Karimova Feruza Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “talabalarning kasbiy kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3564.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.02. 
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Mirzaeva Farog‘at Odiljonovna, pedagogika fanlari doktori professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish didaktik imkoniyatlari ta’limga oid vazifalarni simulyasion modellashtirish, diagnostik motivatsion, kognitiv komponentlar kesimida tizimlashtirish, kasbiy faoliyat modellari va mehnat bozori talablarini virtual simulyasiyalash va natijaviy ta’lim paradigmasiga moslashtirish asosida kengaytirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish modeli motivatsiyaviy, axborotli, tezkorlik va baholovchi komponentlarni mujassamlashtirgan kollaborativ avtometodik tarkibga edukologik integratsion ta’sir ko‘rsatuvchi portfolio texnologiyasi ta’sir etuvchi ichki va tashqi pedagogik omillarni ochiq tizm sifatida integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasi muammoli ta’lim, kollaborativ o‘qitish, loyihalash faoliyati mentorlik muloqot platformasida identifikatsiyalash va refleksiv rivojlanish darajasini didaktik sinergiya yaratish orqali transformatsiyalashgan platformaga aylantirish asosida takomillashtirilgan;
 talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasining samaradorligi o‘quv materiallarini raqamli integrativ modellar va simulyasiya texnologiyalariga ko‘ra integratsiyalashtirish, ta’lim mazmunini ehtiyojlariga yo‘naltirish, virtual texnologiyalarni ta’lim jarayoniga adaptiv, integrativ moslashtirish orqali uyg‘unlashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yondashuv asosida shakllantirishning didaktik imkoniyatlari fanlararo integratsiyalashgan o‘quv topshiriqlarini kasbiy faoliyat mazmuniga kompetensiyaviy yondashuv asosida muvofiqlashtirish, simulyasion modellashtirish va mehnat bozori talablarini raqamli taʼlim muhiti bilan kasbiy-mazmuniy integratsiya orqali uyg‘unlashtirish mezonlari asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Inson resurslarini rivojlantirish va liderlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi 02/01-01-59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy kompetensiyasini innovatsion yondashuv asosida shakllantirishning mazmuni tahlil qilingan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion-pedagogik modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli va baholovchi komponentlarning o‘zaro didaktik integratsiyasi, taʼlim jarayonida portfolio texnologiyalari hamda ichki va tashqi pedagogik omillarning taʼsirchanligini pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmi orqali taʼminlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’lim boshqaruvidagi so‘nggi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-12-27 sanadagi 446-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi 02/01-01-59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion yondashuv asosida talabalarda kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik omillari kengaytirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yondashuv asosida shakllantirish metodikasi muammoli taʼlim, hamkorlikda o‘qitish, loyihaviy faoliyat va mentorlik muloqotini integrativ-pedagogik yondashuv asosida integratsiyalash orqali talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorligi, refleksiv yondashuvi va innovatsion faolligini rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Inson resurslarini rivojlantirish va liderlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr Ruxsatnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi 02/01-01-59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy kompetensiyasini tashkiliy-pedagogik, funksional va faoliyatli yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasining samaradorligi o‘quv materiallarini raqamli integrativ modellar va simulyasiya texnologiyalariga ko‘ra integratsiyalashtirish, ta’lim mazmuni ehtiyojlariga yo‘naltirish, virtual texnologiyalarni ta’lim jarayoniga adaptiv, integrativ moslashtirish va amaliy yo‘riqnomalarni modulli o‘qitish tizim bilan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Ta’lim boshqaruvidagi so‘nggi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-fevraldagi 02/01-01-59-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini innovatsion yo‘nalishni shakllantirish bosqichlari axborot-ma’rifiy, motivatsion-semantik, kasbiy-amaliy, kasbiy-innovatsion aniqlangan va uning shakllanish darajalari innovatsion-yo‘naltirilgan, innovatsion-faol, innovatsion-kasbiy, innovatsion-shaxsiy yondashuvlar samaradorligini oshirish tizimi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish