Toshxo‘jaev Alisher Ulxo‘jaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namlangan lessli zaminlar faol qatlam chuqurligining zilzila ta’sirida o‘zgarishi», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar va er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T248.
Ilmiy rahbar: Rasulov Xayat Zoirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Bekmirzaev Diyorbek Abdug‘aporovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuchli zilzilalar ta’sirida namlangan lyoss gruntlarda yuzaga keluvchi o‘ta cho‘kish deformatsiyasini aniqlash usulini gruntning quyqalanishi chegaralarini hisobga olish hisobiga takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
namlangan lyosslarning tebranishi jarayonida quyqalanish qatlami yuzaga kelishi va uning vaqt davomida o‘zgarishiga ta’sir etuvchi gruntning zichlik-namlik ko‘rsatkichlari, mustahkamlik xossalari, qatlam qalinligi, zilzilaning ta’sir kuchlari aniqlangan;
to‘la namlangan lyosslarda quyqalanish qatlamining dastlabki chegarasini aniqlash ifodasi ishlab chiqilgan;
quyqalanish qatlami chegarasining tebranish jarayonida vaqt bo‘ylab o‘zgarishini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
quyqalanish qatlami chegarasining o‘zgarishiga asosiy ta’sir etuvchi dinamik bosim nazariyasi dinamik zichlanish koeffisientiga bog‘liq omillarni aniqlash hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namlangan lyossli zaminlar faol qatlam chuqurligining zilzila ta’sirida o‘zgarishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
namlangan lyosslarning tebranishi jarayonida quyqalanish qatlami yuzaga kelishi va uning vaqt davomida o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosidagi Piskom gidroelektrostansiyasini va Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Qodiriy gidroelektrostansiyasini qurishda joriy etilgan (“O‘ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/964-son ma’lumotnomasi). Natijada seysmik mustahkamlik usuli binolar va gidrotexnika inshootlarining seysmik turg‘unligini ta’minlashni kengaytirish imkoniyatlarini yaratgan;
to‘la namlangan lyosslarda quyqalanish qatlamining dastlabki chegarasini aniqlash usuli “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosidagi Piskom Gidroelektrostansiyasi va Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Qodiriy gidroelektorstansiyasini qurishda joriy etilgan (“O‘ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/964-son ma’lumotnomasi). Natijada zilzila ta’sirida gruntni quyqalanishiga qarshi chora-tadbir belgilashda faol qatlamning dastlabki chegarasi(L0)ni aniqlash inshootning mustahkamligini oshirishga katta hissa qo‘shgan;
quyqalanish qatlami chegarasining tebranish jarayonida o‘zgarishini baholash usuli “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosidagi Piskom gidroelektrostansiyasi va Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Qodiriy gidroelektrostansiyasini qurishda joriy etilgan (“O‘ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/964-son ma’lumotnomasi). Natijada zilzila chuqurliklarni aniq va to‘g‘ri belgilash inshoot turg‘unligini ta’minlashga erishilgan;
quyqalanish qatlami chegarasining o‘zgarishiga asosiy ta’sir etuvchi dinamik bosim nazariyasi dinamik zichlanish koeffisientiga bog‘liq takomillashtirilgan hisobi “Gidroproekt” AJ loyiha instituti tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Piskom daryosidagi Piskom gidroelektrostansiyasi va Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Qodiriy gidroelektrostansiyasini qurishda joriy etilgan (“O‘ZBEKGIDROENERGO” AJning 2019 yil 2 maydagi 03-18/964-son ma’lumotnomasi). Natijada zilzila chuqurliklarni aniq va to‘g‘ri belgilash nafaqat inshoot turg‘unligini, balki qo‘llaniladigan tadbirning nafi va iqtisodiy samaradorligini ta’minlash bilan bog‘liqligi aniqlangan.