Xudayberdieva Nilufar Mengqobilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda investisiyalaridan foydalanish istiqbollari (qishloq xo‘jaligi korxonalari misolida)”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3790.
Ilmiy rahbar: Xamidova Suluv Yangiboevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iminoxunov Abduqahhor Abduvoxidovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirishda investisiyalardan foydalanish istiqbollari bo‘yicha taklif                va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida texnik modernizatsiyani rag‘batlantirish mexanizmi imtiyozlar, subsidiyalar va moliyaviy yordamlarni faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va rasmiy dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan texnikalarga nisbatan tatbiq etish hamda rasmiy dilerlar reestriga kiritishni bepul amalga oshirish tartibini investisiya rag‘batini kuchaytirish dastagi sifatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnik modernizatsiyasini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan zamonaviy texnikalarni yillik        3 foizdan yuqori bo‘lmagan lizing marjasi bilan 10 yilgacha muddatda jalb qilish tartibini joriy etish hamda import texnikasi uchun amaldagi bojxona boji                   va utilizatsiya yig‘imi imtiyozlarini mazkur lizing mexanizmi bilan integratsiyalash orqali dastlabki investisiya yukini kamaytirish va ekspertbop ishlab chiqarishni texnik jihatdan tezroq yangilash taklifi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida texnik modernizatsiyani rag‘batlantirish mexanizmi import qilinadigan zamonaviy texnika turlari bo‘yicha amaldagi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi imtiyozlaridan, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar uchun er solig‘i       va mol-mulk solig‘i stavkalarini 50 foizga kamaytirish tartibini texnika ta’minoti infratuzilmasini arzonlashtirish vositasi sifatida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda yashil investisiyalarning qishloq xo‘jaligidagi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida innovatsion investisiya yo‘nalishlarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishda investisiyalardan foydalanish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligida texnik modernizatsiyani rag‘batlantirish mexanizmi imtiyozlar, subsidiyalar va moliyaviy yordamlarni faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar va rasmiy dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan texnikalarga nisbatan tatbiq etish hamda rasmiy dilerlar reestriga kiritishni bepul amalga oshirish tartibini investisiya rag‘batini kuchaytirish dastagi sifatida qo‘llash asosida takomillashtirish¬¬ bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son Qarori talablari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, amaliyotga joriy etish uchun taqdim etilgan  (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil       6-avgustdagi 05/06-02-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida rag‘batlantirish dastaklarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va rasmiy dilerlar orqali muomalaga chiqariladigan texnikalarga nisbatan tatbiq etish asosida investisiya jarayonlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan; 
qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnik modernizatsiyasini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan zamonaviy texnikalarni yillik        3 foizdan yuqori bo‘lmagan lizing marjasi bilan 10 yilgacha muddatda jalb qilish tartibini joriy etish hamda import texnikasi uchun amaldagi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi imtiyozlarini mazkur lizing mexanizmi bilan integratsiyalash orqali dastlabki investisiya yukini kamaytirish va ekspertbop ishlab chiqarishni texnik jihatdan tezroq yangilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-martdagi PQ-103-son “Agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan taʻminlashni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, amaliyotga joriy etish uchun taqdim etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 6-avgustdagi 05/06-02-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalarining texnik modernizatsiyasini moliyalashtirishda dastlabki investisiya yukini kamaytirish va ekspertbop ishlab chiqarishni texnik jihatdan tezroq yangilash imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligida texnik modernizatsiyani rag‘batlantirish mexanizmi import qilinadigan zamonaviy texnika turlari bo‘yicha amaldagi bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi imtiyozlaridan, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar uchun er solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalarini 50 foizga kamaytirish tartibini texnika ta’minoti infratuzilmasini arzonlashtirish vositasi sifatida qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, amaliyotga joriy etish uchun taqdim etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 6-avgustdagi 05/06-02-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida texnika ta’minoti infratuzilmasini arzonlashtirish orqali qishloq xo‘jaligida texnik modernizatsiyani rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda yashil investisiyalarning qishloq xo‘jaligidagi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida innovatsion investisiya yo‘nalishlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 6-avgustdagi 05/06-02-615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida yashil investisiyalarning qishloq xo‘jaligidagi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar asosida istiqbolda innovatsion investisiyani tartibga solish imkoni yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish