Suxanov Viktor Alekseevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1910-1980-yillar rus she’riyatida Toshkent matni”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6115. 
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.01.11.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Djuraevna, filologiya fanlari doktori, professor; Ekabsons Aleksandra Valerevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1910-1980 yillar rus she’riyatida Toshkent matnining o‘ziga xosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
lokal matnning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati va ushbu hodisani tadqiq etish metodologiyasi hamda uni turli darajadagi badiiy tasvir kategoriyalari – motivlar, obrazlar va miflardan iborat ishoraviy model vositasida tavsiflash mumkinligi isbotlangan;
rus she’riyatida Toshkent matnining 1910-1930 yillardagi sharqona modeli hamda Ikkinchi jahon urushi davridagi qutbiy obrazlarning yonma-yon mavjudligidan boshlab, 1960-1980 yillar she’riyatiga xos bo‘lgan “xalqlar do‘stligi shahri” hamda “utopiya-shahar” haqidagi keyingi miflargacha o‘z ichiga olgan  Toshkent matni evolyusiyasining yaxlit rekonstruksiyasi va tizimli davrlashtirilishi asoslangan;
1910-1980 yillar rus she’riyatida Toshkentning barqaror va noan’anaviy motivlari, muallifning “kelgindi” yoki “mahalliy” shoir ekanligi Toshkent matnining obrazli idrok etilishini belgilashda asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, Toshkentga oid “tashqi” va “ichki” nigoh matnlarida mazkur shahar makonini konseptuallashtirish usullari hamda shaharni hissiy-qadriyatli idrok etish xususiyatidagi prinsipial farqlar dalillangan;
1910-1980 yillardagi Toshkent matnining rus she’riy tafakkurining o‘zga madaniy voqelik bilan to‘qnashuvdagi evolyusiyasini aks ettiruvchi motiv va obrazlarning murakkab dinamik palitrasi ekanligi hamda u  geografik (markaz/periferiya, o‘ziniki/begona), tarixiy (mustamlaka, urushgacha, evakuatsiya, urushdan keyingi, so‘nggi sovet davri shahri) va mental (tashqaridan/ichkaridan nigoh) kabi o‘qlar kesishmasida mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1910-1980 yillarda yaratilgan rus she’riyatidagi Toshkent matnini tahlil qilish jarayonida ishlab chiqilgan natija va xulosalar, uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
lokal matnning adabiyotshunoslikdagi ahamiyati va ushbu hodisani tadqiq etish metodologiyasi hamda uni turli darajadagi badiiy tasvir kategoriyalari – motivlar, obrazlar va miflardan iborat ishoraviy model vositasida tavsiflash mumkinligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China” (UNICAC)” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2026 yil 05 fevraldagi 04/11-5047-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida lokal matnni o‘rganishga doir asosiy yondashuvlarni tizimlashtirish va umumlashtirish,  shuningdek, Toshkentni madaniyatlararo muloqot makoni sifatida badiiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish orqali loyiha materiallari mazmunini boyitishga erishilgan;
rus she’riyatida Toshkent matnining 1910-1930 yillardagi sharqona modeli hamda Ikkinchi jahon urushi davridagi qutbiy obrazlarning yonma-yon mavjudligidan boshlab, 1960-1980 yillar she’riyatiga xos bo‘lgan “xalqlar do‘stligi shahri” hamda “utopiya-shahar” haqidagi keyingi miflargacha o‘z ichiga olgan  Toshkent matni evolyusiyasining yaxlit rekonstruksiyasi va tizimli davrlashtirilishiga oid xulosalardan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning madaniy dunyoqarashini kengaytirish va O‘zbekiston madaniy merosini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil 20 dekabrdagi 2-15-21-7069-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadbirlar ishtirokchilari uchun rus she’riyatidagi Toshkentning badiiy talqini turli tarixiy davrlar misolida taqdim etilishi, shunigdek, shahar qiyofasini shakllantirgan madaniy hodisalarni ochib berilishiga erishilgan;
1910-1980 yillar rus she’riyatida Toshkentning barqaror va noan’anaviy motivlari, muallifning “kelgindi” yoki “mahalliy” shoir ekanligi Toshkent matnining obrazli idrok etilishini belgilashda asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, Toshkentga oid “tashqi” va “ichki” nigoh matnlarida mazkur shahar makonini konseptuallashtirish usullari hamda shaharni hissiy-qadriyatli idrok etish xususiyatidagi prinsipial farqlarga oid xulosalardan O‘zbekiston Rus madaniyat markazining “Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar” nomli ilmiy-uslubiy seminari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniyat markazining 2025 yil 30 sentyabrdagi 02-67-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-uslubiy seminar ishtirokchilarining XX asr rus shoirlari tomonidan o‘z asarlarida Toshkentni tasvirlashda qo‘llagan barqaror motivlari va obrazlari, boshqa shaharlardan kelgan va mahalliy shoirlarning Toshkent obrazini idrok etishiga xos jihatlari, ularning poetik strategiyalaridagi farqlariga oid bilimlarni oshirishga erishilgan;
1910-1980 yillardagi Toshkent matnining rus she’riy tafakkurining o‘zga madaniy voqelik bilan to‘qnashuvdagi evolyusiyasini aks ettiruvchi motiv va obrazlarning murakkab dinamik palitrasi ekanligi hamda u  geografik (markaz/periferiya, o‘ziniki/begona), tarixiy (mustamlaka, urushgacha, evakuatsiya, urushdan keyingi, so‘nggi sovet davri shahri) va mental (tashqaridan/ichkaridan nigoh) kabi o‘qlar kesishmasida mavjudligiga oid xulosalardan “Ulug‘ yo‘l” gazetasi uchun materiallar tayyorlashda foydalanilgan (“Angren Ziyo” MChJning 2025 yil 23 sentyabrdagi 71/25-son ma’lumotnomasi). Natijada keng kitobxonlar ommasining “Toshkent matni” tushunchasi, ushbu hodisaning asosiy tarkibiy qismlari hamda o‘ziga xos xususiyatlariga oid bilimlarni oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish