Bovanova Umida Abduvahobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhitga ekologik munosabatini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2022.4.PhD/Ped4015.
Ilmiy rahbar: Boboqulova Dilfuza Mengliboevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.11.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxtarova Lobar Abdimannabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhitga ekologik munosabatni shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiat obektlarini personifikatsiya qilish xususiyatlariga tayanib ularda atrof-muhitga nisbatan “subekt-subekt” munosabatini shakllantirish orqali ekotsentrik dunyoqarashning yoshga doir psixopedagogik mexanizmlari (idrok etish, hissiy bog‘lanish, refleksiv baholash) nazariy jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik munosabatni shakllantirishning uch pog‘onali nazariy modeli ekotsentrik yondashuvga ko‘ra kognitiv, affektiv va konativ kabi komponentlarni ajratib ko‘rsatish orqali ishlab chiqilgan;
innovatsion texnologiyalar asosida o‘quvchilarda ekologik munosabatni shakllantirishning pedagogik tizimi “inson-tabiat” munosabatlarini boshlang‘ich ta’lim fanlar dasturiga muvofiq o‘qitish jarayonini xolistik yondashuv asosida raqamli transformatsiyalashga qaratilgan “Eko-bolajon” platformasini tatbiq etish hamda diagnostik vositalarning korreksion-rivojlantiruvchi funksiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhitga ekologik munosabatini shakllantirish modelining samaradorlik darajasi ekologik ta’lim mazmunini innovatsion texnologiyalar, virtual ta’lim resurslari hamda “Sand-Art” terapiyasi bilan integratsiyalash natijalarini kognitiv-tahliliy, qadriyatli-motivatsion va faoliyat mezonlariga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhitga ekologik munosabatni shakllantirishga doir qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar amaliyotga joriy etildi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiat obektlarini personifikatsiya qilish xususiyatlariga tayanib, ularda atrof-muhitga nisbatan “subekt–subekt” munosabatini shakllantirish orqali ekotsentrik dunyoqarashning yoshga doir psixopedagogik mexanizmlari (idrok etish, hissiy bog‘lanish, amaliy g‘amxo‘rlik)ni asoslashga doir ilmiy natijalardan “Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-martdagi №4498-5869-c21d-3d26-f326-8815-0992-son guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli va subektiv munosabatni shakllantirishga xizmat qiluvchi tashkiliy-pedagogik jarayonlar samaradorligi oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik munosabatni shakllantirishning uch pog‘onali nazariy modeli (kognitiv, affektiv, konativ komponentlar) asosida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar “Boshlang‘ich ta’limda STEAM” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 18-fevraldagi №6277-5269-95c-b363-2223-1765-6689-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’lim jarayonida ekologik ta’lim mazmunini tizimli tashkil etish hamda o‘quvchilarning ekologik bilim, munosabat va xulq-atvorini kompleks rivojlantirishga erishilgan;
innovatsion texnologiyalar asosida o‘quvchilarda ekologik munosabatni shakllantirish metodikasini “inson–tabiat” munosabatlarini xolistik yondashuv asosida raqamli transformatsiyalash orqali takomillashtirishga doir ilmiy natijalarda platformasini amaliyotga tatbiq etish orqali joriy qilingan hamda I-OT-2019-8 raqamli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 22-fevraldagi 01/15-09/41-sonli dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonining raqamli va metodik ta’minotining takomillashtirishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhitga ekologik munosabatini shakllantirish modelining samaradorligini aniqlashga doir ilmiy natijalar ekologik ta’lim mazmunini innovatsion texnologiyalar, virtual ta’lim resurslari hamda “Sand-Art” terapiyasi bilan integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar orqali tajriba-sinov amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 14-noyabrdagi 03-33-3084-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik munosabatni shakllantirishning kognitiv-tahliliy, qiymat-motivatsion va faoliyat mezonlari asosida baholash tizimi hamda metodik ta’minoti takomillashtirilgan.