Mamataliev Farxad Abdiganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uyku arteriyalarining gemodinamik axamiyatli stenozlarida davolash taktikasini tanlash”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2975
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Abdusalom Abdulagzamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.18.01.
Rasmiy opponentlar: Yulbarisov Abdurasul Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Milliy ilmiy kardioxirurgiya markazi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi karotid endarterektomiya va karotid stentlashning klinik natijalarini qiyosiy tahlil qilish hamda revaskulyarizatsiya usulini tanlashning differensial algoritmini ishlab chiqish orqali karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatga ega stenozlari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik va endovaskulyar davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatga ega stenozlarini verifikatsiyasi hamda aterosklerotik blyashkaning morfologik xususiyatlarini (yaralanishi, giperexogenligi, kal`sinozi, uzunligi) aniqlashda ul`tratovush dupleks skanerlash va mul`tispiral kompyuter tomografiya – angiografiyaning yuqori tashxislash sezuvchanligi hisobiga revaskulyarizatsiya usulini asosli tanlashda hal qiluvchi yuqori prognostik qiymatligi isbotlangan;
karotid endarterektomiya hamda karotid stentlashning erta va uzoq muddatda noxush oqibatlar rivojlanishi bashoratlashda bemorlarnig komorbid foni, yoshi va klinik-anatomik profilining yuqori prognostik qiymatligi ushbu omillarning aterosklerotik blyashka morfologiyasi, qon tomir o‘zanining anatomik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqligi hisobiga isbotlangan;
kompleks klinik-anatomik baholash asosida revaskulyarizatsiya usulini tanlashning differensial ko‘rsatmalari ilmiy asoslangan; har ikki usulning erta xavfsizligi taqqoslanuvchanligi hamda besh yillik kuzatuv muddatlarida karotid endarterektomiyaning afzalligi anatomik natija turg‘unligi hisobiga isbotlangan;
ishlab chiqilgan ul`tratovush dupleks skanerlash, mul`tispiral KT-angiografiya va kompleks klinik-anatomik baholash ma’lumotlari integratsiyasiga asoslangan differensial davo-tashxislash algoritmining revaskulyarizatsiya usulini tanlashda samaradorligi uning yuqori selektivligi Markaziy Osiyo mintaqasi populyasiyasiga moslashganligi hisobiga isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatga ega stenozlarini verifikatsiyasi hamda aterosklerotik blyashkaning morfologik xususiyatlarini aniqlash va davolash taktikasini tanlashni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida: «Karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatga ega stenozlarida intervension va jarrohlik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi SSV Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ilmiy kengashining 2025 yil 5 maydagi № 28-05/572-T sonli bayonnomasi xulosasi). Shuningdek, «Karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatga ega stenozlarida revaskulyarizatsiya usulini tanlashni qo‘llab-quvvatlovchi dastur» EHM uchun dastur sifatida rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi dasturiy mahsulotlarning davlat reestrida ro‘yxatga olingan (2022 yil 23 noyabrdagi № DGU 19599 sonli guvohnoma).
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2026 yil 5 martdagi № 4-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida berilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi xulosaga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: karotid arteriyalarning gemodinamik ahamiyatga ega stenozlarini verifikatsiyasi hamda aterosklerotik blyashkaning morfologik xususiyatlarini aniqlashda ul`tratovush dupleks skanerlash va mul`tispiral kompyuter tomografiya – angiografiyani kompleks qo‘llashda asoslangan taktika Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 308 sonli buyruq) va Namangan viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 209/8 sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: aterosklerotik blyashka morfologiyasi va karotid o‘zan anatomiyasini operatsiyagacha baholash aniqligining oshishi tashxislash xatolari xavfini kamaytirish hamda revaskulyarizatsiya usulini presizion tanlash hisobiga asoratlar va nogironliklarni kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: asossiz tashxislash muolajalari hajmining kamayishi hisobiga bir nafar bemor uchun 2,45 mln. so‘m, tadqiqot miqyosida (n=110) esa 269,5 mln. so‘m tejashga erishildi. Xulosa: ul`tratovush dupleks skanerlash va mul`tispiral KT-angiografiyani yagona tashxislash sxemasiga birlashtirish shoshilinch tibbiyot sharoitida karotid stenozlarni ishonchli verifikatsiya qilish va revaskulyarizatsiya usulini asosli tanlash uchun ob’ektiv zamin yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: karotid endarterektomiya hamda karotid stentlashning erta va uzoq muddatda noxush oqibatlar rivojlanishi bashoratlashda taklif etilgan ishlanma Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 308 sonli buyruq) va Namangan viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 209/8 sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: dasturdan foydalanish yuqori xavfli bemorlarga yondashuvni individuallashtirish va fatal asoratlar rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aniqlangan prediktorlarni qo‘llash statsionar davolash muddatining 24,3 koyka-kundan 12,6 koyka-kungacha qisqarishi uchun imkon yaratgan. Xulosa: xavf omillarini operatsiyagacha miqdoriy baholash yuqori xavfli bemorlarni ajratib olish va ular uchun kamroq travmatik revaskulyarizatsiya usulini tanlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: kompleks klinik-anatomik baholash asosida revaskulyarizatsiya usulini tanlashning differensial ko‘rsatmalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 308 sonli buyruq) va Namangan viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 209/8 sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`t holatlarining oldini olish bemorning turg‘un nogironlik toifasiga o‘tishini istisno qilib, aholining mehnat qobiliyatini saqlashga xizmat qildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: nogironlikning oldini olish (bir nafar nogironni ta’minlashning o‘rtacha yillik yuklamasi 18–22 mln. so‘m) bemorlarning 10% ida davlatga yiliga 220 mln. so‘mdan ortiq tejamni, mazkur kichik guruh davolanishi bo‘yicha bazaviy 26,95 mln. so‘m tejamga qo‘shimcha ravishda ta’minlaydi. Xulosa: revaskulyarizatsiya usulini blyashka morfologiyasi va karotid o‘zan anatomiyasiga tayangan holda differensial tanlash periprotsedural asoratlar xavfini kamaytiradi va uzoq muddatli natijalarni yaxshilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan ul`tratovush dupleks skanerlash, mul`tispiral KT-angiografiya va kompleks klinik-anatomik baholash ma’lumotlari integratsiyasiga asoslangan differensial davo-tashxislash algoritmi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 308 sonli buyruq) va Namangan viloyat filiali (2025 yil 6 sentyabrdagi № 209/8 sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taktikani standartlashtirish tashxislash va jarrohlik davolash bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minladi, operatsiyaga qadar vaqtni qisqartirdi va ixtisoslashtirilgan yordamning ommabopligini oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: statsionar davolash muddatining 24,3 koyka-kundan 12,6 koyka-kungacha (Δ ≈ 11,7 koyka-kun) qisqarishi va asossiz tashxislash muolajalari hajmining kamayishi hisobiga bir nafar bemor uchun 2,45 mln. so‘m, tadqiqot miqyosida (n=110) esa 269,5 mln. so‘m tejashga erishildi. Ko‘rsatilgan miqdor joriy etilgan integratsiyalangan davo-tashxislash algoritmining yagona umumiy samarasi bo‘lib, birinchi va ikkinchi ilmiy yangiliklarga taalluqli tarkibiy qismlarni allaqachon o‘z ichiga oladi. Xulosa: differensial davo-tashxislash algoritmini joriy etish karotid stenozli bemorlarda davolash taktikasini ratsionallashtirish, gospitalizatsiya muddatlarini qisqartirish va tibbiy yordam samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.