Kurbanazarov Muratbay Kunnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
Ӏ. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekologik noqulay Janubiy Orol (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hududida yashovchi aholi orasida miopiya kasalligining klinik va kechish xususiyatlari», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: 2018.1.PhD/Tib451.
Ilmiy rahbar: Yusupov Amin Abduazizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Medvedev Mixail Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi); Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va ilmiy ahamiyatga molik.
ӀӀ. Tadqiqotning maqsadi: janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholida o‘zoqni ko‘ra olmaslik (miopiya)ning turli shakllari klinikasi va kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
ӀӀӀ. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
janubiy Orolbo‘yining ekologik yomon mintaqasida yashovchi bemorlarda miopiyaning orttirilgan va tug‘ma shakllarining klinik (ko‘rish o‘tkirligi pasayishi, ko‘ruv maydoni torayishi, refraksiya kuchayishi, ko‘z o‘qi o‘lchami cho‘zilishi, ko‘z tubi asoratlari yuqoriligi) xususiyatlari aniqlangan;
janubiy Orolbo‘yi hududida yashovchi asoratlangan miopiyasi bor bolalar va o‘smirlarda organizmning reaktivligini zayflashtiruvchi ekstraokulyar kasalliklarning turlari (anemiya, nafas yo‘llari, endokrin tizimi kasalliklari, yuqumli kasalliklar) aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabaqalashtirilgan hududlarida tashqi muhitning noqulay omillari (atmosfera havosi va tuproqning ifloslanishi, ichimlik suvi minerallashuvi), turi va ta’sir darajasiga nisbatan bolalar va o‘smirlarda miopiyaning klinik kechishi xususiyatlari, orttirilgan va tug‘ma shakllarining nisbati aniqlangan;
janubiy Orolbuyi mintaqasida atmosfera havosi va ichimlik suvi sifati buzilishi natijasida organizmda hujayra membranalarining shikastlanishi, metabolik jarayonlarning o‘zgarishi, skleraning yupqalashuvi va qon tomirlarda shikastlanishlar rivojlanishining miopiya kelib chiqishiga bilvosita ta’siri isbotlangan;
janubiy Orolbuyi mintaqasida ifloslangan atmosfera havosi tarkibidagi gazlarning nafas olish jarayonida qonga so‘rilishi va gemoglobin (N`) bilan birikmasining miyadagi, ko‘zdagi va barcha tuqimalardagi tomirlarning kislorod bilan to‘yinishiga to‘sqinlik qilishi, atmosfera havosi va miopiyaning yuqori ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan.
ӀV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
janubiy Orolbuyi mintaqasida uzoqni ko‘ra olmaslik (miopiya)ning klinikasi va kechishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida uzoqni ko‘ra olmaslik (miopiya)ning kelib chiqish xavfini erta aniqlash” uslubiy qullanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 8n-r/188-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘zoqni ko‘ra olmaslikning kelib chiqish xavfini erta aniqlash, tashxislash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
“Ekstraokulyar kasalligi bor bolalarda yolg‘on miopiyani davolash usuli” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 fevraldagi 8n-r/51-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ko‘rsatma asosida maktab o‘quvchilarida o‘zoqni ko‘ra olmaslik (miopiya) kasalligini kelib chiqishini ko‘zning akkomodatsiya holati bo‘yicha erta tashxislash va samarali davolash bo‘yicha aniq harakatlar rejasini tuzish va uni amalga oshirish tizimini shakllantirish imkonini bergan;
ekologik noqulay sharoitda yashovchi aholi orasida o‘zoqni ko‘ra olmaslik (miopiya)ni kelib chiqish xavfini erta aniqlash, tashxislash va samarali davolash hamda ko‘zi ojizlik profilaktikasi bo‘yicha olingan xulosalar asosida ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika oftal`mologiya shifoxonasi, Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi maslahat poliklinikasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 16 fevraldagi 8n-d/37-son ma’lumotnomasi), shahar va tuman poliklinikalardagi ko‘z kabinetlari, ta’lim maktablari tibbiy punktlari amaliyotiga joriy etilgan. Olingan tadqiqot natijalari bolalarda uzoqni ko‘ra olmaslik (miopiya) kasalligining kelib chiqishini erta aniqlash, kasallar sonini kamaytirish, davolash va profilaktik yordam sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.