Aminova Niginabonu Baxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Logistika sohasini rivojlantirishda moliya mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6388
Ilmiy rahbar: Bakieva Iroda Abdushukurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.1.42.02
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Ravshan Ramazonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Abdurahmonov Ilyos Xurshidovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida logistika sohasini rivojlantirishda moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qo‘llagan holda harakat tarkibi parki — vagonlar, lokomotivlar, avtotransport vositalari, refrijerator konteynerlar, daryo va havo kemalarini yangilash uchun mahalliy transport korxonalariga shart-sharoit yaratish va ularni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini jalb etish ko‘lamini kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlarining zamonaviy tarmog‘ini shakllantirish taklifi ishlab chiqilgan;
multimodal tamoyilni maksimal darajada amalga oshirish imkonini beruvchi logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish, 3PL va undan yuqori formatda xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik milliy transport operatorlari tashkil etilishini rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hisobiga tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, tashqi bozorlarga yuklarni etkazib berish muddatlarini qisqartirish, transport-logistika xarajatlarini maqbullashtirish taklifi etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Logistika sohasini rivojlantirishda moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qo‘llagan holda harakat tarkibi parki — vagonlar, lokomotivlar, avtotransport vositalari, refrijerator konteynerlar, daryo va havo kemalarini yangilash uchun mahalliy transport korxonalariga shart-sharoit yaratish va ularni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarori 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 4-bob “Transport-logistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlari”ning “Logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish” 2-paragrafi 4-bandida hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi №2/09-27-ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash asosida yangi va zamonaviy harakat tarkibi esa hayot sikli davomida kamroq ekspluatatsion xarajatlar va yuqori texnik ishonchlilikni 12 foizga ta’minlash hamda bandlik darajasini qariyb 26 foizga oshirish imkonini berishi aniqlangan;
tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini jalb etish ko‘lamini kengaytirish hamda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash asosida transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlarining zamonaviy tarmog‘ini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi №2/09-27-ma’lumotnomasi). Mavjud moliyaviy resurslarning cheklanganligi sharoitida tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish qariyb 12 ta infratuzilma loyihalarini uzluksiz va barqaror amalga oshirish imkoniyatini yaratishi, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish (raqamli logistika, intellektual transport tizimlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv platformalari) transport xizmatlari samaradorligini 26 foizga oshirish, tranzaksiya xarajatlarini 14 foizga kamaytirishga xizmat qilishi hisoblab berilgan;
multimodal tamoyilni maksimal darajada amalga oshirish imkonini beruvchi logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish, 3PL va undan yuqori formatda xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik milliy transport operatorlari tashkil etilishini rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi №2/09-27-ma’lumotnomasi). Yirik milliy operatorlar mamlakatning tranzit imkoniyatlarini samarali boshqarishi va xalqaro yuk oqimlarining ko‘payishi oqibatida tranzitdan tushadigan to‘lovlar hamda xizmatlar orqali davlat va xususiy sektor daromadini 1,2 foizga oshirish imkonini berishi aniqlangan;
xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish hisobiga tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, tashqi bozorlarga yuklarni etkazib berish muddatlarini qisqartirish, transport-logistika xarajatlarini maqbullashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 23-yanvardagi №2/09-27-ma’lumotnomasi). Logistika infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro transport yo‘nalishlarini samarali tashkil etish va ularning xarajatlarini 18 foizga kamaytirish orqali amalga oshirilishi qayd etilgan.