Nabiev Farux Abduraximovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqa-rashini rivojlantirishda falsafa va matematika uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fal1724
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa(muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.22.01
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Surobova Rayxona Zokirjonovna siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent 
Rasmiy opponentlar: Falsafa fanlari doktori (DSc), professor Bozorov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mamatov Obidxon Vaqqosovich;
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini rivojlantirishda falsafa va matematika uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Yangi O‘zbekiston jamiyatida yoshlar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi fan, ijtimoiy muhit va axborot makoni kabi omillarning ijtimoiy-falsafiy determinantlari tahlil qilinib, ularning shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy ong, qadriyatlar transformatsiyasi va ratsional dunyoqarashning qaror topish jarayoni-dagi dialektik o‘zaro bog‘liqligi konseptual jihatdan asoslangan;
falsafa va matematikaning ratsional tafakkur, mantiqiy fikrlash va ijtimoiy ongni shakllantirishdagi funksional o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berilib, ularning bilish jarayonida ijtimoiy ong va ijtimoiy bilish tamoyillari bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladigan metodologik birlik sifatida yoshlar dunyoqarashini shakllantiruvchi intellektual mexanizm ekanligi isbotlangan; 
yoshlar dunyoqarashida falsafiy mushohada va matematik dalillash uyg‘unligini ta’minlashning metodologik asoslari aniqlashtirilib, ushbu birlikning ijtimoiy reallikni anglash, refleksiv tafakkurni rivojlantirish, analitik yondashuvni kuchaytirish hamda tanqidiy ongni shakllantirishdagi ijtimoiy-falsafiy ahamiyati dialektik va ratsional tahlil asosida dalillangan; 
Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi falsafa va matematika uyg‘unligiga asoslangan nazariy yondashuv ishlab chiqilib, unda ratsionallik, dalillash madaniyati, mantiqiy izchillik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning konseptual imkoniyatlari ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashini rivojlantirishda falsafa va matematika uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish asosida:
Yangi O‘zbekiston jamiyatida yoshlar dunyoqarashining shakllanishiga ta’sir etuvchi fan, ijtimoiy muhit va axborot makoni kabi omillarning ijtimoiy-falsafiy determinantlari tahlil qilinib, ularning shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy ong, qadriyatlar transformatsiyasi va ratsional dunyoqarashning qaror topish jarayonidagi dialektik o‘zaro bog‘liqligi O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 7-oktyabr 2025-yil, 05-09-1564-son ma’lumotnomasi)da senariylar tayyorlangan va chiqishlar qilingan. Natijada ushbu tadqiqot ishi falsafa va matematikani yoshlar tafakkurini rivojlantirishda qanday integratsiya qilish mumkinligini ko’rsatadi va xizmat qiladi;
Yoshlar tafakkurida falsafiy mushohada va matematik dalillash uyg‘unligini ta’minlashning metodologik asoslari aniqlashtirilib, ushbu birlikning ijtimoiy reallikni anglash, refleksiv tafakkurni rivojlantirish, analitik yondashuvni kuchaytirish hamda tanqidiy ongni shakllantirishdagi ijtimoiy-falsafiy ahamiyati dialektik va ratsional tahlil asosida dalillanganligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 4-avgust 2025-yil, 10/502-son ma’lumotnomasi) targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Natijada tadqiqotda falsafa va matematika fanlari yoshlar dunyoqarashini rivojlantirishda qanday uyg‘unlashtirish qilish mumkinligini ko’rsatadi, bu metodologik yondashuvlar akademik muhitda o’rganish va o’rgatish jarayonlariga yangi metodikalarni qo’shishga xizmat qiladi;
Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarning ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi falsafa va matematika uyg‘unligiga asoslangan nazariy yondashuv ishlab chiqilib, unda ratsionallik, dalillash madaniyati, mantiqiy izchillik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishning konseptual imkoniyatlari ochiqlanganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 7-oktyabr 2025-yil, 05-09-1564-son ma’lumot-nomasi)da senariylar tayyorlangan va chiqishlar qilingan. Natijada yoshlar dunyoqarashini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashni mustahkamlash hamda ijtimoiy bilish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi; 
Falsafa va matematikaning ratsional tafakkur, mantiqiy fikrlash va ijtimoiy ongni shakllantirishdagi funksional o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berilib, ularning bilish jarayonida ijtimoiy ong va ijtimoiy bilish tamoyillari bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladigan metodologik birlik sifatida yoshlar dunyoqarashini shakllantiruvchi intellektual mexanizm ekanligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyati(Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 4-avgust 2025-yil, 10/502-son ma’lumotnomasi)da tatbiq etilgan. Natijada falsafa va matematika fanining metodologik birligi asosida yoshlar tafakkurini yuksaltirish hamda ma’naviy-intellektual salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarning samaradorligi tasdiqlandi.
Mazkur tadqiqotda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar dunyoqarashini rivojlantirish jarayoniga tatbiq etildi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida falsafa va matematika fanlarini o‘qitish mazmunini takomillashtirish, yoshlarda mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ishlab chiqilgan xulosalar va tavsiyalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda yoshlar bilan ishlashga qaratilgan dasturlarda foydalanish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish