Qudratov Anvar Ergashevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nomukammal elastik sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan ko‘ndalang tebranishlari ustuvorligini tekshirish” 01.02.01 – Nazariy mexanika(fizika - matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/FM1507
Ilmiy rahbar: Xodjabekov Muradjon Usarovich fizika - matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM/T.16.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azamat Xaitovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Manglieva Juragul Hamraqulovna, fizika - matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kinematik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi nomukammal elastik sterjenlarning elastik dempferlovchi elementlari gisterezis tipidagi dissipativ xarakteristikali dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarini ustuvorligini tekshirish metodikalari va sonli hisoblashlar algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
tebranishlardan himoyalanuvchi nomukammal elastik xarakteristikali sterjenning ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarida qo‘zg‘atilmagan va qo‘zg‘atilgan harakat tenglamalari hosil qilingan;
garmonik qo‘zg‘alishlar ta’siridagi nomukammal elastik xarakteristikali sterjen va elastik dempferlovchi elementlarining gisterezis tipidagi dissipativ xarakteristikalarini hisobga olgan holda dinamik so‘ndirgichlarning birgalikdagi ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarini ustuvorligi tekshirilgan, ustuvorlik shartlari, sohalari hamda chegaralari aniqlangan;
gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikalarini hisobga olgan holda tor va keng yo‘lakli tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi sterjenning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang chiziqlimas tebranishlarida ko‘chishlar hamda asos tezlanishlarining o‘rtacha kvadratik qiymatlarini analitik ko‘rinishda aniqlash metodikalari ishlab chiqilgan;
garmonik va tasodifiy qo‘zg‘alishlar ta’siridagi sterjenning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarida ustuvorlik chegaralari va sohalarini aniqlashning sonli algoritmi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nomukammal elastik sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan ko‘ndalang tebranishlari ustuvorligini tekshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sterjenning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi statsionar ko‘ndalang tebranishlari ustuvorligini tekshirishning sonli tahlil etish algoritmi Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksryasi” davlat korxonasida transport vositalarinig sterjen shaklidagi qismi (stabilizator shtangi) tebranishlari va ustuvorligini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 25.06.2026 yildagi №4/5790 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, garmonik ta’sirlardagi transport vositalari qismlarining tebranishlari ustuvorligini tekshirishga erishilgan, zararli tebranishlarni kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha mahkamlanishlardan tashqari dinamik so‘ndirgichlarni qo‘llash samarador ekanligi tasdiqlangan, dinamik so‘ndirgichlarni qo‘llanilishi tebranishlar amplitudasini o‘rnatilish nuqtalariga va tebranishlar formalariga qarab o‘rtacha 24 foizdan 58 foizgacha kamaytirilishiga olib kelgan.
garmonik qo‘zg‘alishlar ta’siridagi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali sterjen va dinamik so‘ndirgichlarning birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarini ustuvorlik chegaralari va sohalarini aniqlashning sonli algoritmidan hamda garmonik qo‘zg‘alishlar ta’siridagi gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali sterjen va dinamik so‘ndirgichlarning birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlari ustuvorligini tekshirish metodikasidan Toshkent davlat transport universitetida davlat dasturlari doirasida 2022-2023 yillarda bajarilgan AL-28/2022-sonli “Real seysmik ta’sirlarda temiryo‘l ko‘priklari elementlarining nochiziqli o‘zaro ta’sirini hisobga olib hisoblash dasturlari kompleksini yaratish” amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 01.06.2026 yildagi № 04-01/4441 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozit va noelastik materialli konstruksiya elementlarining harakatini ustuvorligini tekshirish va chegaralarini sonli tahlil etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish