «Og‘ir bosh miya jarohati bilan kasallangan bemorlarda analgosedatsiyani optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi (RShTYoIM Ilmiy kengashining 2026 yil 26 martdagi 1-sonli bayonnomasi) va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jaroxati (IOBMJ) bilan kasallangan bemorlarda turli analgosedatsiya sxemalarining markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlariga ta’siri kompleks qiyosiy baholanishida RASS shkalasi va BIS-monitoring ma’lumotlari RASS shkalasi va BIS-monitoring ma’lumotlari bo‘yicha sedatsiya chuqurligining gemodinamik parametrlar bilan o‘zaro bog‘liqligi asosida natijalar RShTYoIMning Namangan filiali amaliyotiga (2026 yil 13 apreldagi 79/2-sonli buyruq), shuningdek RShTYoIMning Xorazm filiali amaliyotiga (2026 yil 15 apreldagi 83-I-sonli buyruq) joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, mazkur o‘zaro bog‘liqli bemorlarning holatini aktual va aniq baholanib, kasallik kechishini o‘z vvaqtida baholash va asoratlarni oldini olish imkoniyati yaratildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, turli analgosedatsiya sxemalarining gemodinamik ko‘rsatkichlarga ta’sirini kompleks baholash va sedatsiya chuqurligini monitoring qilish asosida IOBMJ bilan kasallangan har bir bemor uchun xarajatlar o‘rtasidagi farq 3 658 789 so‘mni tashkil etdi, reanimatsiya bo‘limida bir kunlik davolanish qiymati esa 29,3% ga kamaydi, bu mazkur usulning yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Xulosa: IOBMJ bilan kasallangan bemorlarda turli analgosedatsiya sxemalarining markaziy va periferik gemodinamikaga ta’siri birinchi marta kompleks qiyosiy baholandi, RASS shkalasi va BIS-monitoring ma’lumotlari bo‘yicha sedatsiya chuqurligining gemodinamik parametrlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlandi. Ushbu yondashuvni qo‘llash natijasida IOBMJ bilan kasallangan har bir bemor uchun xarajatlar farqi 3 658 789 so‘mni tashkil etdi hamda reanimatsiya bo‘limida bir kunlik davolanish qiymati 54,7% ga kamaydi, bu esa mazkur metodikaning yuqori amaliy samaradorligini ko‘rsatadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: turli analgosedatsiya sxemalarining serebral perfuzion qon oqimi ko‘rsatkichlari (bosh ichi bosimi, serebral perfuzion bosim va bosh ichi gipertenziyasining) noinvaziv markeri sifatida ko‘ruv nervi qobig‘i diametriga ta’siri haqida yangi olingan ma’lumotlar, shuningdek analgosedatsiya sxemalari bilan Glazgo koma shkalasi, FOUR shkalasi va Glazgo natijalar shkalasi bo‘yicha nevrologik holat dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqligi asosida natijalar RShTYoIM Namangan filialiga (2026 yil 13 apreldagi 79/2-sonli buyruq) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2026 yil 15 apreldagi 83-I-sonli buyruq) joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, turli analgosedatsiya sxemalarining serebral perfuzion qon oqimi ko‘rsatkichlari hamda ko‘ruv nervi qobig‘i diametriga ta’siriga oid yangi ma’lumotlar va Glazgo koma shkalasi, FOUR shkalasi va Glazgo natijalar shkalasi bo‘yicha nevrologik holat dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi IOBMJ klinik simptomatikasi dinamikasini prognoz qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, turli analgosedatsiya sxemalarining serebral perfuzion qon oqimi ko‘rsatkichlari (BIB va SPB) hamda ko‘ruv nervi qobig‘i diametriga ta’siriga oid yangi ma’lumotlar olinishi va nevrologik holat dinamikasi bilan bog‘liqlikning aniqlanishi IOBMJ klinik kechishini prognoz qilish imkonini berdi. Natijada IOBMJ bilan kasallangan har bir bemor uchun xarajatlar farqi 2 066 339 so‘mni tashkil qildi, statsionar davolash qiymati esa 45% ga kamaydi, bu ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvning samaradorligini tasdiqlaydi. Xulosa: turli analgosedatsiya sxemalarining serebral perfuzion qon oqimi ko‘rsatkichlari (BIB va SPB) hamda ko‘ruv nervi qobig‘i diametriga ta’siri haqida yangi ma’lumotlar olindi, analgosedatsiya sxemalari bilan Glazgo koma shkalasi, FOUR shkalasi va Glazgo natijalar shkalasi bo‘yicha nevrologik holat dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi, bu esa IOBMJ klinik simptomatikasi dinamikasini prognoz qilish imkonini berdi. Ushbu yondashuvni qo‘llash natijasida IOBMJ bilan kasallangan har bir bemor uchun xarajatlar farqi 2 066 339 so‘mni tashkil qildi, statsionar davolash qiymati 45% ga kamaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor kombinirlangan analgosedatsiya sxemasini (propofol + fentanil + deksmedetomidin) qo‘llash IOBMJ bilan kasallangan bemorlarda yanada samarali sedatsiyani ta’minlashi hamda analgosedatsiya uchun qo‘llaniladigan barcha preparatlarning umumiy dozasini kamaytirishi ko‘rsatildi. Ushbu natijalar RShTYoIM Namangan filialiga (2026 yil 13 apreldagi 79/2-sonli buyruq) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2026 yil 15 apreldagi 83-I-sonli buyruq) joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, kombinirlangan analgosedatsiya sxemasini (propofol + fentanil + deksmedetomidin) qo‘llash sedatsiyani yanada samarali nazorat qilish imkonini berib, IOBMJ bilan kasallangan bemorlarda analgosedatsiya uchun qo‘llaniladigan preparatlarning umumiy dozasini kamaytirdi, bu esa markaziy nerv tizimiga tushadigan yuklamani pasaytirish va bemorlar holatini yaxshilashga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, kombinirlangan analgosedatsiya sxemasini (propofol + fentanil + deksmedetomidin) qo‘llash sedatsiyani samarali nazorat qilish bilan birga analgosedatsiya uchun sarflanadigan preparatlarning umumiy miqdorini kamaytirdi va iqtisodiy xarajatlarni 29,3% ga, ya’ni 225 171 so‘mga qisqartirish imkonini berdi, bu esa ushbu usulning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Xulosa: kombinirlangan analgosedatsiya sxemasini (propofol + fentanil + deksmedetomidin) qo‘llash IOBMJ bilan kasallangan bemorlarda sedatsiyani yanada samarali nazorat qilishni ta’minlab, analgosedatsiya uchun qo‘llaniladigan preparatlarning umumiy dozasini kamaytirdi. Natijada iqtisodiy xarajatlar 29,3% ga, ya’ni 225 171 so‘mga qisqardi, bu esa mazkur usulning yuqori klinik va iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli analgosedatsiya sxemalarini qo‘llashda klinik natijalarning kompleks bahosi o‘tkazildi, jumladan sedatsiya va SO‘V davomiyligi, pnevmoniya rivojlanish chastotasi, reanimatsiya bo‘limi va statsionarda yotish muddati tahlil qilindi hamda IOBMJni kompleks davolashda taklif etilgan analgosedatsiya sxemalarining iqtisodiy samaradorligi baholandi. Ushbu natijalar RShTYoIM Namangan filialiga (2026 yil 13 apreldagi 79/2-sonli buyruq) va RShTYoIM Xorazm filialiga (2026 yil 15 apreldagi 83-I-sonli buyruq) joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, turli analgosedatsiya sxemalarini qo‘llashda sedatsiya va SO‘V davomiyligi, pnevmoniya rivojlanish chastotasi, reanimatsiya bo‘limi va statsionarda yotish muddati kabi klinik natijalar kompleks baholandi hamda IOBMJ bilan kasallangan bemorlarda har bir analgosedatsiya usulining klinik va ijtimoiy samaradorligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, turli analgosedatsiya sxemalarining klinik natijalarini va ularning iqtisodiy samaradorligini baholash IOBMJ bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda moddiy xarajatlarni 50,77% ga, ya’ni har bir bemor hisobiga 5 725 098 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: turli analgosedatsiya sxemalarini qo‘llashda klinik natijalarning kompleks bahosi o‘tkazildi, jumladan sedatsiya va SO‘V davomiyligi, pnevmoniya rivojlanish chastotasi, reanimatsiya bo‘limi va statsionarda yotish muddati tahlil qilinib, taklif etilgan analgosedatsiya sxemalarining iqtisodiy samaradorligi isbotlandi. Ularni qo‘llash natijasida IOBMJ bilan kasallangan har bir bemor uchun moddiy xarajatlar 50,77% ga, ya’ni 5 725 098 so‘mga kamaydi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir bosh miya jaroxatli bemorlarda analgosedatsiyani takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2026 yil 11 avgustdagi 01-02//2019-sonli xati yuborilgan.