Musirmonov Shohboz Usmon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda raqamli xizmatlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari (Shahrisabz shahri misolida)” 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2026.2.PhD/Iqt6833
Ilmiy rahbar: Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professori Eshtaev Alisher Abdug‘anievich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Toshev Nurbek Janon o‘g‘li
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda raqamli xizmatlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda Shahrisabz shahri misolida turizm xizmatlarini raqamlashtirish samaradorligini baholash asosida ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shahrisabz shahrida turizm xizmatlarini raqamlashtirish jarayonida mobil ilovalar, elektron bronlash tizimlari, QR-kodli axborot xizmatlari va elektron to‘lov platformalaridan foydalanish samaradorligini kompleks baholash imkonini beruvchi “Smart Tourism Shahrisabz” (SS) integral modeli takomillashtirilgan hamda uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan.
Turizm xizmatlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida transport qatnovlari, chiqindi hajmi, energiya sarfi va atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar ko‘rsatkichlarini GPS, IoT texnologiyalari va raqamli monitoring vositalari orqali kuzatish asosida “Yashil turizm iqtisodiy indeksi” ishlab chiqilgan hamda uning integral baholash mexanizmi taklif etilgan.
Turizm-logistika xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini baholashda daromad keltiruvchi yondashuv va diskontlangan pul oqimlari usullarini qo‘llash asosida Hududiy turizm daromadlari indeksi (Regional Tourism Revenue Index – RTRI) bo‘yicha barqaror pul oqimlarini hisoblash, yakuniy bozor qiymatini aniqlash va investision jozibadorlikni baholash uslubiyati ishlab chiqilgan.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri hududida turizm xizmatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik, iqtisodiy, infratuzilmaviy va raqamli omillarni hisobga olgan holda 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan turizm va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda ularning rivojlanish ssenariylari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalaring joriy qilinishi: Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda raqamli xizmatlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
Shahrisabz shahrida turizm xizmatlarini raqamlashtirish jarayonida mobil ilovalar, elektron bronlash tizimlari, QR-kodli axborot xizmatlari va elektron to‘lov platformalaridan foydalanish samaradorligini kompleks baholash imkonini beruvchi “Smart Tourism Shahrisabz” (SS) integral modeli takomillashtirilgan hamda uning samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilganligi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 5-iyundagi 06-06/6698-son ma’lumotnomasi). Natijasida shaharda turizm xizmatlari samaradorligini kompleks baholash, ustuvor rivojlanish nuqtalarini aniqlash hamda markaziy va chekka hududlar uchun differensial raqamli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish asoslab berilgan;
Turizm xizmatlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida transport qatnovlari, chiqindi hajmi, energiya sarfi va atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar ko‘rsatkichlarini GPS, IoT texnologiyalari va raqamli monitoring vositalari orqali kuzatish asosida “Yashil turizm iqtisodiy indeksi” ishlab chiqilgan hamda uning integral baholash mexanizmi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 5-iyundagi 06-06/6698-son ma’lumotnomasi). Natijasida turizm xizmatlarida ekologik monitoring tizimini joriy etish, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash hamda “yashil turizm” tamoyillariga asoslangan hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Turizm-logistika xizmatlarining iqtisodiy samaradorligini baholashda daromad keltiruvchi yondashuv va diskontlangan pul oqimlari usullarini qo‘llash asosida Hududiy turizm daromadlari indeksi (Regional Tourism Revenue Index – RTRI) bo‘yicha barqaror pul oqimlarini hisoblash, yakuniy bozor qiymatini aniqlash va investision jozibadorlikni baholash uslubiyati ishlab chiqilgan bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 5-iyundagi 06-06/6698-son ma’lumotnomasi). Natijasida turizm obektlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, investisiya loyihalarini aniq baholash hamda shaharda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri hududida turizm xizmatlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi demografik, iqtisodiy, infratuzilmaviy va raqamli omillarni hisobga olgan holda 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan turizm va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda ularning rivojlanish ssenariylari asoslanganligi bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 5-iyundagi 06-06/6698-son ma’lumotnomasi). Natijasida hududiy turizm resurslaridan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish va turizm tarmoqlari o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish, investisiya qarorlarining samaradorligini oshirish hamda Shahrisabz shahrida zamonaviy va barqaror turizm infratuzilmasini shakllantirishga xizmat qiluvchi amaliy boshqaruv asoslari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish