Ergashev Sherali Erali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari” 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.2.PhD/Iqt7083.
Ilmiy rahbar F.I.Sh.,ilmiy daraja va unvoni: Xayitov Sherbek Naimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.16.06
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. O‘rinov Yigitali Muratovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi:
 Buxoro viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakat va hududlarning raqamli transformatsiya sharoitida rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishning integrallashgan konseptual modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va raqamli omillarning o‘zaro ta’siri hamda ularning boshqaruv samaradorligiga ta’sir mexanizmi tizimli asoslangan;
Buxoro viloyati tumanlari misolida hududiy yalpi mahsulotga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ko‘p bosqichli ekonometrik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u omillarning o‘zaro ta’siri va boshqaruv samaradorligiga ta’sirini kompleks baholash hamda hududiy rivojlanishni prognozlash imkonini beruvchi metodologik yondashuv bilan takomillashtirilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholashning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv indikatorlarini kompleks integratsiyalashga asoslangan, hududlarning rivojlanish darajasini obektiv baholash va boshqaruv qarorlari samaradorligini aniqlash imkonini beruvchi integral baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish uchun ssenariyli prognozlash va adaptiv boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiy xavflar, investisiya faolligi, eksport salohiyati va bandlik ko‘rsatkichlari asosida 2030-yilgacha rivojlanishning inersion, mo‘tadil va optimistik ssenariylari shakllantirilgan hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish algoritmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
mamlakat va hududlarning raqamli transformatsiya sharoitida rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishning integrallashgan konseptual modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va raqamli omillarning o‘zaro ta’siri hamda ularning boshqaruv samaradorligiga tizimli asoslangan ta’sir mexanizmi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni 1-ilovasining 100-maqsadida nazarda tutilgan “hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi tizimini joriy etish” yo‘nalishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat talatasining 2026-yil 12-yanvardagi 01-19-285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyati tumanlari hokimliklarining Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari faoliyatida hududlarni kompleks boshqarishning institutsional asoslari mustahkamlanib, boshqaruv funksiyalarining integratsiyasi ta’minlangan, hududiy rivojlanish bo‘yicha strategik qarorlarni qabul qilishning ilmiy asoslanganligi va boshqaruv samaradorligi oshirilgan;
Buxoro viloyati tumanlari misolida hududiy yalpi mahsulotga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ko‘p bosqichli ekonometrik modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, u omillarning o‘zaro ta’siri va boshqaruv samaradorligiga ta’sirini kompleks baholash hamda hududiy rivojlanishni prognozlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son Farmoni 1-ilovasining 60-maqsadida nazarda tutilgan “Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish” yo‘nalishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat talatasining 2026-yil 12-yanvardagi 01-19-285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hokimlikning “Investisiyalar va tashqi savdo” boshqarmasi amaliyotida tumanlar rivojlanishini rejalashtirishda investisiyalar, bandlik, eksport va ijtimoiy infratuzilma xarajatlarining yalpi hududiy mahsulotga ta’sirini miqdoriy baholash va asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini bergan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholashning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv indikatorlarini kompleks integratsiyalashga asoslangan, hududlarning rivojlanish darajasini obektiv baholash va boshqaruv qarorlari samaradorligini aniqlash imkonini beruvchi integral baholash metodikasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 536-son Qarorining 1-ilovasida nazarda tutilgan “Rasmiy statistik ko‘rsatkichlarga asosan sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi” ko‘rsatkichlarini hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat talatasining 2026-yil 12-yanvardagi 01-19-285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hokimliklarning monitoring tizimida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini kompleks baholash, tumanlar kesimida solishtirma tahlillarni amalga oshirish, rivojlanishdagi nomutanosibliklarni aniqlash hamda hududiy rivojlanish bo‘yicha boshqaruv qarorlarining ilmiy asoslanganligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish uchun ssenariyli prognozlash va adaptiv boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiy xavflar, investisiya faolligi, eksport salohiyati va bandlik ko‘rsatkichlari asosida 2030 yilgacha rivojlanishning inersion, mo‘tadil va optimistik ssenariylari shakllantirilgan hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish algoritmidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni 1-ilovasining 75-bandida belgilangan “hududlarni jadal rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish” vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat talatasining 2026-yil 12-yanvardagi 01-19-285-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida viloyat mintaqaviy rivojlanish konsepsiyasida optimistik ssenariy bo‘yicha 2030-yilga kelib yalpi hududiy mahsulotni 72,8%ga, eksportni 95,3%ga oshirish va ishsizlik darajasini 4,2%ga kamaytirish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish