Butayarov Abduqodir Tuxtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof - muhit muhofazasi.” 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T837
Ilmiy maslahatchi: Meyli Avlakulov - texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.14.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi texnika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod Gulomovich - texnika fanlari doktori, Usmanov Shavkat Abbasovich - texnika fanlari doktori, dotsent Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy- tadkikot institutining laboratoriya mudiri, Eshonqulov Jamoliddin Saporboy o‘g‘li - qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli engil va o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani etishtirishda resurs tejamkor sug‘orish texnologiyalarining, xususan tuproq ichidan sug‘orish usulining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish, mazkur texnologiyaning texnik va texnologik elementlarini takomillashtirish, tuproqning suv-fizik xususiyatlari, o‘simlikning suv iste’moli va ildiz tizimining rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan holda maqbul sug‘orish tartiblarini asoslash hamda suv, mineral o‘g‘itlar, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan engil va o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida ingichka tolali g‘o‘zani tuproq ichidan sug‘orish uchun tuproqning suv-fizik xususiyatlari, hisobiy namlanish qatlami, sug‘orish oldi tuproq namligi hamda sug‘orish quvurlarining joylashish parametrlarini hisobga olgan holda maqbul sug‘orish tartiblari ishlab chiqilgan va hisobiy namlanish qatlamini shakllantirish usuli takomillashtirilgan.
g‘o‘zani tuproq ichidan sug‘orishda tuproq namligi, hisobiy ildiz qatlamining rivojlanish dinamikasi, havo harorati va havoning nisbiy namligi o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar aniqlangan hamda mazkur omillarni kompleks hisobga oluvchi ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi ishlab chiqilgan.
ilk bor tuproq ichidan sug‘orish texnologiyasi uchun qator oralari kengligi, tomizgichlar va sug‘orish shlanglari orasidagi masofalar, tomizgichlarning suv sarfi va ularni joylashtirish parametrlarining maqbul qiymatlari eksperimental tadqiqotlar asosida aniqlanib, sug‘orish tizimining texnik va texnologik elementlari takomillashtirilgan.
tuproq ichidan sug‘orishda namlikning tuproq bo‘ylab gorizontal va vertikal tarqalishi hamda suvning shimilish jarayonlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan va uning parametrlari asosida sug‘orish me’yorlari hamda sug‘orish davomiyligini aniqlashning hisoblash usuli takomillashtirilgan.
tuproq ichidan sug‘orish texnologiyasini qo‘llash natijasida suv resurslari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va mehnat sarfining kamayishi hamda ingichka tolali g‘o‘zaning hosildorligi oshishi o‘rtasidagi qonuniyatlar aniqlanib, resurs tejamkorlik samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
Surxondaryo viloyatining tabiiy-iqlim sharoiti uchun tuproq ichidan sug‘orish texnologiyasini loyihalash, ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Surxondaryo viloyatini och tusli engil va o‘rta qumoq tuproqlari sharoitida ingichka tolali Surxon 14 navli g‘o‘zani ilk bor tuproq ichidan sug‘orish usullari orqali yuqori samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tahlillar olib borildi tadqiqotlar natijalari asosida:
ingichka tolali g‘o‘zani och tusli, mexanik tarkibiga ko‘ra, engil qumoq tuproqlari sharoitida zamonaviy tuproq ichidan sug‘orish usuli, sug‘orish me’yori, namlantirishdagi hisobiy qatlamini inobatga olib takomillashtirildi «Angor Zamin Cluster» va «Surxon sifat tekstil» MChJ xo‘jaliklarida joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 – avgustdagi 02/13-2941-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektardan 2770-3290 m3/ga gacha sug‘orish suvi tejalishga erishildi, g‘o‘zani hosildorlik ko‘rsatgichi gektaridan 9,7-17,5 s/ga oshish imkoniyati yaratilgan.
ingichka tolali g‘o‘zani ilk bor tuproq ichidan usulida sug‘orish tartibi ishlab chiqilganligi, g‘o‘zani o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ta’siri, turli xil resurslarning iqtisod qilinginligi bilan asoslanadi. Angor tumani «Angor Zamin Cluster», Denov tumanida «Surxon sifat tekstil» MChJ xo‘jaliklarida suv bilan doimiy ta’minlovchi sug‘orish tizimi orqali joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 – avgustdagi 02/13-2941-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlarning istimoldagi sarflari 35-44% gacha kamayganligi, ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi 27-40 % gacha tejalishi, suvdan foydalanish ko‘rsatkichi R=0,69 dan 0,98 % gacha ko‘tarilishga, suv sarfi 56 – 67 % gacha iqtisod qilinishiga erishilgan;
g‘o‘zani zamonaviy tuproq ichidan sug‘orish usulida ilmiy asoslangan sug‘orish tartibi ishlab chiqilishi, sug‘orishning texnika va texnologiya elementlari, sug‘orish texnologiyalar asosida egatlararo, egat ichiga, egat uzunliklari, yondash sug‘orish shlanglari orasidagi masofa, sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan, %, tomizgichlar orasidagi masofa hamda tomizgichlardagi suv sarflarni inobatga olib ishlab chiqildi Angor tumani «Angor Zamin Cluster» MChJ ning paxta maydonlarida va Denov tumanida «Surxon sifat tekstil» MChJ xo‘jaliklarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 – avgustdagi 02/13-2941-son ma’lumotnomasi). Natijada texnika uchun yoqilg‘i moylash materiallari 38-48 % kam sarflanib, sug‘orish suvi 57-67 % ga gacha tejalishi, paxta hosildorligi 23-32% oshishiga erishilgan.