Ametov Yakub Idrisovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston qushlarining bioxilma-xilligi va ularni muhofaza qilish (faunasi, ekologiyasi, muhofazasi)», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/V70.
Ilmiy maslahatchi: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Akramova Firuza Djaloliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor; Bakaev Savriddin Bakaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston qushlari faunasining zamonaviy holatini aniqlash, ularning bioekologik xususiyatlarini asoslash va muhofaza qilish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda qushlarning 319 turdan tarkib topgan zamonaviy tur xilma-xilligi aniqlangan;
ilk bor Qoraqalpog‘iston qushlar faunasining o‘zgaruvchan yashash muhiti sharoitiga ekologik moslashuvi aniqlangan;
oxirgi yuz yilda Qoraqalpog‘istonda oq laylakning Ciconia siconia yashashi isbotlangan;
Qoraqalpog‘istonning har xil landshaftida tarqalgan xarakterli va indikator qushlarning soni aniqlangan va ularning mavsumiy o‘zgarishlari ochib berilgan;
Qoraqalpog‘istonda xarakterli 12 ta qush turlarining bioekologik xususiyatlari ochib berilgan;
Mashanko‘l va Xojako‘l ko‘llarini «O‘zbekistonning muhim ornitologik hududlari» tarkibiga kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yashash muhitining o‘zgaruvchan sharoitida Qoraqalpog‘iston qushlar faunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kamyob va yo‘qolib borayotgan qushlarning bosh sonini aniqlash, ularni salbiy ekologik omillardan va brakon`erlardan muhofaza qilish bo‘yicha olingan natijalar Qo‘ng‘irot va Muynoq tumani tabiatni muhofaza qilish amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2018 yil 26 oktyabrdagi 01-01/3474-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikada uchraydigan noyob qushlarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan pushti saqoqush, kichik qoravoy, qoravoy, oqqush, oq dumli suvburguti va boshqa turlarning bosh sonini aniqlash va ularni yo‘qolib ketish xavfini kamaytirish imkonini bergan;
o‘rmon fondi erlarida yashovchi ovlanadigan qushlarning bosh sonini aniqlash, davlat kadastrini tuzish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha olingan natijalar Beruniy va Qanliko‘l tumani o‘rmon xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2018 yil 9 noyabrdagi 628-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rmon xo‘jaligi hududlarida ovlanadigan qushlar, shu jumladan qirg‘ovul Phasianus colchicus, yovvoyi o‘rdak Anas platyrhynchos, olmabosh o‘rdak Netta rufina va qashqaldoqlarning Fulica atra bosh sonini aniqlash va populyasiyalari turg‘unligini saqlab qolish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan dalalarda va bog‘larda yashaydigan qushlarning bosh sonini aniqlash va ularni jalb qilish bo‘yicha olingan natijalar Kegeyli va Nukus tumani qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 26 martdagi 04/011-728-son ma’lumotnomasi). Natijada zararkunanda hasharotlarni yo‘q qiluvchi oqqanotli qizilishton, sassiq popishak, buxoro chittagi, zag‘izg‘onlarning ma’lum darajada ko‘payishi va bog‘ hamda poliz ekinlari dalalarining ekologik holatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish