Elmurodova Dilnoza Shuhrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (kimyo yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10381.
Ilmiy rahbar: Shodieva Matlyuba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti bilan hamkorlikda.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/2025.27.12.T.02.06.
Rasmiy opponentlar: Shernazarov Iskandar Ergashovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv va kognitiv faoliyatning muammoli ta’lim mazmuni bilan optimal loyihalash hamda talabalarning kollabaratsiya-kooperatsiya va dispozisiyasi imkoniyatlarini mustaqil, kreativ, analitik va reflektiv fikrlash shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida kimyo faniga oid tushunchalarni o‘qitishda talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli tanqidiy fikrlashning asosiy elementlari, funksiyalari, komponentlari integratsiyasini tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning kognitiv, analitik, shaxsiy, faoliyat, refleksiv tuzilmasiga proektiv moslashtirish orqali ierarxik transformatsiyalash, tanqidiy fikrlash va muammoli ta’lim texnologiyalarining konseptual, kategorik va konstruktiv korrelyasiyasi hamda “Muammoli ta’limda tanqidiy fikrlash” nomli mobil ilova imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida kimyo faniga oid tushunchalarni o‘qitishda talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi loyihalash, dizaynlash, modellashtirish, ishlab chiqish, amalga oshirish, baholash-analitik, qayta aloqa algoritmi va muammoli darsni tashkil qilish bosqichlarining proporsional bog‘liqligini tadrijiy rivojlantirish orqali munozara, integratsiyalash, evristik vazifalar, guruhlar ishini tashkil qilish jarayonlariga muammoli vazifalarda ishtirok etishning axborotlar bilan ishlash, kreativ, tahlil qilish, kognitiv faoliyatini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kimyo fanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining (qiymat-motivatsion, intellektual-kognitiv, analitik-kreativ) rivojlanganligi produktiv, qisman-izlanishli, kreativ darajalarini motivatsiya, anglash va fikrlash, mulohaza kabi baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quv va kognitiv faoliyatning muammoli ta’lim mazmuni bilan optimal loyihalash hamda talabalarning kollabaratsiya-kooperatsiya va dispozisiyasi imkoniyatlarini mustaqil, kreativ, analitik va reflektiv fikrlash shakllariga bosqichma-bosqich adaptiv uyg‘unlashtirish asosida rivojlantirilganligiga oid tavsiyalar asosida “Kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 396138-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida kimyo faniga oid tushunchalarni o‘qitishda talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli tanqidiy fikrlashning asosiy elementlari, funksiyalari, komponentlari integratsiyasini tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning kognitiv, analitik, shaxsiy, faoliyat, refleksiv tuzilmasiga proektiv moslashtirish orqali ierarxik transformatsiyalash, tanqidiy fikrlash va muammoli ta’lim texnologiyalarining konseptual, kategorik va konstruktiv korrelyasiyasi hamda “Muammoli ta’limda tanqidiy fikrlash” nomli mobil ilova imkoniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 396138-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasining oshirilishiga sharoit yaratilgan;
muammoli ta’lim texnologiyalari asosida kimyo faniga oid tushunchalarni o‘qitishda talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi loyihalash, dizaynlash, modellashtirish, ishlab chiqish, amalga oshirish, baholash-analitik, qayta aloqa algoritmi va muammoli darsni tashkil qilish bosqichlarining proporsional bog‘liqligini tadrijiy rivojlantirish orqali munozara, integratsiyalash, evristik vazifalar, guruhlar ishini tashkil qilish jarayonlariga muammoli vazifalarda ishtirok etishning axborotlar bilan ishlash, kreativ, tahlil qilish, kognitiv faoliyatini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 396138-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari va uni amalga oshirish metodikasini takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
kimyo fanini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining (qiymat-motivatsion, intellektual-kognitiv, analitik-kreativ) rivojlanganligi produktiv, qisman-izlanishli, kreativ darajalarini motivatsiya, anglash va fikrlash, mulohaza kabi baholash mezonlari asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026-yil 5-martdagi 02/01-01-153-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanganligini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.