Xamraev Atadjan Karimovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Orol bo‘yi mintaqasida silga qarshi xizmatni sil kasalligining doriga bardoshli shakllarining tarqalganligini inobatga olgan holda takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 14.00.33–jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /tibbiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib515
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asadov Damin Abduraximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 16.07.2013.Tib.19.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sil kasalligining dori vositalariga bardoshli shakllarining tarqalganligini inobatga olgan holda silning dori vositalariga bardoshli shakllarini aniqlash va davolash usullari samaradorligini oshirish hamda silga qarshi xizmatni tashkil etish bo‘yicha samarali yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi sil bo‘yicha murakkab epidemiologik vaziyat uning doriga bardoshli shakllari tarqalish darajasi yuqoriligi bilan bog‘liq ekani isbotlab berilgan;
silning oilaviy o‘choqlari uzoq muddat saqlanib qolishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillar o‘choqlardagi kasallik manbasining doriga bardoshligi, sanitar-gigienik sharoitlarning qoniqarsizligi va ularda olib borilayotgan profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlarining tashkiliy jihatdan muayyan vaziyatga nomutanosibligi sababli ekani aniqlangan;
silga chalingan bemorlar davolash jarayonini ambulator sharoitda tashkil qilishning mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan yondashuvlari ishlab chiqilgan;
sil kasalligining DS va DB shakllariga chalingan bemorlar davolash jarayonini ambulator sharoitda muvaffaqiyatli tashkil qilish mumkinligi isbotlangan;
sil kasalligining DB shakllariga chalingan bemorlarni aniqlashning molekulyar genetik usuli “oltin standart” usuli bilan solishtirish negizida tashkiliy jihatdan uning Qoraqalpog‘iston sharoitida qo‘llash mumkinligi va maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
silning DB shakliga chalingan bemorlarni shifoxonada davolash jarayonida doriga bardoshlik darajasining o‘sishi va uning shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalishi sil mikobakteriyalari (SMB) shtammlari genetik tahlili asosida isbotlab berilgan va tibbiyot muassasalari xodimlariga yuqish xavf omillari aniqlangan;
mavjud silga qarshi shifoxona o‘rinlari quvvati ehtiyojdan ortiqligi aniqlanib, silga qarshi shifoxonalar tarmog‘i va ulardagi o‘rinlar sonini optimallashtirish zarurligi isbotlangan;
aholiga silga qarshi yordam ko‘rsatishning tashkiliy tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Dissertatsiyaningamaliyotgajoriyetilganilmiynatijalari:
Silning doriga sezuvchanligini ekspress molekulyar testni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan diagnostik va davolash algoritmi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davolash profilaktika muassasalari amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 16 yanvardagi 8k-2/39-sonli xati; Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 30 noyabrdagi 298-sonli buyrug‘i);
«Davolash-profilaktika muassasalarida silga qarshi infeksion nazorat bo‘yicha qo‘llanma» davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalari faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 12.05.2012 yildagi xulosasi); Buning natijasida sil kasalligining bemorlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi shifoxona ichi infeksiyasi sifatida tarqalish xavfini 40 foizga kamaytirishga erishilgan;
sil kasalligini birlamchi tibbiyot bo‘g‘in muassasalarida barvaqt aniqlash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar «Nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash» mavzusidagi uslubiy qo‘llanma»ga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (2010 yil 12 iyul`);
«Silga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolash uchun tanlab olish mezonlari» to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 3 fevraldagi 39-sonli buyrug‘i bilan 8 ta tuman va shahar hududidagi silga qarshi va birlamchi tibbiy yordam muassasalari amaliyotiga joriy qilingan. Ilmiy natijalarning joriy etilishi sil kasalligini davolashga ixtisoslashgan shifoxona o‘rinlarini 25 foizga qisqartirgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 16 yanvardagi 1/28-sonli xati);
«Sil kasalligining dori vositalariga ko‘p bardoshli shakllarini
(SK-DVKB) davolashni tashkil qilish bo‘yicha qo‘shma konsilium to‘g‘risidagi Qoida», «Bolalar va o‘smirlarda SK-DVKB shakllarini davolashni tashkil qilish to‘g‘risidagi Qoida», «SK-DVKB shakllari bilan davolanayotgan bemorlarni ambulator davolashga erta chiqarish mezonlari to‘g‘risidagi Qoida», «SK-DVKB shakllarining DOTS Plyus dasturida davolashni noxush natija bilan yakunlagan bemorlarni palliativ davolash bo‘limi to‘g‘risidagi Qoida» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2.12.2011 yil 02 dekabrdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va hududdagi davolash-profilaktik va sanitariya-epidemiologiya muassasalari faoliyatida qo‘llanilgan;
«Silni barvaqt aniqlash va ambulator sharoitlarda davolashning umumlashtirilgan tajribasi, uning o‘choqlarini doriga bardoshlik profilini inobatga olgan holda tasniflash, silga chalingan bemorlarni palliativ davolash qoidasi» O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2014 yil 24 oktyabrdagi «Silga qarshi xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 383-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan.