Tagaev Odil Nurmuminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli texnologiyalar asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped12213.
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.20.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatullaeva Durdona Ravshanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kommunikativ kompetensiyani kasbiy kompetensiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllantirish va rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalar (onlayn platformalar, ko‘p funksiyali o‘quv dasturlari, multimedia resurslari, interaktiv vositalar hamda sun’iy intellekt asosidagi muhitlar)ning didaktik imkoniyatlari funksional mexanizm sifatida asoslab berilgan va ularning o‘quv jarayoniga samarali integratsiyalash yo‘llari aniqlashtirilgan;
talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasining tuzilmaviy modeli raqamli texnalogiyalaridan muvozanatli foydalanish, faoliyatli, kompetentli, innovatsion, integrativ yondashuvlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarining kasbiy kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi “Ekonometrika” fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar muhitida qo‘llashga qaratilgan flipped classroom (teskari dars), self-paced learning (o‘z vaqtida o‘qish), collaborative learning (hamkorlikda o‘qish), kross-disciplinar metodlari asosida takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalar yordamida talabalarda kasbiy kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv, konstruktiv, kollobarotiv, refleksiv), darajalari (reproduktiv - past, produktiv - o‘rta, kreativ - yuqori)ni aniqlashga qaratilgan tashxislash vositalari (testlar, topshiriqlar, laboratoriya ishlari),  uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyot yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarnining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy - metodologik va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash jarayonida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda kasbiy faoliyatdagi muammoni ko‘rish va uning ijobiy echimini topishga qaratilgan lingvistik, kognitiv, amaliy-faoliyatli va moslashuv komponentlardan iborat bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy kommunikativ kompetentligini mazmunini o‘z ichiga olgan “Ekonometrika” nomli darslik tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-son buyrug‘i asosan nashrga tavsiya etilgan, 319609-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash imkonini bergan;
innovatsion xarakterga ega, iqtisodiy loyihalar va mutaxassislik bo‘yicha topshiriqlarini bajarishda bugalteriya dasturlarini o‘z ichiga olgan hamda kasbiy kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantiruvchi dasturiy ta’minotni https://econometrika.vercel.app/index.html platformasi hamda “SMART texnologiyalar asosida o‘qitish uchun dasturiy majmua” nomli dasturiy ta’minoti yaratildi va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk agentligining 2024-yil 27-avgustdagi 42145-raqamli guvohnomasi). Natijada ta’lim jarayonida dasturiy ta’minot talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni raqamli texnologiyalar yordamida rivojlantirishga xizmat qilgan;
tadqiqot jarayonida qo‘yilgan vazifalarni hal etish hamda dastlabki ma’lumotlar va farazlarni tekshirib ko‘rish uchun o‘rganilayotgan muammoga mos “Eksperemental ma’lumotlarni tadqiq qilishda matematik statistika usullarini qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan hamda tadbiq etildi (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2021-yil 27-maydagi 10-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma ta’lim jarayoniga tadbiq qilinib iqtisodchi mutaxassislarnining kasbiy kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish