Ismoilov Jahongir Abduvohid o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy tahlili, 09.00.04 – Ijtimoiy-falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal1307
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02.
Ilmiy rahbar: Saitkasimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Kudratovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Turaev Abdunabi Rustamovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. ichki ishlar organlarida jamoatchilik bilan aloqalarini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish hamda uni takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik bilan aloqalar jarayoni jamiyatning barcha tizimlari o‘rtasida konstruktiv muloqotga asoslangan ijtimoiy integrativ munosabat va strategik maqsadlarga erishishda qulay omil ekanligi isbotlangan;
jamoatchilik bilan aloqalarni yuksaltirishning ijtimoiy hayotga tahdidlar va destruktiv ta’sirlarni oldini olishning permanent omillarining ichki ishlar tizimi bilan determinant jarayonlarini ijtimoiy-falsafiy jihatlari tadqiq etilgan;
jamoatchilik bilan aloqalar fenomenining ijtimoiy munosabatlarning muhim atributi sifatida ichki ishlar tizimi faoliyati samaradorligiga pozitiv ta’siri, tizimning professional imidjini shakllantirishda regulyativ funksiyasi asoslangan;
jamoatchilik bilan aloqalarni sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tarish ichki ishlar organlarining aholiga ochiqlik, shaffoflik, o‘zaro hurmat, xolislik, o‘zaro tushunish va hamkorlik asosida xizmat qilish tamoyillarini vujudga keltirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mamlakatimizda ichki ishlar organlarida jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy mexanizmlarini tadqiq etish asosida:
jamoatchilik bilan aloqalar fenomenining ijtimoiy munosabatlarning muhim atributi sifatida ichki ishlar tizimi faoliyati samaradorligiga pozitiv ta’sir ko‘rsatishi, tizimning professional imidjini shakllantirishda regulyativ funksiyaga egaligi borasidagi xulosa va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2024-yilga mo‘ljallangan “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari” deb nomlangan saylovoldi dasturining birinchi yo‘nalishi “Huquqiy davlat barpo etish – oliy maqsadimiz” bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2025-yil 3-fevraldagi 01-05/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining keng jamoatchilik bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishda mavjud muaommolarni bartaraf qilish, bu jarayonda jamoatchilik faolligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish hamda xalqimiz e’tiboriga targ‘ibot va tashviqot orqali yetkazishda tegishli yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
jamoatchilik bilan aloqalarni sifat jihatidan yuqori darajaga ko‘tarish ichki ishlar organlarining aholiga ochiqlik, shaffoflik, o‘zaro hurmat, xolislik, o‘zaro tushunish va hamkorlik asosida xizmat qilish tamoyillarini vujudga keltirishi isbotlanganligiga doir ilmiy taklif-tavsiyalaridan Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2024-yilda efirga uzatilgan “Inson qadri”, “Bunyodkorlik”, “Yoshlar siyosati amalda”, “Vodiylarni yayov kezganda”, “Mahallada ko‘rishguncha” deb nomlangan turkum ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarining dastur ssenariysini tuzishda hamda ijodiy chiqishlarini ilmiy-g‘oyaviy tashkillashtirishda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 6-yanvardagi 4/13-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi o‘rtasida jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy madaniyat targ‘iboti borasida muhim natijalarga erishilgan;
jamoatchilik bilan aloqalarni yuksaltirishning ijtimoiy hayotga tahdidlar va salbiy ta’sirlarni oldini olishning permanent omillarini ichki ishlar tizimi bilan determinat jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy jihatlari tadqiq etilganligi borasidagi taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ustavining
2-3 bandini shakllantirishda, jamoatchilik bilan aloqalar va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2024-yil 13-fevraldagi JS/01-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolar va tashkilotlar bilan jamoatchilik aloqalarini mustahkamlash, axborot almashishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurash ishlarni olib borishga konstruktiv asosda xizmat qilgan;
jamoatchilik bilan aloqalar jarayoni jamiyatning barcha tizimlari o‘rtasida konstruktiv muloqotga asoslangan ijtimoiy integrativ munosabat va strategik maqsadlarga erishishda qulay omil ekanligi isbotlanganligiga doir taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliy vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 2-apreldagi 68-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bojxona organlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha” chora-tadbirlar rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliy vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2025-yil 8-iyuldagi 06-05/8-8372-son ma’lumotnomasi). Natijada, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda huquqbuzarliklarga, shu bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashida jamoatchilik bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish