Ibragimov Xamidbek Jumaniyazovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xususiy tijorat banklarida resurs bazasi samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Iqt6922
Ilmiy rahbar: Sabirov Mirza Qilichbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Norova Nozima Nabievna iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy tijorat banklarida resurs bazasi samaradorligini oshirish yo‘llari yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy tijorat banklarida depozit muddati va mijozlar segmentidan kelib chiqib foiz stavkalarini tabaqalashtirish orqali depozit bazasi barqarorligini ta’minlash taklifi ishlab chiqildi;
xususiy tijorat banklarida depozit mablag‘lari hajmini yillik 10-12 foizga oshirish hamda xususiy kapitalni har yili 8-10 foizdan kam bo‘lmagan darajada mustahkamlash orqali resurs manbalari tarkibini diversifikatsiya qilish, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
xususiy tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar ko‘rsatkichini aktivlarga nisbatan 1,8-2,5 foiz chegarasida ushlab turish orqali aktivlar sifati va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, buning natijasida resurs bazasining yillik 7-10 foizgacha barqaror kengayishi hamda kreditlash faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyati asoslangan;
xususiy tijorat banklarining resurs bazasini shakllantirish va undan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik ekonometrik model asosida baholanib, bank resurslari hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xususiy tijorat banklarida resurs bazasi samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xususiy tijorat banklarida depozit muddati va mijozlar segmentidan kelib chiqib foiz stavkalarini tabaqalashtirish orqali depozit bazasi barqarorligini ta’minlash taklifi joriy qilindi (ATB “Kapitalbank”ning 2025-yil 25-dekabrdagi № 05-18/25440-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning natijasida, ATB “Kapitalbank”da 2025-yilda 2024-yilga nisbatan jami depozitlar hajmi 7 691 mlrd so‘mga, jami aktivlar hajmi 10 192 mlrd so‘mga, xususiy kapital hajmi esa 1 792 mlrd so‘mga oshdi;
xususiy tijorat banklarida depozit mablag‘lari hajmini yillik 10-12 foizga oshirish hamda xususiy kapitalni har yili 8-10 foizdan kam bo‘lmagan darajada mustahkamlash orqali resurs manbalari tarkibini diversifikatsiya qilish, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi joriy qilindi (ATB “Kapitalbank”ning 2025-yil 25-dekabrdagi № 05-18/25440-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, ATB “Kapitalbank”da 2025-yilda 2024-yilga nisbatan xususiy kapital hajmi 38,60 foizga, jami aktivlar hajmi 13,39 foizga va majburiyatlar hajmi 10,60 foizga oshib, bank resurs bazasining barqarorligi va moliyaviy mustahkamligi ta’minlandi;
xususiy tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar ko‘rsatkichini aktivlarga nisbatan 1,8-2,5 foiz chegarasida ushlab turish orqali aktivlar sifati va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, buning natijasida resurs bazasining yillik 7-10 foizgacha barqaror kengayishi hamda kreditlash faoliyati samaradorligini oshirish taklifi joriy qilindi (ATB “Kapitalbank”ning 2025-yil 25-dekabrdagi № 05-18/25440-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning natijasida, ATB “Kapitalbank”da, 2025-yilda 2024-yilga nisbatan jami aktivlar hajmi 5 498,8 mlrd so‘mga, kredit portfeli 4 997,8 mlrd so‘mga, xususiy kapital hajmi esa 999,2 mlrd so‘mga oshdi;
xususiy tijorat banklarida resurs bazasini shakllantirish va undan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida bank resurslari hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari ATB “Kapitalbank” tomonidan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, depozit bazasi va xususiy kapital manbalarini rejalashtirish hamda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (ATB “Kapitalbank”ning 2025-yil 25-dekabrdagi № 05-18/25440-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi bankning uzoq muddatli istiqboldagi resurs hajmini aniqlashtirish, depozitlar va xususiy kapital o‘sish ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish hamda resurs bazasi barqarorligini oshirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish