Hamroeva Dilfuza Raxmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlardagi addiktiv xulq psixodiagnostika va psixokorreksiyasi” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1118.
Ilmiy rahbar: Nusratova Mexriniso Baxshilloevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.P.08.10.
Rasmiy opponentlar: Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Mustafoeva Muxlisa Shomurodovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlardagi addiktiv xulq psixodiagnostika va psixokorreksiyasini tadqiq etish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarda addiktiv xulq-atvorning yoshga oid dinamik xususiyatlari empirik jihatdan aniqlanib, 9-sinf o‘quvchilarida kimyoviy bo‘lmagan addiksiya va emotsional-regulyator omillari, 7-sinf o‘quvchilarida esa sotsial-disfunksional omil ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada yuqoriligi statistik jihatdan asoslangan;
o‘smirlarda addiktiv xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar aniqlashtirilib, kimyoviy addiksiyaning spirtli ichimliklar iste’moliga hamda tamaki mahsulotlarini chekishga moyillik bilan, kimyoviy bo‘lmagan addiksiyaning televizor tomosha qilish hamda kompyuter va internetga qaramlik bilan, emotsional-regulyator omilning sevish va sevilish ehtiyoji bilan, sotsial-disfunksional omilning esa umumiy tobelikka moyillik bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqligi empirik jihatdan asoslangan;
o‘smirlarda addiktiv xulq-atvor ko‘rsatkichlarining avtonomiya komponentlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, kimyoviy addiksiyaning xulq-atvor avtonomiyasi, kimyoviy bo‘lmagan addiksiyaning kognitiv avtonomiya, emotsional-regulyator omilning xulq-atvor avtonomiyasi hamda sotsial-disfunksional omilning qadriyatlar avtonomiyasi bilan salbiy korrelyasion aloqalari isbotlangan;
addiktiv xulq-atvorning psixologik moyillik ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro munosabatlari aniqlanib, kimyoviy addiksiyaning sotsial befarqlik, kimyoviy bo‘lmagan addiksiyaning impulsivlik, emotsional-regulyator omilning his-hayajon hamda sotsial-disfunksional omilning muammolardan qochish bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘smirlardagi addiktiv xulq psixodiagnostika va psixokorreksiyasi»ni oʻrganish boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda addiktiv xulq-atvorning yoshga oid dinamik xususiyatlari empirik jihatdan aniqlanib, 9-sinf o‘quvchilarida kimyoviy bo‘lmagan addiksiya va emotsional-regulyator omillari, 7-sinf o‘quvchilarida esa sotsial-disfunksional omil ko‘rsatkichlarining ishonchli darajada yuqoriligi statistik jihatdan asoslanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-490-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-490a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda addiktiv xulq-atvor namoyon bo‘lishining yoshga oid dinamik xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘smirlarda addiktiv xulq-atvorning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar aniqlashtirilib, kimyoviy addiksiyaning spirtli ichimliklar iste’moliga hamda tamaki mahsulotlarini chekishga moyillik bilan, kimyoviy bo‘lmagan addiksiyaning televizor tomosha qilish hamda kompyuter va internetga qaramlik bilan, emotsional-regulyator omilning sevish va sevilish ehtiyoji bilan, sotsial-disfunksional omilning esa umumiy tobelikka moyillik bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqligi empirik jihatdan asoslanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-490-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-490a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda addiktiv xulq-atvorni yuzaga keltiruvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
o‘smirlarda addiktiv xulq-atvor ko‘rsatkichlarining avtonomiya komponentlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, kimyoviy addiksiyaning xulq-atvor avtonomiyasi, kimyoviy bo‘lmagan addiksiyaning kognitiv avtonomiya, emotsional-regulyator omilning xulq-atvor avtonomiyasi hamda sotsial-disfunksional omilning qadriyatlar avtonomiyasi bilan salbiy korrelyasion aloqalari isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-490-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-490a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda addiktiv xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi kimyoviy, emotsional-regulyator va sotsial-disfunksional omillarning o‘rnini tahlil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
addiktiv xulq-atvorning psixologik moyillik ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro munosabatlari aniqlanib, kimyoviy addiksiyaning sotsial befarqlik, kimyoviy bo‘lmagan addiksiyaning impulsivlik, emotsional-regulyator omilning his-hayajon hamda sotsial-disfunksional omilning muammolardan qochish bilan ijobiy korrelyasion bog‘liqligi asoslanganligiga oid ilmiy yangilik Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-490-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-490a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlardagi addiktiv holatlar dinamikasini qiyosiy tahlil qilish hamda ularni kamaytirishga yo‘naltirilgan psixotexnikalarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.