Safaev Javohir Omanbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.11 – Parlament huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Yu1988.
Ilmiy rahbar: Davlyatov Valisher Xakimjanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/2025.27.12.Yu.01.02
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Yakubov Shuhrat Ummatalievich; yuridik fanlar doktori, professor Zulfiqorov Sherzod Xurramovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Qonunchilik palatasining ijro hokimiyati ustidan olib boradigan nazorat faoliyatini nazariy-konseptual va huquqiy jihatdan kompleks tadqiq etish, uning amaldagi institutsional-tashkiliy mexanizmlari samaradorligini baholash hamda sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslantirilgan me’yoriy va amaliy tavsiyalar majmuini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
parlament nazorati obektlari doirasidan xo‘jalik boshqaruvi organlarini chiqarib tashlash zarurligi birinchi marta ilmiy asoslab berilgan hamda ushbu taklif parlament nazoratining konstitutsiyaviy chegaralarini aniq belgilashga xizmat qilishi isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga davlat budjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatini berish zarurligi ilmiy jihatdan asoslangan hamda bu orqali parlamentning moliyaviy nazorat funksiyasi mustaqil institut sifatida shakllantirilishi taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasining faoliyati to‘g‘risida ma’ruza taqdim etishi parlament nazoratining tizimliligi va muntazamligini ta’minlovchi yangi mexanizm sifatida ilmiy asoslab berilgan;
davlat organlari rahbarlarining axborotlarini parlament qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra eshitish tartibini joriy etish parlament nazoratining subektiv doirasini kengaytiruvchi va qo‘mitalarning mustaqilligini kuchaytiruvchi huquqiy mexanizm sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
parlament nazorati obektlaridan xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini chiqarib tashlash zarurligi haqidagi takliflardan 2024-yil 19-fevraldagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-909-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 11-moddasi birinchi qismi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 6-maydagi №3/dn-88-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi parlament nazorati obektlari doirasini aniqlashtirish va uni yangi Konstitutsiya normalariga muvofiqlashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolati etib belgilash zarurligi haqidagi takliflardan O‘RQ-909-son Qonun 11-moddasi birinchi qismi 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 6-maydagi №3/dn-88-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi Qonunchilik palatasining moliyaviy nazorat vakolatlarini mustahkamlash va davlat budjetidan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini Qonunchilik palatasiga taqdim etish tartibini belgilash haqidagi takliflardan O‘RQ-909-son Qonun 11-moddasi birinchi qismi 4-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 6-maydagi №3/dn-88-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi hukumat faoliyati ustidan parlament nazoratining tizimliligini ta’minlash va ijro hokimiyatining hisobdorligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish masalasini parlament qo‘mitalari tashabbusiga ko‘ra ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratish haqidagi takliflardan O‘RQ-909-son Qonun 11-moddasi birinchi qismi 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 6-maydagi №3/dn-88-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi parlament qo‘mitalarining mustaqil nazorat subektlari sifatidagi maqomini mustahkamlash va parlament nazoratining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish