Absalamova Gulmira Sharifovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining struktur-semantik hamda kognitiv tahlili (ingliz va fransuz tillari misolida)”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fil761.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Oybek Saparboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Kurbonova Gulsara Sodiqovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sharipova Aziza Abdumanapovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ingliz va fransuz tillaridagi tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik terminlarining struktur-semantik  va kognitiv xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va fransuz tilshunosligi hamda adabiyotshunosligi terminlarining derivatsion va etimologik tuzilishi tillarning tarixiy, madaniy hamda gnoseologik qatlamlari bilan uzviy bog‘liqligi, ularning affiksatsiya, kompozisiya, konversiya va sintaktik tuzilmalar orqali shakllanishi, shuningdek lingvistik moslashuvchanlik, semantik barqarorlik hamda diskursiv aniqlik tamoyillariga tayanishi struktur-semantik metod asosida aniqlangan;
ingliz va fransuz terminologik tizimlarining semantik-funksional hamda strukturaviy farqlanish xususiyatlari ingliz tili terminologiyasida kontekstual moslashuvchanlik va polisemantik xususiyatlarning ustuvorligi, fransuz tili terminologiyasida esa markazlashgan, normativ va tizimli yondashuv asosida shakllangan ko‘p komponentli terminologik birliklarning yetakchi mavqeyi diskursiv tahlil natijalariga tayanib dalillangan;
lingvistik hamda adabiyotshunoslik terminologiyasining struktur-semantik xususiyatlari fransuz strukturalistik maktabida “langue/parole”, “énonciation” hamda “structure profonde” tushunchalari orqali tilning ijtimoiy-tizimli mohiyati ifodalanganligi, ingliz tilshunosligida esa “deep/surface structure” modeli vositasida sintaktik-semantik qatlamlarning kognitiv jihatdan tadqiq etilishi  kognitiv - lingvistik tahlil asosida dalillangan;
ingliz va fransuz tilshunosligi hamda adabiyotshunosligi terminologik birliklarining har bir madaniyatning bilim va tafakkur va ideologik tizimini aks ettiruvchi diskursiv vosita sifatida namoyon bo‘lishi,  ingliz tilida empirik yondashuv, eksperimentallik va soddalashtirish tamoyillari asosida “usability” hamda “clarity” mezonlarining ustuvorligi, fransuz tilida esa nazariy-falsafiy qatlam, ratsional tizimlilik va madaniy suverenitet negizida “cohérence” hamda “abstraction” tamoyillarining yetakchiligi konseptual  va lingvokognitiv tahlillar asosida isbotlangan;
ingliz va fransuz tillaridagi terminologik birliklarning ko‘p qatlamli semantik tuzilishga egaligi, ingliz tilidagi terminlarning funksional-pragmatik moslashuvchanlik bilan ajralib turishi, fransuz tilidagi terminlarning esa institutsional normativlik va jamoaviy tafakkurga tayangan nazariy ustuvorlik asosida shakllanishi struktur-semantik va komparativ metodlar yordamida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Ingliz va fransuz tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining tarkibiy-mazmuniy hamda kognitiv xususiyatlari tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va fransuz tilshunosligi hamda adabiyotshunosligi terminlarining derivatsion va etimologik tuzilishi tillarning tarixiy, madaniy hamda gnoseologik qatlamlari bilan uzviy bog‘liqligi, ularning affiksatsiya, kompozisiya, konversiya va sintaktik tuzilmalar orqali shakllanishi, shuningdek lingvistik moslashuvchanlik, semantik barqarorlik hamda diskursiv aniqlik tamoyillariga tayanishi struktur-semantik metod asosida aniqlanganligiga oid natija va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-007 “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-fevraldagi №04/11-3139-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va fransuz tillaridagi lingvoadabiyotshunoslik terminlarining izohli lug‘atlardagi terminografik tamoyillari aniqlanib, ularning leksikografik ta’rifi, konseptual chegaralari o‘rganilgan, terminlarning standartlashuvi hamda madaniyatlararo muloqotda samarali til vositalarini ishlab chiqishga doir takliflar ishlab chiqilgan;
ingliz va fransuz terminologik tizimlarining semantik-funksional hamda strukturaviy farqlanish xususiyatlari ingliz tili terminologiyasida kontekstual moslashuvchanlik va polisemantik xususiyatlarning ustuvorligi, fransuz tili terminologiyasida esa markazlashgan, normativ va tizimli yondashuv asosida shakllangan ko‘p komponentli terminologik birliklarning yetakchi mavqeyi diskursiv tahlil natijalariga tayanib dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida PZ-201709134 “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 14-fevraldagi №04/11-2610-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va fransuz tilidagi lingvoadabiyotshunoslik terminlarining yasalishi, ularning struktur-semantik transformatsiyalari derivatsiya, kompozisiya va qisqartmalar orqali hosil bo‘lishi hamda semantik o‘zgarishi asoslab berilgan;
lingvistik hamda adabiyotshunoslik terminologiyasining struktur-semantik xususiyatlari fransuz strukturalistik maktabida “langue/parole”, “énonciation” hamda “structure profonde” tushunchalari orqali tilning ijtimoiy-tizimli mohiyati ifodalanganligi, ingliz tilshunosligida esa “deep/surface structure” modeli vositasida sintaktik-semantik qatlamlarning kognitiv jihatdan tadqiq etilishi  kognitiv - lingvistik tahlil asosida dalillanganligiga oid xulosa va natijalardan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Open Food Innovation University – OFINU” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining 2025-yil 21-maydagi №01/2-691-son ma’lumotnomasi). Natijada OFINU xalqaro loyihasi doirasida ta’lim sifatini oshirish, xorijiy talabalar uchun qulay o‘quv muhitini yaratish hamda tarjimashunoslikdagi dolzarb muammolarga innovatsion echimlar ishlab chiqilib, tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan;
ingliz va fransuz tilshunosligi hamda adabiyotshunosligi terminologik birliklarining har bir madaniyatning bilim va tafakkur va ideologik tizimini aks ettiruvchi diskursiv vosita sifatida namoyon bo‘lishi,  ingliz tilida empirik yondashuv, eksperimentallik va soddalashtirish tamoyillari asosida “usability” hamda “clarity” mezonlarining ustuvorligi, fransuz tilida esa nazariy-falsafiy qatlam, ratsional tizimlilik va madaniy suverenitet negizida “cohérence” hamda “abstraction” tamoyillarining yetakchiligi konseptual  va lingvokognitiv tahlillar asosida isbotlanganligiga doir  ilmiy xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021/2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” xalqaro grant loyihasi doirasida yangi o‘quv reja va modullarni ishlab chiqishda samarali qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari asosida bilishga oid yondashuv orqali ingliz va fransuz tillaridagi lingvistik hamda adabiy terminlarning madaniy kontekstdagi o‘rni, tarjimada ekvivalentlik va madaniy moslikni ta’minlash tamoyillari ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayonida terminlarning qo‘llanilish samaradorligi oshirilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 22-sentyabrdagi №04/4835-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan o‘quv materiallari fanlararo integratsiyani mustahkamlash, tarjima sifatini yaxshilash va kognitiv kompetensiyani rivojlantirish jarayonlariga hissa qo‘shgan; 
ingliz va fransuz tillaridagi terminologik birliklarning ko‘p qatlamli semantik tuzilishga egaligi, ingliz tilidagi terminlarning funksional-pragmatik moslashuvchanlik bilan ajralib turishi, fransuz tilidagi terminlarning esa institutsional normativlik va jamoaviy tafakkurga tayangan nazariy ustuvorlik asosida shakllanishi struktur-semantik va komparativ metodlar yordamida asoslanganligiga oid xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokanali “Samarqand” telekanalining “Oltin halqa” ko‘rsatuvi hamda “Samarqand” radiokanalining “Kun mavzusi” eshittirishlari ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil 23-maydagi №01-07/193-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommaboplik darajasini oshirishga, adabiyotlar bilan boyitishga, shuningdek, keng auditoriya, jumladan, radio tinglovchilar orasida sohaga oid bilimlarning kengayishiga samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish