Eshqobilova Mavjuda Ergashboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metanning monitoringi uchun kimyoviy sensorlar yaratish», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K186.
Ilmiy rahbar: Nasimov Abdullo Murodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.02.2018.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Yaxshieva Zuxra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Xudoyor Boboniyozovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metan gazini sezgir va selektiv kimyoviy sensorlarini ishlab chiqish va ular asosida tabiiy gazni yuqori samarali signalizatorlari va gaz analizatorlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metanni termokatalitik sensorining ishchi va taqqoslash elementlari uchun selektiv katalizatorlarning tarkibi va komponentlari nisbati (0,75In2O3-0,25Ag2O va 0,25Fe3O4-0,75Ni2O3) aniqlangan;
ilk bor ZnO va CoO asosida CN4 ni aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensorlar uchun gaz sezgir material (GSM) zol`-gel` usulida sintez qilingan;
SiO2/ZnO+CoO tarkibli gaz sezgir materialdan foydalanish natijasida yarimo‘tkazgichli sensorning tabiiy gazga nisbatan sezuvchanligi va selektivligi oshirilgani aniqlangan;
termokatalitik va yarimo‘tkazgichli sensorlardan foydalanib, metanni konsentratsiyaning keng diapazonida aniqlovchi ikki kanalli analizator yaratilgan;
SiO2/ZnO+CoO asosida yaratilgan SN4 ni aniqlovchi yarimo‘tkazgichli sensorlarning metrologik, ekspluatatsion va boshqa parametrlariga turli omillarning ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atmosfera havosining tarkibidan metanni monitoring qilish uchun kimyoviy sensorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yarimo‘tkazgichli sensorlar va ularning asosida ishlab chiqarilgan avtomatik gaz analizatori «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 29 apreldagi 605/GK-19-04-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sensorlar yopiq ekologik tizimlar (sanoat va maishiy binolari) atmosfera havosi tarkibidan metanni konsentratsiyaning keng diapazonida aniqlashning tezkorligi va aniqligini oshirish imkonini bergan;
metanning sizib chiqishi va to‘planishining nazorati uchun qo‘llaniladigan termokatalitik sensor va signalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 maydagi 682/GK-19-05-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sensor metanning sizib chiqishi va to‘planishini kuzatish uchun foydalaniladigan signalizator tarkibida ishlab chiqarish sharoitida yong‘in va portlash holatlarining oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish