Qushaqova Gulbaxor Xoshimjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zavqiy asarlarining lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O’zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Fil3275.
Ilmiy rahbar: To‘xtasinova Odinaxon Yusupovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamajonov Muhammadjon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Zavqiy asarlari badiiy matnining lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etish, shoir ijodida qo‘llanilgan lisoniy birliklar misolida lingvopoetik qonuniyatlarning xususiy voqelanish omillarini belgilashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zavqiy ijodining o‘rganilishi masalalari,  shoir asarlarida qo‘llanilgan fonetik birliklarning semantik-strukturaviy, lingvopoetik xususiyatlari, fonopoetik vositalarning Zavqiy ijodining o‘ziga xos badiiy-lisoniy imkoniyatlarini oshirishdagi ahamiyati ochib berilgan;
shoir asarlaridagi lisoniy vositalarning shakliy va ma’noviy munosabatlari, til birliklarining poetik aktuallashuvi, uslubiy va funksional o‘zgarishlari asoslangan holda  ularning badiiy maqsadni ifoda etishdagi roli aniqlangan;
shoir ijodida qo‘llanilgan antroponim, toponim, zoonim singari til birliklari, hamda diniy-tasavvufiy leksemalarning mumtoz badiiy matndagi ahamiyati va uslubiy-semantik, funksional xususiyatlari asoslangan;
ijodkorning badiiy-lisoniy mahoratini belgilovchi o‘xshatishlar, ornitonim, zoonim hamda fitonimlar bilan bog‘liq jonlantirishlar, shuningdek, metafora, sifatlash va badiiy takrorning ifodalanishi, shoir ijodining lisoniy imkoniyatlarini oshirishdagi ahamiyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zavqiy ijodining lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zavqiy ijodining o‘rganilishi masalalari,  shoir ijodida xalq tili elementlarining o‘rni, shoir asarlarida qo‘llanilgan fonetik birliklarning poetik xususiyatlari, fonopoetik vositalarning Zavqiy ijodining o‘ziga xos badiiy-lisoniy imkoniyatlarini oshirishdagi ahamiyatiga doir  xulosalardan Qo‘qon davlat universiteti tomonidan olib borilgan 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant loyihani amalga oshirishda foydalanildi (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2025-yil 20-yanvardagi №61/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar ilmiy yangiliklar asosida dastur hamda qo‘llanmalarni yaratishda, loyihani takomillashuviga doir nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan, loyihaning ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan; 
shoir asarlaridagi lisoniy vositalarning shakliy va ma’noviy munosabatlari, til birliklarining poetik aktuallashuvi, uslubiy va funksional o‘zgarishlari asoslab berilgan, shoir  she’riyatida qo‘llanilgan neologizmlarning o‘rni, badiiy maqsadni aniqlashtirishdagi roli to‘g‘risidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia materiallari  (elektron lug‘at)” to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 8-yanvardagi 1/04-166-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Zavqiy asarlarining lingvopoetik tadqiqiga oid ilmiy-nazariy qarashlar loyiha ishini yanada mukammallashtirgan, lisoniy birliklarning poetik aktuallashuviga oid ilmiy dalillar bilan boyitilgan, loyiha doirasida yaratilgan ilmiy lug‘atning ilmiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
shoir ijodida qo‘llanilgan antroponim, toponim, zoonim singari til birliklari, hamda diniy-tasavvufiy leksemalarning mumtoz badiiy matndagi ahamiyati va uslubiy-semantik, funksional xususiyatlarining asoslanishiga doir xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi  (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 8-yanvardagi 26/36-935-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar o‘zbek adabiyoti va uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati bilan bog‘liq ilmiy xulosalar bilan boyitilgan, 2022-2023-yillarda teleradiokanal eshittirishlarining ilmiy-amaliy ahamiyati ortishiga, mazmunan mukammallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish