Aknazarova Zebinso Bagdadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruv faoliyatida madaniyat va rahbarlik uslublaridan foydalanish masalalari” (Tikuv-trikotaj korxonalari misolida)), 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5849.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaev Lutfulla Xabibullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti,  PhD.03/2025.27.12.I.15.07.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Muhammadjon Xalilovich iqtisodiyot fanlari doktori, (DSc), dotsent,  Xonkeldieva Go‘zal Sherovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv madaniyatini rivojlantirish va rahbarlikda u bilan bog‘liq uslublarni qo‘llash  bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: uslubiy yondoshuvga ko‘ra “tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublaridan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni rahbarlik qarorlarining mehnat unumdorligi, tannarxni boshqarish, xodimlar natijadorligi, foydalilik va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasiga ta’sirini ifodalovchi iqtisodiy-boshqaruv jarayoni sifatida takomillashtirilgan;
tikuv-trikotaj korxonalarning boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublaridan foydalanish samaradorligi baholash boshqaruv va rahbarlik samaradorligi indeksi (BRSI)ning “yuqori samaradorlik” (0,8 ≤ BRSIyuq. ≤ 1,0), “barqaror samaradorlik” (0,6 ≤ BRSIbarq. ≤ 0,79), “o‘rtacha samaradorlik” (0,4 ≤ BRSIo‘rta. ≤ 0,59), “past samaradorlik” (0,20 ≤ BRSIo‘rta. ≤ 0,39) va “kritik samaradorlik” (0 ≤ BRSIkrit. ≤ 0,19) chegaraviy qiymatlari belgilash asosida takomillashtirilgan; 
tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublaridan samarali foydalanish vaziyatli-mezonli yondashuvi asosida “direktiv-avtokratik” (0-0,39), “aralash”     (0,40-0,59), “demokratik uslub” (0,60-0,79) hamda    “delegativ-innovatsion” (0,80-1,0) rahbarlik uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
“Tekstil libos” MChJning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar asosiy ko‘rsatkichlarining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
uslubiy yondoshuvga ko‘ra “tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublaridan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni rahbarlik qarorlarining mehnat unumdorligi, tannarxni boshqarish, xodimlar natijadorligi, foydalilik va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasiga ta’sirini ifodalovchi iqtisodiy-boshqaruv jarayoni sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublarining korxona iqtisodiy natijalariga ta’sirini anglash, rahbarlik qarorlarini mehnat unumdorligi, tannarx, foydalilik va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari orqali baholash bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
tikuv-trikotaj korxonalarning boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublaridan foydalanish samaradorligi baholash boshqaruv va rahbarlik samaradorligi indeksi (BRSI)ning “yuqori samaradorlik” (0,8 ≤ BRSIyuq. ≤ 1,0), “barqaror samaradorlik” (0,6 ≤ BRSIbarq. ≤ 0,79), “o‘rtacha samaradorlik” (0,4 ≤ BRSIo‘rta. ≤ 0,59), “past samaradorlik” (0,20 ≤ BRSIo‘rta. ≤ 0,39) va “kritik samaradorlik” (0 ≤ BRSIkrit. ≤ 0,19) chegaraviy qiymatlari belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga  joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 15-iyundagi 01-06-30-5985-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida “Tekstil libos” MChJda BRSI indeksi 61,3%ga etgani aniqlanib, boshqaruv va rahbarlik samaradorligi 39,3%ga yaxshilangan. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi 95,0%ga oshgan, tannarx sig‘imi 90,68%ga pasaygan va tannarx rentabelligi 7,27%ga ko‘tarilgan;
tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv madaniyati va rahbarlik uslublaridan samarali foydalanish vaziyatli-mezonli yondashuvi asosida vaziyatga mos rahbarlik uslubi                  “direktiv-avtokratik” (0-0,39), “aralash rahbarlik uslubi”  (0,40-0,59), “demokratik uslub”      (0,60-0,79) hamda “delegativ-innovatsion rahbarlik uslublari” (0,80-1,0) mezonlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 15-iyundagi 01-06-30-5985-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tikuv-trikotaj korxonalarida boshqaruv madaniyatining shakllanganlik darajasini aniqlash hamda korxonaning iqtisodiy-boshqaruv holatiga mos rahbarlik uslubini tanlash imkoniyati yaratilgan. Bu esa tikuv-trikotaj korxonalarda rahbarlik qarorlarini vaziyatga mos ravishda qabul qilish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, ichki boshqaruv intizomini kuchaytirish va xodimlar ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
 “Tekstil libos” MChJning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan hududiy boshqarmasi tomonidan “Yanteks” MChJni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston   Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 15-iyundagi 01-06-30-5985-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tikuv-trikotaj korxonalarining   2030-yilga qadar rivojlanish yo‘nalishlarini prognozlash, ishlab chiqarish hajmi, mehnat resurslari, tannarx va quvvatdan foydalanish bo‘yicha maqsadli parametrlarni belgilash imkoniyati yaratilgan. Bu esa “Yanteks” MChJni rivojlantirish dasturida boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslangan prognoz natijalariga tayangan holda shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish