Abduyusupova Kamola Mirvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatit S bilan kasallangan bemorlarda parodont to‘qimalarining holati va stomatologik terapiyaning o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3190.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Artur Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib. 17.02.
Rasmiy opponentlar: Kubaev Aziz Saidalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saakyan Mixail Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Kirov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli gepatit S fonida surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda parodont to‘qimalarning holatini o‘rganish va stomatologik yordam ko‘rsatishni taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning qonida yallig‘lanishga qarshi va yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi interleykinlar o‘rtasidagi muvozanatning sezilarli immunobiokimyoviy buzilishlari kuzatilgan, bu esa yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi sitokinlar (IL-1β -2,5 marta, IL-8 -2,8 marta, IL-6 -3,1 marta) va o‘tkir bosqich oqsili laktoferrin sintezining (1,7 marta) ortishi, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 ning (1,8 marta) kamayishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning so‘lagida IL-1β (42,16 ± 3,94 pg/ml) konsentratsiyasi va laktoferrin darajasi (1,7 marta) oshishi aniklangan hamda IL -1β va laktoferrinni patologik jarayon faolligi va sekretor immunitet holatini baholashda istiqbolli noinvaziv markerlar sifatida ko‘rib chiqish imkonini bergan;
surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda trombotsitlarning adgeziv indeksi (35%) va ularning agregatsion faolligi (34%) oshishi, shuningdek, aktivlangan rekal`sifikatsiya vaqtining uzayishi (13%) gemostatik muvozanatning tor chegarada saqlanishi aniklangan;
surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarga tarkibida probiotiklar (lakto va bifidobakteriyalar), fermentativ preparat hamda yog‘li preparat “Qizil-moy” mavjud bo‘lgan kompleks davolash usuli taklif etilgan va ushbu davolash usuli parodont to‘qimalarining regeneratsiya jarayonini faollashtirishga, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mahalliy himoya ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va gemokoagulyasiya tizimi holatini meyorlashtirishga yordam berganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/32 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning qonida yallig‘lanishga qarshi va yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi interleykinlar o‘rtasidagi muvozanatning sezilarli immunobiokimyoviy buzilishlari kuzatilgan, bu esa yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi sitokinlar (IL-1β -2,5 marta, IL-8 -2,8 marta, IL-6 -3,1 marta) va o‘tkir bosqich oqsili laktoferrin sintezining (1,7 marta) ortishi, shuningdek, yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 ning (1,8 marta) kamayishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan. Bu esa yallig‘lanishni kuchaytiruvchi sitokinlar sintezini oshishi (IL-1β -2,5 baravar, IL-8 - 2,8 baravar, IL-6 - 3,1 baravar) va o‘tkir bosqich oqsili laktoferrin darajasining ko‘tarilishi (1,7 baravar), shuningdek yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 ning (1,8 baravar) kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlar yallig‘lanish jarayonining faolligi va kasallik og‘irligining potensial biomarkerlari ekanligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SVGS fonidagi STP da yallig‘lanishni qo‘zg‘atuvchi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar (IL-1β, IL-6, IL-8, IL-4) o‘rtasidagi muvozanatni buzilishi, shuningdek laktoferrin darajasining oshishi kuzatiladi. Bu ko‘rsatkichlar yallig‘lanish faolligi va kasallik og‘irlik darajasini baholashda potensial biomarker sifatida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu esa bemorlarni davolashda mul`tidissiplinar yondashuv va individuallashtirilgan strategiyaning zarurligini ta’kidlaydi hamda jigar komorbid patologiyasi mavjud holatlarda diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy natijalar Chirchiq shahar stomatologiya poliklinikasining 2024 yil 31 oktyabrdagi  №78 sonli buyrug‘i, hamda Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining  2024 yil 31 oktyabrdagi №59 sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan ma’lumotlar yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Aniqlangan sitokin va immunobiokimyoviy markerlardan foydalanish yallig‘lanish jarayonining faolligini erta aniqlash, og‘ir asoratlarning oldini olish va invaziv aralashuvlarga ehtiyojni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa SVGS bilan og‘rigan bemorlar uchun stomatologik yordam ko‘rsatish xavfsizligini oshiradi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik holatlarini kamaytiradi hamda ijtimoiy va tibbiy xarajatlarni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SVGS fonida kechuvchi STP da og‘iz bo‘shlig‘i holatining yaxshilanishi bemorlarning tibbiy muassasalarga murojaat qilish qatnovini kamaytiradi, zarur muolajalar sonini qisqartiradi va dori vositalariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Olingan iqtisodiy samara 2,64 mln so‘mni tashkil etdi, bu esa taklif etilgan tavsiyalarni amaliyotga joriy etishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini namoyish etadi. Respublika miqyosida joriy etilganda ushbu samaradorlik bir necha baravar ortadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning so‘lagida IL-1β (42,16 ± 3,94 pg/ml) konsentratsiyasi va laktoferrin darajasi (1,7 marta) oshishi aniklangan hamda IL -1β va laktoferrinni patologik jarayon faolligi va sekretor immunitet holatini baholashda istiqbolli noinvaziv markerlar sifatida ko‘rib chiqish imkonini bergan. Bu esa yallig‘lanish jarayonidagi sitokin va neytrofillar faoliyatining kuchayganligidan dalolat beradi, hamda IL-1β va laktoferrinni patologik jarayon faolligi va sekretor immunitet holatining istiqbolli noinvaziv markerlari sifatida ko‘rib chiqish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SVGS fonida kechuvchi STP bor bemorlarning so‘lagida IL-1β va laktoferrin miqdorining oshishi yallig‘lanishning asosiy bo‘g‘inlari va sekretor immunitetning faollashganligini aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkichlarning diagnostik jixatdan muhimligi isbotlanganligi, ularni patologik jarayon faollashishining noinvaziv markerlari sifatida qo‘llash imkonini ilmiy asoslab beradi. Bu esa erta diagnostika va kasallik kechishini monitoring qilish imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy natijalar Chirchiq shahar stomatologiya poliklinikasining 2024 yil 31 oktyabrdagi  №78 sonli buyrug‘i, hamda Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining  2024 yil 31 oktyabrdagi №59 sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SVGS bilan og‘rigan bemorlarda STP faolligining noinvaziv markerlari sifatida IL-1β va laktoferrinning so‘lakdagi yuqori darajalaridan foydalanish muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Ushbu markerlar yordamida yallig‘lanish o‘zgarishlarini erta aniqlash, o‘z vaqtida profilaktika va davolash chora-tadbirlarini o‘tkazish imkonini beradi. Bu esa og‘ir parodontit shakllarining tarqalishini kamaytiradi, qimmat stomatologik muolajalarga ehtiyojni pasaytiradi va gepatit C fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytiradi. Natijada bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi, nogironlik holatlari kamayadi va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan iqtisodiy yuk qisqaradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SVGS fonida kechuvchi STP ni davolashda profilaktik va ambulator yondashuvga o‘tish hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolash xarajatlari kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, standart statsionar davolash narxi profilaktik kompleksga nisbatan yuqoriroq bo‘lib, natijada 2,64 mln so‘m miqdorida tejamkorlikka erishilgan. Shuningdek, yallig‘lanishni erta aniqlash va asoratlarning oldini olish qimmat aralashuvlarga ehtiyojni kamaytiradi, mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartiradi, hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar tizimiga tushadigan moliyaviy yukni kamaytiradi;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda trombotsitlarning adgeziv indeksi (35%) va ularning agregatsion faolligi (34%) oshishi, shuningdek, aktivlangan rekal`sifikatsiya vaqtining uzayishi (13%) gemostatik muvozanatning tor chegarada saqlanishi aniklangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SVGS fonida kechuvchi STP bilan og‘rigan bemorlarda gemostaz tizimi holatini o‘rganish koagulyasion va qon-tomir-trombotsit bo‘g‘inlarida yaqqol buzilishlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu holat invaziv stomatologik aralashuvlarni rejalashtirishda va davolash taktikasini belgilashda albatta inobatga olinishi lozim. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy natijalar Chirchiq shahar stomatologiya poliklinikasining 2024 yil 31 oktyabrdagi  №78 sonli buyrug‘i, hamda Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasining  2024 yil 31 oktyabrdagi №59 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SVGS fonida kechuvchi STP bor bemorlarda gemostazning qon-tomir-trombotsit va koagulyasion bo‘g‘inlarida aniqlangan buzilishlar yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega. Chunki bu ma’lumotlar stomatologik aralashuvlar vaqtida qon ketish va tromb hosil bo‘lish asoratlarning oldini olishga, davolash xavfsizligini oshirishga, shuningdek asoratlar xavfini va shoshilinch gospitalizatsiyalarga muhtojlikni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa umumiy ijtimoiy va tibbiy yukni kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini oshiradi hamda xavfsiz stomatologik yordam ko‘rsatishning imkoniyatlarini kengaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SVGS fonida kechuvchi STP bor bemorlarda gemostaz buzilishlariga bog‘liq bo‘lgan asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirishga erishiladi. Trombotsitlar agregatsiyasining oshishi, rekal`sifikatsiya vaqtining uzayishi va boshqa ko‘rsatkichlarning erta aniqlanishi davolash taktikasini oldindan to‘g‘ri tashkillashtirishga imkon beradi. Bu esa qon ketishlar, trombozlar, qayta muolajalar, gospitalizatsiyalar va qo‘shimcha dori xarajatlari xavfini kamaytiradi. Natijada sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli mablag‘ tejaladi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikka doir moliyaviy yo‘qotishlar kamayadi, hamda stomatologik xizmatlar natijalarini optimal ishlatish imkoniyati yaratiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali virusli gepatit S fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarga tarkibida probiotiklar (lakto va bifidobakteriyalar), fermentativ preparat hamda yog‘li preparat “Qizil-moy” mavjud bo‘lgan kompleks davolash usuli taklif etilgan va ushbu davolash usuli parodont to‘qimalarining regeneratsiya jarayonini faollashtirishga, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mahalliy himoya ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va gemokoagulyasiya tizimi holatini meyorlashtirishga yordam berganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: birinchi bor mul`timodal yondashuvning samaradorligi ilmiy asoslab berildi. Ushbu yondashuv bir vaqtning o‘zida to‘qimalarni tiklash, mikrobiotsenozni korreksiya qilish va gemokoagulyasiyani barqarorlashtirishga qaratilgan bo‘lib, mazkur toifa bemorlarni patogenetik asosda davolash bo‘yicha zamonaviy ilmiy tasavvurlarni kengaytiradi, hamda stomatologik davolash samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: olingan ilmiy-amaliy natijalar Olmazor tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasining 2025 yil 3 iyuldagi  №891-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i, hamda Toshkent shahar tez tibbiy yordam shahar klinik shifoxonasining 2025 yil 30 iyundagi №55-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tavsiya etilgan kompleks davolash sxemasi surunkali virusli gepatit C bilan og‘rigan bemorlarda parodontitning qaytalanish chastotasini va og‘irlik darajalarini kamaytiradi, qimmat va invaziv aralashuvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bemorlarning hayot sifatini oshiradi. To‘qimalar regeneratsiyasining yaxshilanishi, mahalliy immunitetning mustahkamlanishi va gemostazning barqarorlashuvi stomatologik yordamning xavfsizligini oshiradi hamda asoratlar xavfini kamaytiradi. Bu esa vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikni qisqartiradi, ijtimoiy va tibbiy yukni kamaytiradi, hamda samarali, xavfsiz davolashning keng qatlamlarga ochiq bo‘lishini ta’minlaydi. Kombinirlangan davolashning iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan davolash sxemasi parodontitning asoratlangan shakllarini davolash uchun sarflanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlarni kamaytiradi. Joriy etilgan kombinirlangan davolash sxemasi qayta davolash kurslari va invaziv aralashuvlarga ehtiyojni o‘rtacha 15-18% ga qisqartirdi. Surunkali virusli gepatit C fonida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontitni standart davolash xarajatlarining hatto 15% ga kamaytirilishi ham 4.743.900 so‘m miqdorida tejamkorlikni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish