Sobirov Sherzod Shodulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri va ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: «Surunkali buyrak etishmovchiligini tajriba modellashtirish fonida taloqdagi morfometrik va morfologik o‘zgarishlari», 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4019.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Ahrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va Ilmiy kengash raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak etishmovchiligida taloq morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak etishmovchiligining tajriba modeli sharoitida taloqning oq pul`pa va qizil pul`pasida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning qonuniyatlari aniqlanib, limfoid follikulalar arxitektonikasining buzilishi, periarterial limfoid mufta qalinligining kamayishi, germinativ markazlar hajmining qisqarishi hamda qizil pul`paning nisbiy kengayishi ilmiy jihatdan asoslangan;
surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida taloqning morfometrik ko‘rsatkichlari kompleks baholanib, oq va qizil pul`pa maydonlari nisbati, limfoid follikulalar soni va diametri, germinativ markazlar maydoni hamda stromal komponentlar ulushidagi miqdoriy o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor surunkali buyrak etishmovchiligining tajriba modeli natijasida taloqda yuzaga kelgan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning zarjava ildizi kukuni bilan korreksiyadan keyingi dinamikasi 3, 6 va 9 oylik oq zotsiz kalamushlarda kompleks baholanib, oq va qizil pul`pa nisbatlari, limfoid follikulalar soni va diametri, periarterial limfoid mufta qalinligi, germinativ markazlar hajmi hamda stromal komponentlar ko‘rsatkichlarining tajriba guruhi bilan qiyosiy tahlili asosida zarjava ildizi kukunining taloq to‘qimasidagi strukturaviy o‘zgarishlarni korreksiya qilishdagi morfoprotektiv samaradorligi ilmiy jihatdan asoslangan;
surunkali buyrak etishmovchiligining tajriba modeli sharoitida taloq to‘qimasida CD3 va CD20 immunogistokimyoviy markerlari ekspressiyasi kompleks baholanib, T-limfotsitlar (CD3) va B-limfotsitlar (CD20) ning oq pul`pa, periarterial limfoid mufta hamda limfoid follikulalardagi taqsimlanishi va ekspressiya darajasidagi o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida olingan morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy natijalar asosida surunkali buyrak etishmovchiligi fonida taloqda yuzaga keladigan salbiy o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash va baholashga xizmat qiluvchi diagnostik mezonlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligining tajriba modeli sharoitida taloqning oq pul`pa va qizil pul`pasida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlarning qonuniyatlari aniqlanib, limfoid follikulalar arxitektonikasining buzilishi, periarterial limfoid mufta qalinligining kamayishi, germinativ markazlar hajmining qisqarishi hamda qizil pul`paning nisbiy kengayishi ilmiy jihatdan asoslanganligi Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.04.2025 yildagi 13-T sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 15.02.025 yildagi № 244-2-42-TB 2025-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 05.03.2025 yildagi № 72-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Surunkali buyrak etishmovchiligi kasalligida taloqda kuzatiladigan morfologik, morfometrik, immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘rganish hamda patogenetik davo va bir vaqtda zarjava ildizi kukunini qo‘llash kasallikni asoratlari va nogironlik holatlarini kamaytirish orqali tadqiqotning ijtimoiy ahamiyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali buyrak etishmovchiligida taloqdagi morfologik o‘zgarishlarni qiyosiy o‘rganish uchun va zarjava ildizi kukuni bilan korreksiyalashda foydalanish mumkin. Xulosa: Surunkali buyrak etishmovchiligida laborotoriya hayvonlari talog‘idagi morfologik o‘zgarishlarni xususiyatlarini aniqlash va baholash usulining qo‘llanilishi tajribada tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot seriyasi uchun sarflangan mablag‘ning 203000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligi sharoitida taloqning morfometrik ko‘rsatkichlari kompleks baholanib, oq va qizil pul`pa maydonlari nisbati, limfoid follikulalar soni va diametri, germinativ markazlar maydoni hamda stromal komponentlar ulushidagi miqdoriy o‘zgarishlar aniqlanganligi Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.04.2025 yildagi 13-T sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 15.02.025 yildagi № 244-2-42-TB 2025-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 05.03.2025 yildagi № 72-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Immunogistokimyoviy CD-3 va CD-20 markerlarining musbat ekspresiyasining ahamiyati shundaki, B-limfosit hujayralarning funsional faoliyati nazorat guruhiga juda yaqinlashganligi va immun tizimi to‘liq tiklanganligi ko‘rsatadi. Bu esa, organizmni SBE kasalligida zarjava ildizi kukuni bilan biokorreksiya qilish orqali esa taloqning erta involyusiyasi oldi olinib, immun tizimi faoliyati rag‘batlantirilish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot immun tizim salomatligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy samaradorligi: CD-3 va CD-20 markeridan foydalanish SBE bilan bog‘liq immun tizim muammolarni diagnostika qilishda aniqlikni oshiradi. Bu esa, noto‘g‘ri tashxislash va samarasiz davolashga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Shuningdek, erta tashxis qo‘yish orqali kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish va bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish mumkin, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada tejashga olib keladi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 218000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik:ilk bor surunkali buyrak etishmovchiligining tajriba modeli natijasida taloqda yuzaga kelgan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning zarjava ildizi kukuni bilan korreksiyadan keyingi dinamikasi 3, 6 va 9 oylik oq zotsiz kalamushlarda kompleks baholanib, oq va qizil pul`pa nisbatlari, limfoid follikulalar soni va diametri, periarterial limfoid mufta qalinligi, germinativ markazlar hajmi hamda stromal komponentlar ko‘rsatkichlarining tajriba guruhi bilan qiyosiy tahlili asosida zarjava ildizi kukunining taloq to‘qimasidagi strukturaviy o‘zgarishlarni korreksiya qilishdagi morfoprotektiv samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanganligi Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.04.2025 yildagi 13-T sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 15.02.025 yildagi № 244-2-42-TB 2025-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 05.03.2025 yildagi № 72-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilik SBE fonida taloq va immun tizimning morfologik asoslarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, keyinchalik ushbu holatlarning oldini olish, diagnostikasi va davo strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, mazkur natijalar klinik amaliyotda buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarning immun tizim salomatligiga e’tibor qaratish, ularni muntazam monitoring qilish zaruriyatini ta’kidlaydi. Bunday yondashuv taloq funksiyalarning erta buzilishini aniqlash va profilaktik choralarni ko‘rishda dolzarb ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiy samaradorligi: Taloqdagi gistokimyoviy o‘zgarishlar haqida olingan ma’lumotlar kasallikning patogenezini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, SBE bilan bog‘liq immun muammolarni davolashda yanada maqsadli va samarali terapiya usullarini ishlab chiqishga olib keladi. Natijada, davolash samaradorligi oshadi, bemorlarning sog‘ayish muddati qisqaradi va tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 205000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak etishmovchiligining tajriba modeli sharoitida taloq to‘qimasida CD3 va CD20 immunogistokimyoviy markerlari ekspressiyasi kompleks baholanib, T-limfotsitlar (CD3) va B-limfotsitlar (CD20) ning oq pul`pa, periarterial limfoid mufta hamda limfoid follikulalardagi taqsimlanishi va ekspressiya darajasidagi o‘zgarishlar aniqlanganligi Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 14.04.2025 yildagi 13-T sonli, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 15.02.025 yildagi № 244-2-42-TB 2025-sonli hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining 05.03.2025 yildagi № 72-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Zarjava ildizi bilan korreksiya qilish usulining joriy etilishi SBE bilan bog‘liq taloqdagi o‘zgarishlarni davolashda an’anaviy dori vositalariga nisbatan arzonroq va qulayroq al`ternativani taqdim etishi mumkin. Bu esa, tibbiy xarajatlarni kamaytirishga va davolashning umumiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Tabiiy vositalardan foydalanish, shuningdek, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirib, bemorlarning umumiy sog‘lig‘ini yaxshilashga xizmat qiladi. Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 210000 so‘mgacha tejalishiga erishiladi. Xulosa: Tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar nefrologiya, kardiologiya va kardioreanimatsiyaning nazariy jihatlariga ma’lum miqdorda hissa qo‘shadi. Tadqiqot natijalarini klinik jihatdan amaliyotga tadbiq etish, erta tashxislash, kasallikning rivojlanish darajasini, asosartlarini kamaytirish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga ma’lum darajada yordam beradi.